Sotsiologiyasi



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana26.09.2021
Hajmi3,9 Mb.
#185601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
1madaniyatsotsiologiyasipdf (1)

Madaniyat  tushunchasi  bilan  sivilizatsiya  tushunchasi  ko‘p 
hollarda  sinonim  sifatida  yonma-yon  ishlatiladi.  Bunda  sivili­
zatsiya  tushunchasi  ostida  yaratilgan  moddiy  va  m a’naviy  yu- 
tuqlar  nazarda  tutiladi.  Lekin  sivilizatsiya  haqida  yuqoridagi 
fikrga qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar ham  mavjud.  Sivilizatsi­
ya va madaniyat tushunchalarini bir-biriga ilk bor qarama-qarshi 
qo‘ygan olimlar XVIII -  XIX asrlarda Germaniyada yashab ijod 
qilishgan.
Nemis  sotsiologi  Ferdinand  Tyonis  “Umumiylik  va jam iyat” 
(1887)  asarida ijtimoiy birlik (jamoaviylik)  va jam iyat  (ijtimoiy) 
tushunchalariga  asoslangan  konseptual  tizimni  yaratishga  ha- 
rakat  qildi.  Ya’ni  Tyonis  ijtimoiy  munosabatlarning  ikki  turini 
ajratib ko‘rsatdi (ijtimoiy birlik va jamiyat turlari).
Birinchi  turdagi  ijtimoiy  birlik  munosabatlarga  insonni 
ichidan  yo‘naltiruvchi  tabiiy  instinktiv  birliklar  kiradi.  Ularga 
axloqiy mas’uliyat, emotsional teranlik misol bo‘la oladi. Bu mu­
nosabatlar oila, urug‘, qon-qardoshlik,  qo‘shnichilik,  etnos, xalq 
kabi  ijtimoiy birliklarga  (jamoaviylikka)  xosdir.  Bu  munosabat­
lar esa aynan madaniyat negizida vujudga keladigan munosabat- 
lardir.
Ikkinchi  turdagi  munosabatalarga yoki,  boshqacha  aytganda, 
ijtimoiy munosabatalarga ongli ravishda qo‘yilgan maqsadga qa- 
rab harakat qilish va o‘z xohishi bilan istaganini tanlash erkinligi 
kiradi. Birinchi turdagi munosabatlarga (ijtimoiy birliklarga) ona 
muhabbati misol bo‘la olishi mumkin, ikkinchi  turdagi munosa­
batalarga (ijtimoiylikka)  esa savdogarlik faoliyati  misol  bo‘ladi. 
Birinchi  turdagi  munosabatlar jamoani  tashkil  qiladi,  ikkinchi 
turdagi  munosabatlar jamiyatni  hosil  qiladi.  Jamoada  instinkt- 
lar,  hissiyotlar  hukmronlik  qiladi.  Jamiyatda  esa  hisob-kitobli
www.ziyouz.com kutubxonasi


tafakkur,  mexanizmga  monand  munosabatlar  qonunlariga  rioya 
qilinadi.  Demak,  birinchi  turdagi  munosabatlarga psixologik  va 
shaxsiy munosabatlar (oila, qo‘shnilar jamoasi, o ‘smirlar guruhi 
va  hokazo)  kirsa,  ikkinchi  turdagi  munosabatlarga  tashkilotlar 
va  siyosiy  partiyalar  kirishi  mumkin.  Birinchi  turdagi  munosa­
batlar o‘zining  davomiyligi  va emotsionalligi  bilan  ajraladi.  Ik­
kinchi  turdagi munosabatlar  o‘zining  tasodifiy  rasmiyatchilikka 
xosligi yuzasidan va shaxssizligi bilan ajraladi1. Albatta, ikkinchi 
turdagi  munosabatlar  qisman  birinchi  turdagi  munosabatlarga 
asoslanishi  mumkin,  lekin  ular  umuman  begona,  bir-biriga  yot 
bo ig an ,  hattoki  o‘zaro  dushman  boMgan  kishilar  orasida  ham 
quriladi.  Ikkinchi  turdagi  munosabatlarning  barchasi  ratsional 
tizimga asoslanadi.Ularning a’zolari va subyektlari nafaqat yakka 
shaxslar,  balki  turli guruhlar, jam oalar, hattoki davlatlar va bir- 
lashgan tashkilotlar bo‘lishi mumkin.  Bu darajadagi munosabat­
larning  barchasi  sivilizatsiya  ichida  (negizida)  vujudga  kelgan 
munosabatlardir.  Jamoaviylikdan  sekin-asta  ijtimoiylashuvga 
o‘tish orqali sotsial tashkillashganlik jarayoninining rivojlanishi 
mumkinligini ko‘rsatib bergan Tyonis bu jarayonda, shuningdek, 
boshqa holat  ham  yuz  berishini  ko‘rsatib  o‘tadi.  Olim,  ijtimoiy 
jarayon madaniy aloqalaming kamayib borishi, an’anaviy aloqa- 
larning uzilishi,  mehr-muhabbatning  so‘nishi,  insonlar o ‘rtasida 
yaqinlik  munosabatlarining  yo‘qolib  borishi  bilan  bog‘liq  hol- 
da  yuz  beradi”,  -   deb  ta’kidlaydi2.  Bu  m a’naviy  qadriyatlarn- 
ing  o ‘rnini  sovuqqonlik  va  faqat  aqliy  salohiyatga  suyanib  ish 
ko‘rish jarayoni egallaydi.
1919-yilda  “Yevropaning  so‘nishi”  asarini  chop  etgan  nemis 
faylasufi  Osvald  Shpengler  sivilizatsiya  jarayonida  G‘arbni 
qat’iy  halokat  kutayotganligini  bayon  etadi.  Shpengler  nuqtayi
1 Q arang:  Skirbekk,  G .,  G ile N .  F alsafa  tarixi:  oliy  o ‘quv  yurtlari  uchun  o ‘quv 
q o ‘l l . - Т . :   Sharq.  2002.
2 Q arang: JI. Г.  Ионин.  С оциология  культуры:  У чебное пособие 2-е  издание. — 
М .: Л огос,  1998.
www.ziyouz.com kutubxonasi


nazari  bo‘yicha,  sivilizatsiya  — bu  rivojlanishning  eng  oxirgi 
pog‘onasigacha  ko‘tarila  olgan,  insonlar  tomonidan  yaratilgan 
“sun’iy olam” yig‘indisidir.  Sivilizatsiya -  bu halokatning boshi 
va  madaniyatning  yakunidir.  Sivilizatsiya  -   hayotning  izidan 
o‘lim  kelganidek,  yoshlik  ketidan  qarilik  quvganidek,  gullab- 
yashnash o‘z nihoyasi yetganidek, madaniyatning ketidan quvib 
yuradigan hodisa va uni bartaraf etib bo‘lmaydi.
Madaniyat  -   bu  insonning  m a’naviyati,  ichki  olami,  ijodiy 
qobiliyati,  ilhomi  va  mehr-muhabbatidir.  Sivilizatsiya  esa 
noijodiyot,  tabiiy  bo‘lmagan  quruqlik  va  sun’iylikdir.  Demak, 
Shpengler  uchun  sivilizatsiya  -   bu  ijodiyot,  ilhomlanish,  rivoj 
va ravnaq belgisi bo‘lmish m a’naviy boyish davri o‘miga, jam i­
yatning  m a’naviy  toshqotishi,  ijodining  tang  holatga  kelishi, 
m a’naviy bo‘shliq davri bilan almashuvidir.
Sivilizatsiya -  jamiyatning  texnik  rivojlanishini,  progressini 
bildirsa-da, lekin bu jarayon quruq, sun’iy, barcha narsani hisob- 
kitob  bilan  o ‘lchaydigan jarayondir.  Shuning  uchun  Shpengler 
sivilizatsiyani  har  qanday  madaniyat  yakuni,  xulosasi  deb  bil- 
gan. “Shpengler Osvald -  nemis idealist-faylasufi, hayot falsafa- 
si vakillaridan biri. U konservativ-millatchilik yo‘nalishida pub- 
litsistik chiqishlar qilgan, ammo nemis natsistlarining hamkorlik 
qilish  to ‘g ‘risidagi  takliflarini  rad  etgan.  Shpengler  o‘z  qarash- 
larida cheksiz kengayishga  qaratilgan organik hayot tushuncha- 
sidan  kelib  chiqadi.  Madaniyatni  u  “organizm”  sifatida  talqin 
qiladi.  Uningcha, bu yagona umuminsoniy madaniyat yo‘qligini 
va  bo‘lmaganligini  ko‘rsatadi.  Shpenglerning  ta’kidlashicha, 
har  bir  madaniy  “organizm”  tarixi  uning  ichki  hayotiy  siklidan 
kelib  chiqqan  holda  ming  yilcha  oldin  belgilanadi.  Madaniyat 
halokatga uchrashi jarayonida  sivilizatsiyaga  aylanadi.  Madani- 
yatdan  sivilizatsiyaga  o‘tish  esa  ijodkorlikdan  mahsulsizlikka, 
shakllanishdan  qotib  qolishga,  qahramonona  tashabbuslardan
www.ziyouz.com kutubxonasi


mexanik “ishga”  o ‘tish  bo‘ladi.  Olim fikricha,  sivilizatsiya  oqi- 
batida badiiy va adabiy ijodga ehtiyoj  qolmaydi” 1.
Shpengler  konsepsiyasiga  qo‘shiluvchilarga  nisbatan  uni 
muhokama  qiluvchilar  soni  ko‘proq  bo‘lishiga  qaramay,  bu 
konsepsiya  olimlar  orasida  tez  tanildi.  Masalan,  insonparvar- 
gumnist  A.  Shveytser jam iyat  qalbsiz  bo‘lgan  texnik-mexanik 
sivilizatsiyadan qochib qutula olmasligini,  oxir-oqibat bu sivi- 
lizatsiy an in g   barib ir  ushbu  ja m iy a tg a   kirib  kelishi  xavfi 
mavjudligi -  jam iyat a ’zolarining tushkunlik holatiga tushishiga 
olib kelishini aytadi. N.  Berdyayev:  “Sivilizatsiya va madaniyat 
hodisasiga xronologik yondashib,  ular davrlar almashinuvi nati- 
jasida yuzaga keladi”, -  deb Shpengler nazariyasini xato sifatida 
ko‘rsatadi.  Berdyayevning  ta’kidlashicha,  sivilizatsiya  davrida 
madaniyat mavjud bo‘ladi va, aksincha, madaniyat davrida sivi­
lizatsiya mavjud bo‘ladi,
Shuni  aytish  lozimki,  Shveytser  madaniyat  va  sivilizatsiya 
o ‘rtasidagi  farqni  shartli,  deb  ko‘rsatib  o ‘tadi.  Shveytser  fik­
richa  ham,  Shpengler  fikricha  ham,  bitta  jarayonni  ifodalash 
uchun fransuz tadqiqotchilari “sivilizatsiya”, nemis tadqiqotchi- 
lari  “madaniyat”  atamasini  ishlatishadi.  Masalan,  fransuz  tarix 
maktabi  namoyandalari  “sivilizatsiya”  atamasini  ishlatishsa-da, 
aslida, madaniyat tushunchasi va jarayonlarini nazarda tutishadi. 
Taylor esa o‘z asarlarida madaniyatni sivilizatsiyaga tenglashtirib 
qo‘ygan.
E. Ahmedova o‘zining “Культуралогия” asarida ko‘rsatishicha 

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish