I. 4. M adaniyat va sivilizatsiya
Madaniyat va sivilizatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘liq
tushunchalardir. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida sivili
zatsiya atamasi mustahkam ravishda oyoqqa turib oldi va shu
asrlarning o ‘zidayoq ilk bor ko'plik m a’nosida ishlatila bosh-
landi (sivilizatsiyalar, aw aliga Fransiyada, so‘ngra esa Angliya-
da amalda qo‘llanila boshlandi). Sivilizatsiya atamasi lotin tili-
dagi civis - fuqaro va civilis - tegishli so‘zlaridan olingan bo‘lib,
“fuqarolik”, “fuqarolikka oid”, “fuqarolikka doir”, “fuqaroga
tegishli” degan m a’nolami bildiradi. Uzoq tarixiy rivojlanish
bosqichini boshidan o‘tkazgan sivilizatsiya tushunchasi bugungi
kunga kelib biron-bir kishilik jamiyati rivojini yoki qachonlar-
dir o ‘z rivojida m a’lum bosqichga erishgan jamiyatni nazarda
tutadi. Shuningdek, bu atama madaniyat atamasi bilan bog‘lanib
kelganda qarashlar sofligini, huquqiy va ijtimoiy tartibning
o ‘matilganligini, jamiyat osoyishtaligini bildiradi. Taxminan 5
ming yil burun Yer sharining ayrim hududlaridagina sivilizatsi
ya, ya’ni kishilarning ilk birlashuvi va ularning qonun-qoidasi
asosidagi muloqot yuzaga kela boshlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sivilizatsiya
sharoitida
madaniyat
rivojlanishi
yuqori
pog‘onaga ko‘tariladi, natijada yangidan-yangi moddiy va
m a’naviy madaniy qadriyatlar yaratiladi.
Hozirda bu tushuncha:
1) ijtimoiy rivojlanishning yow oyilik va varvarlikdan keyin
keladigan bosqichini;
2) umuman, kishilik jamiyati rivojlanishining m a’lum bir
bosqichini (masalan, neolit davri, kapitalistik yoki hozirgi zamon
sivilizatsiyasini);
3) m a’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani (masalan, qul-
dorlik yoki kapitalistik sivilizatsiyalar);
4) geografik jihatdan farqlanuvchi hududlarni (masalan, Yev-
ropa, Osiyo yoki Yaqin Sharq sivilizatsiyasi);
5) diniy mansubligi bilan farqlanuvchi madaniy birliklarni
(xristian yoki islom sivilizatsiyasi);
6) kelib chiqishi va planetar mansubligiga ko‘ra ajraluvchi
birliklarni (Yer sivilizatsiyasini va yerdan tashqari sivilizatsi-
yalami);
7) etnik mansubligiga ko‘ra farqlanuvchi ijtimoiy-madaniy
birliklarni (arab yoki hind sivilizatsiyasi);
8) makon va zamondan cheklangan jamiyatlam i (qadimgi
M isr yoki Vavilon sivilizatsiyasi) va shu kabi m a’nolarni ifoda-
lash uchun qo‘llaniladi.
Sivilizatsiya tushunchasini ijtimoiy rivojlanishning yow oyi-
lik va varvarlikdan keyin keladigan bosqichini ifodalash uchun
ishlatish m a’lum m a’noda o ‘rinli. Chunki bunday m a’noda
ishlatilganda, sivilizatsiya tushunchasi kishilik jamiyati rivojla
nishining ibtidoiy holatidan keyingi davrdagi butun holatini
to ‘laligicha qamrab oladi” 1. “Bunday yondashuvda sivilizatsiya
tunshunchasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya tushunchasiga nis-
batan keng mazmun kasb etadi. M a’lum bir xalqqa yoki millatga
1 F alsafa: ( 0 ‘quv q o 'lla n m a ) / E. Y usupovning urn. tahr. ost. - Т.: Sharq, 1999.
309-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
tegishli b o ‘lgan va aynan ushbu xalq yoki millat madaniyatini,
rivojini bildirayotgan sivilizatsiya tushunchasini geografik jihat
dan o‘zga hududda yashovchi xalq yoki millatga nisbatan ish-
latish o ‘rinli emas (bu masalaga biz yuqorida, madaniyat shakl
lari va elementlarini bayon etganimizda to‘xtalib o‘tganmiz).
Masalan, Osiyoda rivojlanishning turli bosqichlarida turgan
xalqlar mavjud. Albatta, bir-biriga yaqin bo‘lgan geografik ma-
konda yashash ijtimoiy-madaniy hayotda qandaydir o‘xshash,
umumiy tomonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo bu vazi-
yat har bir xalqni yoki millatni o‘z dini, tili, madaniyati, turmush
tarziga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi mustahkam birlik, yaxlitlik
deb baholash uchun asos bo‘la olmaydi. Sivilizatsiya tarixning,
jamiyatning sifat jihatidan o ‘sishining o‘ziga xosligini, u yoki
bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari,
inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumiy
ijtimoiy qonuniyatlaming spetsifikasiga xos xarakterli xususi-
yatini ifodalaydi. Bunday sifat jihatidan o ‘sish xususiyatlarining
yo‘qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi. Sivilizatsiyaning
mohiyatini tiishunishda unga mansub bo‘lgan madaniyatning
rolini anglash muhim. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsi
yaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtiomiy hayot
ning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o ‘zigaxos
rangini belgilab beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham
o‘ziga xos bo4gan xususiyatni, ahamiyatlilik darajasini in’om
etadi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkiliy vazifasini,
y a’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivoj-
lanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz, “matritsa” (“matritsa”
tushunchasi m ualliflardari) v azifasin i bajaradi. D em ak,
sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo‘lishini, uning
real mavjud hayotini aks ettiradi. Sivilizatsiya falsafiy qarashla-
rida asosiy urg‘u axloq-odob va siyosiy nazariya muammolariga
www.ziyouz.com kutubxonasi
berilgan bo Tib, insonning axloqiy va fuqarolik burch-vazifalari
mutanosibligi ta’limotiga asos soldi”1.
Do'stlaringiz bilan baham: |