Hayvonot olami. Bu kategoriyaga hayvonot olamiga mc.nsub
jonzotlar kiradi. Ya’ni bu kategoriyada faqatgina xo‘jalikda (ot,
mol, asalari va hokazo) foyda keltiradiganlargina emas, balki
san’at darajasida go‘zal deb hisoblangan zot (kaptar, to‘ti, zotdor
mushukchalar va hokazo) ham kiradi. Yowoyi hayvonlaming
uy hayvoni bilan chatishtirilgani (gibrit) ham moddiy madani
yatning hayvonlar zoti kategoriyasiga kiradi. Bu jarayondan
o ‘tmagan yow oyi hayvonlar moddiy madaniyat kategoriyasiga
kirmaydi.
O 'sim lik navi. Bu jarayon seleksiya va o ‘simlikni par-
varishlash orqali amalga oshadi. Berilgan e ’tibor natijasida
o ‘simlikning har bir turida navlar soni tinimsiz ravishda oshib
boradi. Shuningdek, ularning foydali tomonlari ham m a’lum bir
sharoitga, iqlimga moslashadi, yashab keta olish xususiyatlari
o ‘sadi. Shuni aytib o ‘tish kerakki, o‘simlikni urug‘lar orqali
ham saqlash mumkin. Ularni saqlay olish imkoniyatlarining
mavjudligi esa madaniy mehnatga tegishli bo‘lgan urug‘lar
kolleksiyasini, ularni sistemalashtirishni beradi. Bular bilan
maxsus tashkilotlar shug‘ullanadi, ya’ni urug^chilik xo‘jaligi va
hokazo.
Bino va qurilmalar. Bu majmualar moddiy madaniyatning
eng ko‘rgazmali elementi hisoblanadi. Bino - insonlar mavjud
bo‘ladigan, ular yig‘iladigan joy.
Transport vositalari. Moddiy madaniyatning bu kategoriyasi
ko‘chmas va ko‘chuvchi yoki harakatlanuvchi umumiy mulk
majmuasini bildiradi. Ko‘chmas mulk quyidagilarda ko‘rinadi:
- transport yo‘llarini belgilash;
- umuman, yo‘Uar qurilishi (beton, yer osti yo‘li, ko‘prik,
rels, shpala va hokazo);
www.ziyouz.com kutubxonasi
-
transport vositalari uchun kerakli bino va qurilishlar (poch-
ta bekatlari, temir yo‘l bekatlari, benzin quyish shoxobchalari,
depo va hokazo).
Aloqa va aloqa vositalari. Moddiy madaniyatning bu so-
hasi pochta, telegraf, radio, televezion tarmoq, telefonli va
radiotelefonli tizimni o ‘z ichiga oladi1.
Jahon xalqlari madaniyatining ko‘pgina elementlari bir-
biri bilan umumiylik xususiyatiga ega. Ushbu masala bilan
shug‘ullangan D. Merdok 70 ga yaqin shunday elementlami
ajratib ko‘rsatib o‘tgan. Umumiylikka ega bo‘lgan bu elementlar
sotsiologiyada madaniy universaliyalar deb yuritiladi. Madaniy
uneversaliyalarga til, etiket qoidalari, tug‘ilish va o ‘lim bilan
bog‘liq bo‘lgan marosimlar, sovg‘a berish va olish qoidalari, ki
shi yoshi o ‘rtasidagi tafovutlar va undan kelib chiqadigan muno
sabatlar, mehmonga borish qoidasi, qarindosh-urug‘chilik mu-
nosabatlari, qarindosh-urug‘ o ‘rtasidagi insest holatini taqiqlash,
xonani jihozlash, gigiyena qoidalariga amal qilish, ob-havoni
kuzatish va shu kabi barcha madaniyatlarda uchraydigan va, aso-
san, bir xil ko‘rinishda ifodalanadigan hodisalar kiradi.
Lekin insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, jahon xalqlari
madaniyati negizida madaniy uneverasaliyalaradan ko‘ra,
madaniy tafovutlar va madaniy rang-barangliklar ko‘proq uch-
ramoqda. Insoniyat madaniyatlarining turli-tumanligi qadri
yatlar, xulq m e’yorlari orqali ko‘rinadi. Masalan, ayrim xalq
vakillari ustritsalarni tansiq taom sifatida iste’mol qiladi, lekin
mushuk va kuchuklarni yemaydi. Musulmonlar cho‘chqa
go‘shti yemaydilar, hindlar esa yeydilar, ammo ular mol go‘shti
yemaydilar. G ‘arb erkaklari bir-birlari bilan o ‘pishib so‘rashsa,
bu tabiiy holat sifatida qabul qilinadi, Sharq erkaklari uchun
bu jarayon or-nomusning buzilishi belgisi sifatida qayd etiladi.
Bu xususiyatlaming barchasi bir jamiyatni ikkinchi jamiyatdan
ajratib turadigan keng madaniy tafovutlarning bir jihati, xolos.
1 Q arang: Р о ж д ествен ск и й Ю . В. В вед ени е в культуроведение. М ., 1996.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
Insoniyat madaniyatlari bir-biridan jiddiy farq qilganligi uchun,
bir madaniyat vakillariga boshqa madaniyatda qabul qilingan
xulq-atvor va tasaw urlar juda yoqimsiz ta’sir qiladi. Demak, har
bir madaniyatda o‘ziga xos, betakror xulq shakllari qabul qilin
gan bo‘lib, boshqa madaniyat vakillariga ular g ‘alatiroq tuyili-
shi mumkin. Har qanday madaniyatni uning o ‘z m a’no belgilari
va qadriyatlaridan kelib chiqib o ‘rganmoq kerak. Aks holda,
begona madaniyat to‘g‘ri tushunilmay qolish xavfi tug‘iladi va
bu madaniyatga obyektiv yondashishning ilojini qoldirmaydi.
Shuning uchun sotsiologiya bir madaniyatni o ‘zga madaniyat
nuqtayi nazari bo‘yicha baholashdan uzoqlashishga intilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |