Sotsiologiyasi



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/48
Sana26.09.2021
Hajmi3,9 Mb.
#185601
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1madaniyatsotsiologiyasipdf (1)



O 'Z B E K IS T O N   R E S P U B L IK A S I O L IY  VA 
O 'R T A  M A X SU S TA’L IM  V A Z IR L IG I
M ansur BEK M URO D O V , Nargiza YUSUPOVA
MADANIYAT 
SOTSIOLOGIYASI
0 ‘zbe.kiston R espublikasi O liy va o'rta m axsus ta ’lim   vazirligi 
tom onidan  bakalavriatning kasbiy pedagogik ta'litn yo'nalishi 
talabalari uchun o'quv qo'llanm a sifatida tavsiya etilgan
“YANG I  N A S H R ”  nashriyoti 
T o s h k e n t- 2 0 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


U D K 316(070)
60.5
M14
M as’ul m uharrir p e d . f. d., prof. M . Q u ro n o v
Taqrizchilar:  i. f. d. N . A liqoriyev;
s. f. n . A. Y unusov;
A . B ek b u lato v a
Bekm urodov,  Mansur.
M ad an iy at 
so tsio lo g iy asi 
[Text]: 
o ‘quv 
q o ‘llan m a/  M . 
B ekm urodov,  N .  Y usupova; 
•m a s’ul  m uhar.:  M .  Q uronov;  taq rizch ilar:  N . 
A liqoriyev  [va boshq];  0 ‘zbekiston R espublikasi 
O liy v a  o ‘rta-m axsus ta ’lim  vazirlig i. -T o s h k e n t: 
Yangi  nashr,  2 0 1 0 . -   144 bet.
M u staq illik k a  erish g an im izd an   so ‘ng  ja m iy a tim iz d a   y u z   b erayotgan  ijobiy 
o ‘zg arish la rn i  ilm iy  o ‘rganish,  islohotlarni tizim iy  tad q iq  etish  dolzarb  aham iyat 
kasb  etm oqda.  Shu  sababdan  ja m iy a t  aso sin in g   m uhim   ja b h a si  b o ‘lm ish 
m ad an iy atn in g   ijtim oiy  rivojini  ch u q u r  o ‘rg an ish g a ja z m   qildik.  U shbu  o ‘quv 
_ q o ‘llan m a m ad an iy atn in g  ijtim oiy tizim d a am al qilishi va fan sifatid a shakllanishi 
v a   riv o jlan ish   bosqichlarini,  uning  asosiy  sohalari  v a   tush u n ch alarin i  yoritib 
bergan.
M azk u r o ‘q u v q o ‘llanm a ijtim oiy fan lar y o ‘n alish id a ta ’lim  olayotgan barch a 
oliy  o ‘q uv  yurtlari  talab a  v a   aspirantlari  uchun  ham d a  m ad an iy atsh u n o slik , 
so tsio lo g iy a,  antropologiya,  etnografiya,  d av latch ilik   tarixi  v a   b o sh q a  ijtim oiy- 
g u m an itar fanlar bilan q iziq u v ch ilar  uchun  tav siy a etiladi.
BBK 60.5
ISBN-978-9943-330-58-0
© “YANGI N ASH R” nashriyoti, 2010-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi


KIRISH
Ko‘p  yillar  mobaynida  madaniyat  sotsiologiyasi  sotsiologi­
ya  tarkibidagi  yo ‘nalish  sifatida  amal  qilib  kelgan.  Shu  davr- 
larda madaniyat jarayoniga nisbatan bo‘lgan yuzaki yondashuv 
madaniyatning  ilm  sifatida rivojlanishiga ham yuzaki qaralishi- 
ga sabab bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq siyosatida yetakchi o‘rin tutgan marksistik dok- 
tirinaga binoan madaniyat va madaniyat masalalariga iqtisod va 
iqtisodiy munosabatlar singari asosiy soha sifatida emas, balki ik­
kinchi darajali masala sifatida yondoshilgan. M a’naviy, m a’rifiy, 
madaniy sohalarga yuzaki yondashuv natijasida ushbu sohalaming 
jamiyat  a’zolari  orasida  mavqeyi  tushib  ketishiga,  ularga juda 
kam e ’tibor berilishiga,  ular rivoji uchun mablag‘laming yetarli 
darajada  ajratilmasligiga  va,  nihoyat,  ularning  qadrsizlanishiga 
olib keldi.
Bugungi  kundagi  madaniyat  sotsiologiyasi  o ‘zgacha  bo‘l- 
mog‘i  lozim.  Agarda  yaqin  tarixdagi  madaniyat  sotsiologiyasi 
o‘z  predmetini  juda  tor  doira:  badiiy  adabiyotlami,  san’atni, 
madaniyat uylarining  faoliyatini  o ‘rganish va ulami  tahlil  qilish, 
turli kishilar guruhi va qatlamlarining  didini  o ‘rganish va hoka- 
zolar  bilan  cheklagan  bo‘lsa,  endilikdagi  madaniyat  sotsiologi­
yasi  ijtimoiy-ma’naviy  hayotimiznining  uzviy  jihatiga  aylanib 
bormoqda.  Mustaqillikka  erishishimizdan  bir  necha  yillar  a w al 
ijtimoiy  fanlar,  xususan,  sotsiologiya  sohasida  ayrim  rivojlan- 
gan  mamlakatlardan  orqada  qolgan  bo‘lsak-da,  hozirda  yuz 
berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarjamiyatimizdagi m a’naviyat 
sohasini,  madaniyatning o‘zini tubdan o‘zgartirib yubordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Dunyoda jadal yuz berayotgan global  o ‘zgarishlar madaniyat 
sotsiologiyasi fani zimmasiga jiddiy m a’naviy mas’uliyat yukla- 
moqda.  Madaniyat  sotsiologiyasi  yaqinda  shakllangan  ijtimoiy 
fan  hisoblansa-da,  lekin  bu  atamani  umuman  yangi  atama,  deb 
ham  ayta olmaymiz.  G ‘arb  mamlakatlari  olimlari  o ‘z asarlarida 
madaniyat  sotsiologiyasi  atamasini  aw aldan  ishlatib  kelishadi. 
Xususan, o ‘tgan asr boshlarida Alfred Veber tomonidan madani­
yat  sotsiologiyasi  haqida  bir  necha  bor  to‘xtalib  o ‘tilgani 
m a’lumdir.
Madaniyat sotsiologiyasi fani jamoatchilik e’tiborini o ‘zining 
keng qamrovliligi, insonning  ijtimoiy holati  hamda uning hozir- 
gi  va  o ‘tmishidagi  jamoaviy  mavqeyi  haqida  m a’lumot  bera 
olishi  bilan o ‘ziga  qarata olgan.  Madaniyat  sotsiologiyasi  inson 
borlig‘ining ijtimoiy asosi haqida tizimiy m a’lumotlar beradi.
Bugungi  fan-texnika jadal  rivojlanayotgan  vaqtda  madaniyat 
sotsiologiyasining  tabiati,  ko‘lami,  fan  sifatidagi  ahamiyati  va 
ijtimoiy  soha sifatidagi  o'rni  kabi muhim  masalalar tadqiq  etili- 
shi  kerak.  Madaniyat  sotsiologiyasining  keng  qamrovli  ekan- 
ligi  sabablaridan  biri  u  nafaqt  ilmiy  soha,  balki  ijtimoiy  soha 
ham  ekanidir.  Qiyosiy va madaniyatlararo  o ‘rganilish natijasida 
madaniyat  sotsiologiyasi  ijtimoiy  sohaga  ta’sir  qiladi  va,  o‘z 
navbatida,  o ‘zi ham bu ta’sir ostida bo‘ladi.
XXI  asr va uchinchi  mingyillik  boshida  insoniyat  oldida  tur- 
gan  vazifalar  o ‘zining  hajmi  va  ko‘lami jihatidan  shu  darajada 
ulug‘vor  va  kattaki,  ularni  mushtarak  maqsadlar  uyg‘unligisiz 
amalga oshirish mumkin emas.  Jahon sivilizatsiyasining muhim 
beshiklaridan  biri  hisoblangan  0 ‘zbekiston  oldida  turgan  vazi­
falar  esa  uning jahon  hamjamiyatiga  shiddat  bilan  kirib  kelishi 
asosida yanada konkretlashmoqda.
Madaniyat  sotsiologiyasi  fani  boshqa  ijtimoiy-gumanitar 
fanlarga  qaraganda  birmuncha  yosh  hisoblanadi.  Ushbu  fan­
ning boshqa mamlakatlarda o ‘qitilishi  ancha ilgari boshlangan, 
shuningdek, madaniyat sotsiologiyasi fanini o‘rganish mamlakat,
www.ziyouz.com kutubxonasi


millat  taqdiri  hamda  kelajagi  bilan bevosita  bog‘liq.  Madaniyat 
sotsiologiyasi  fanini  o‘qitish,  o ‘rgatish,  ayni  paytda,  jam iyat­
dagi  ijtimoiy  barqarorlikni  qadriyat  sifatida  anglash  uchun  ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur fan aholining turli 
tabaqalari,  ayniqsa,  talaba-yoshlarda  millat m a’naviyatini  ilmiy 
o‘rganish  orqali  yuksak  madaniyatni  shakllantirishda  muhim 
omil bo‘lib xizmat qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish