Sotsiologiyasi



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana26.09.2021
Hajmi3,9 Mb.
#185601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1madaniyatsotsiologiyasipdf (1)

I B O ‘LIM.  MADANIYAT 
NAZARIYASI TARIXI
I.  1.  M adaniyatning ijtimoiy 
fanlar va  sotsiologiya  negizida  tutgan  o ‘rni
B ugungi  kunda  m adaniyatni,  m adaniyat  rivojlanishi 
bosqichlarini,  uning  jamiyatdagi  tutgan  o ‘rnini  o ‘rganuvchi 
bir  qator  fanlar  mavjud.  Shulardan  eng  asosiylari:  ijtimoiy  fal­
safa,  sotsiologiya,  etnologiya,  etnografiya,  madaniy  va  ijtimoiy 
antropologiya, madaniyatshunoslik, madaniyat sotsiologiyasi va 
madaniyat falsafasi.  Ushbu  ijtimoiy fanlarning barchasi empirik 
maTumotlami  to‘plash  va  analiz  qilish  orqali  turli  jamiyat  va 
davrlarga tegishli bo‘lgan madaniyatlami bir-biriga nisbiy ravishda 
o ‘rganadi.  Ular  o‘rtasidagi  farqni  va  chegarani  aniqlash  mush- 
kul  masalalardan  biridir.  Shu  kunga  qadar  bu  fanlarni  o ‘rganib 
kelayotgan  olimlar,  asosan,  ushbu  fanlarning  yaratilishida 
sababchi  b o ‘lgan  turli  m aktab  va  y o ‘nalishlarga  aso slan ­
gan  holda  ulami  bir-biridan  ajratib  kelmoqdalar.  Madaniyat 
hodisasini  o ‘rganuvchi  ijtimoiy  fanlarning  barchasi  unga  o‘z 
tadqiqot  obyekti  va  perdmeti  nuqtayi  nazarlaridan  kelib  chiqib 
yondoshsalarda,  lekin  ular o‘rtasidagi  farqlar bugungi  kungacha 
ham  nisbatan mavhumligicha qolmoqda.
Madaniyatshunoslik  madaniyatning  vujudga  kelish  sababi 
va  shart-sharoitlarini,  taraqqiyot  qonuniyati  va  rivojlanish  ten- 
densiyasini  yagona  bir  sistema  sifatida  o ‘rganish,  uning  vazi- 
falari  va tuzilishini  aniqlash  kabi  mujassamlashgan  ilmiy  izlan- 
ishlar  olib  borish  bilan  shug‘ullanadi.  Turli  sohalarda  (falsafa, 
ilohiyot,  etika,  estetika  va  hokazo)  ilmiy  asarlar yaratgan  olim-
www.ziyouz.com kutubxonasi


laming madaniyatga nisbatan, uning qonuniyatlari va rivojlanish 
tendensiyasiga  nisbatan  bergan  baholari  majmuyini  o‘rganish 
ham madaniyatshunoslik vazifalaridan biridir.
Kundalik  hayotda  “madaniyat”  atamasini  qo‘llar  ekanmiz, 
ongning  oliy  mahsullari  bo‘lgan  san’at,  adabiyot,  musiqa,  ras- 
somlik kabilami nazarda tutamiz.  Sotsiologiyada madaniyat tushun­
chasi inson tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha faoli- 
yatlar mahsuli  tarzida tushuniladi.
Madaniyat  sotsiologiyasi  -   inson faoliyatining rang-barang 
mahsullarini  tarkibiy  hamda  mazmuniy jihatidan  tadqiq  etib, 
uning taraqqiyot  tendensiyalarini  ijtimoiy tizim  hamda  ijtimoiy 
institutlarga  b o g jiq   ravishda  o'rganuvchi  fandir.  Madaniyat 
sotsiologiyasining  predmeti,  maqsad  va  vazifalari,  uslub  va 
hajmiga  beriladigan  baho  ham  o ‘zgarib  boryapti.  Endilikda, 
madaniyat sotsiologiyasi jamiyatdagi  madaniyat ko‘rinishlarini, 
uning jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga mos ravishda rivojlan­
ish  darajasini  va jamiyat  strukturasiga  bog‘liq  holda  qanchalik 
o‘sayotganini  o ‘rganishning. o‘zi  yetarli  bo‘hnay  qoldi.  Endi, 
madaniyat sotsiologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan vazifalami ba- 
jarish bilan birgalikda, o‘z oldiga sotsiomadaniy o ‘zgarishlarning 
asl  sabablarini  va ularning  amalga  oshish yo‘llarini,  qonun-qoi- 
dalarini  topish  hamda  analiz  qilishni  maqsad  qilib  qo‘ym og‘i 
lozim.
Barcha ijtimoiy fanlar qatori madaniyat sotsiologiyasi fanining 
ham asosiy muammosi  inson  hisoblanadi.  Zero, madaniyat -  bu 
inson  yaratgan  narsalardir.  Madaniyat  sotsiologiyasi  insonning 
olam  bilan  faol  munosabatini  va  bu  munosabatlar  uning  hayot 
tarzida namoyon bo‘lishini o ‘rganadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish