Sotsiologiyasi


I.  4.  M adaniyat va  sivilizatsiya



Download 3,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana26.09.2021
Hajmi3,9 Mb.
#185601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1madaniyatsotsiologiyasipdf (1)

I.  4.  M adaniyat va  sivilizatsiya
Madaniyat va sivilizatsiya bir-biri  bilan chambarchas  bog‘liq 
tushunchalardir.  XVIII  asr  oxiri  va  XIX  asr  boshlarida  sivili­
zatsiya  atamasi  mustahkam  ravishda  oyoqqa  turib  oldi  va  shu 
asrlarning  o ‘zidayoq  ilk  bor  ko'plik  m a’nosida  ishlatila  bosh- 
landi (sivilizatsiyalar, aw aliga Fransiyada,  so‘ngra esa Angliya- 
da  amalda  qo‘llanila  boshlandi).  Sivilizatsiya  atamasi  lotin  tili- 
dagi civis -  fuqaro va civilis -  tegishli so‘zlaridan olingan bo‘lib, 
“fuqarolik”,  “fuqarolikka  oid”,  “fuqarolikka  doir”,  “fuqaroga 
tegishli”  degan  m a’nolami  bildiradi.  Uzoq  tarixiy  rivojlanish 
bosqichini boshidan o‘tkazgan sivilizatsiya tushunchasi bugungi 
kunga  kelib  biron-bir  kishilik jamiyati  rivojini  yoki  qachonlar- 
dir  o ‘z  rivojida  m a’lum  bosqichga  erishgan jamiyatni  nazarda 
tutadi.  Shuningdek,  bu atama madaniyat atamasi bilan bog‘lanib 
kelganda  qarashlar  sofligini,  huquqiy  va  ijtimoiy  tartibning 
o ‘matilganligini, jamiyat  osoyishtaligini  bildiradi.  Taxminan  5 
ming  yil  burun Yer  sharining  ayrim  hududlaridagina sivilizatsi­
ya,  ya’ni  kishilarning  ilk  birlashuvi  va  ularning  qonun-qoidasi 
asosidagi muloqot yuzaga kela boshlagan.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sivilizatsiya 
sharoitida 
madaniyat 
rivojlanishi 
yuqori 
pog‘onaga  ko‘tariladi,  natijada  yangidan-yangi  moddiy  va 
m a’naviy madaniy qadriyatlar yaratiladi.
Hozirda bu tushuncha:
1)  ijtimoiy  rivojlanishning  yow oyilik  va  varvarlikdan keyin 
keladigan bosqichini;
2)  umuman,  kishilik  jamiyati  rivojlanishining  m a’lum  bir 
bosqichini (masalan, neolit davri, kapitalistik yoki hozirgi zamon 
sivilizatsiyasini);
3)  m a’lum  bir  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiyani  (masalan,  qul- 
dorlik yoki kapitalistik sivilizatsiyalar);
4)  geografik jihatdan farqlanuvchi hududlarni  (masalan, Yev- 
ropa,  Osiyo yoki Yaqin Sharq  sivilizatsiyasi);
5)  diniy  mansubligi  bilan  farqlanuvchi  madaniy  birliklarni 
(xristian yoki islom  sivilizatsiyasi);
6)  kelib  chiqishi  va  planetar  mansubligiga  ko‘ra  ajraluvchi 
birliklarni  (Yer  sivilizatsiyasini  va  yerdan  tashqari  sivilizatsi- 
yalami);
7)  etnik  mansubligiga  ko‘ra  farqlanuvchi  ijtimoiy-madaniy 
birliklarni  (arab yoki hind  sivilizatsiyasi);
8)  makon  va  zamondan  cheklangan  jamiyatlam i  (qadimgi 
M isr yoki Vavilon  sivilizatsiyasi) va  shu  kabi  m a’nolarni  ifoda- 
lash uchun qo‘llaniladi.
Sivilizatsiya tushunchasini  ijtimoiy rivojlanishning  yow oyi- 
lik va varvarlikdan  keyin  keladigan  bosqichini  ifodalash  uchun 
ishlatish  m a’lum  m a’noda  o ‘rinli.  Chunki  bunday  m a’noda 
ishlatilganda,  sivilizatsiya  tushunchasi  kishilik  jamiyati  rivojla­
nishining  ibtidoiy  holatidan  keyingi  davrdagi  butun  holatini 
to ‘laligicha qamrab oladi” 1.  “Bunday yondashuvda sivilizatsiya 
tunshunchasi  ijtimoiy-iqtisodiy  formatsiya  tushunchasiga  nis- 
batan keng mazmun kasb etadi. M a’lum bir xalqqa yoki millatga
1  F alsafa:  ( 0 ‘quv  q o 'lla n m a ) /  E.  Y usupovning  urn.  tahr.  ost. -  Т.:  Sharq,  1999. 
309-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi


tegishli  b o ‘lgan  va  aynan  ushbu  xalq  yoki  millat  madaniyatini, 
rivojini bildirayotgan sivilizatsiya tushunchasini geografik jihat­
dan  o‘zga  hududda  yashovchi  xalq  yoki  millatga  nisbatan  ish- 
latish  o ‘rinli  emas  (bu masalaga biz yuqorida,  madaniyat shakl­
lari  va  elementlarini  bayon  etganimizda  to‘xtalib  o‘tganmiz). 
Masalan,  Osiyoda  rivojlanishning  turli  bosqichlarida  turgan 
xalqlar  mavjud.  Albatta,  bir-biriga yaqin bo‘lgan  geografik  ma- 
konda  yashash  ijtimoiy-madaniy  hayotda  qandaydir  o‘xshash, 
umumiy tomonlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo bu vazi- 
yat har bir xalqni yoki millatni o‘z dini, tili, madaniyati, turmush 
tarziga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi mustahkam birlik, yaxlitlik 
deb  baholash uchun  asos  bo‘la  olmaydi.  Sivilizatsiya  tarixning, 
jamiyatning  sifat jihatidan  o ‘sishining  o‘ziga  xosligini,  u  yoki 
bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, 
inson  faoliyati,  madaniyati  tomonidan  belgilanadigan  umumiy 
ijtimoiy  qonuniyatlaming  spetsifikasiga  xos  xarakterli  xususi- 
yatini  ifodalaydi.  Bunday sifat jihatidan o ‘sish xususiyatlarining 
yo‘qolishi sivilizatsiyaning halokatini anglatadi.  Sivilizatsiyaning 
mohiyatini  tiishunishda  unga  mansub  bo‘lgan  madaniyatning 
rolini  anglash muhim. Agar ishlab  chiqarish kuchlari  sivilizatsi­
yaning  moddiy  asosini  tashkil  etsa,  madaniyat  ijtiomiy  hayot­
ning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o ‘zigaxos 
rangini  belgilab  beradi.  Hatto  ishlab  chiqarish  kuchlariga  ham 
o‘ziga  xos  bo4gan  xususiyatni,  ahamiyatlilik  darajasini  in’om 
etadi.  Bu bilan madaniyat  ijtimoiy hayotning tashkiliy vazifasini, 
y a’ni  sivilizatsiyaning  shakllanishini,  mavjud  bo‘lishi  va  rivoj- 
lanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz, “matritsa” (“matritsa” 
tushunchasi  m ualliflardari)  v azifasin i  bajaradi.  D em ak, 
sivilizatsiya  madaniyatning  konkret  namoyon  bo‘lishini,  uning 
real  mavjud  hayotini  aks  ettiradi.  Sivilizatsiya  falsafiy qarashla- 
rida asosiy urg‘u axloq-odob va siyosiy nazariya muammolariga
www.ziyouz.com kutubxonasi


berilgan  bo Tib,  insonning  axloqiy  va  fuqarolik  burch-vazifalari 
mutanosibligi ta’limotiga asos soldi”1.

Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish