O 'Z B E K IS T O N R E S P U B L IK A S I O L IY VA
O 'R T A M A X SU S TA’L IM V A Z IR L IG I
M ansur BEK M URO D O V , Nargiza YUSUPOVA
MADANIYAT
SOTSIOLOGIYASI
0 ‘zbe.kiston R espublikasi O liy va o'rta m axsus ta ’lim vazirligi
tom onidan bakalavriatning kasbiy pedagogik ta'litn yo'nalishi
talabalari uchun o'quv qo'llanm a sifatida tavsiya etilgan
“YANG I N A S H R ” nashriyoti
T o s h k e n t- 2 0 1 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
U D K 316(070)
60.5
M14
M as’ul m uharrir p e d . f. d., prof. M . Q u ro n o v
Taqrizchilar: i. f. d. N . A liqoriyev;
s. f. n . A. Y unusov;
A . B ek b u lato v a
Bekm urodov, Mansur.
M ad an iy at
so tsio lo g iy asi
[Text]:
o ‘quv
q o ‘llan m a/ M .
B ekm urodov, N . Y usupova;
•m a s’ul m uhar.: M . Q uronov; taq rizch ilar: N .
A liqoriyev [va boshq]; 0 ‘zbekiston R espublikasi
O liy v a o ‘rta-m axsus ta ’lim vazirlig i. -T o s h k e n t:
Yangi nashr, 2 0 1 0 . - 144 bet.
M u staq illik k a erish g an im izd an so ‘ng ja m iy a tim iz d a y u z b erayotgan ijobiy
o ‘zg arish la rn i ilm iy o ‘rganish, islohotlarni tizim iy tad q iq etish dolzarb aham iyat
kasb etm oqda. Shu sababdan ja m iy a t aso sin in g m uhim ja b h a si b o ‘lm ish
m ad an iy atn in g ijtim oiy rivojini ch u q u r o ‘rg an ish g a ja z m qildik. U shbu o ‘quv
_ q o ‘llan m a m ad an iy atn in g ijtim oiy tizim d a am al qilishi va fan sifatid a shakllanishi
v a riv o jlan ish bosqichlarini, uning asosiy sohalari v a tush u n ch alarin i yoritib
bergan.
M azk u r o ‘q u v q o ‘llanm a ijtim oiy fan lar y o ‘n alish id a ta ’lim olayotgan barch a
oliy o ‘q uv yurtlari talab a v a aspirantlari uchun ham d a m ad an iy atsh u n o slik ,
so tsio lo g iy a, antropologiya, etnografiya, d av latch ilik tarixi v a b o sh q a ijtim oiy-
g u m an itar fanlar bilan q iziq u v ch ilar uchun tav siy a etiladi.
BBK 60.5
ISBN-978-9943-330-58-0
© “YANGI N ASH R” nashriyoti, 2010-y.
www.ziyouz.com kutubxonasi
KIRISH
Ko‘p yillar mobaynida madaniyat sotsiologiyasi sotsiologi
ya tarkibidagi yo ‘nalish sifatida amal qilib kelgan. Shu davr-
larda madaniyat jarayoniga nisbatan bo‘lgan yuzaki yondashuv
madaniyatning ilm sifatida rivojlanishiga ham yuzaki qaralishi-
ga sabab bo‘ldi.
Sobiq Ittifoq siyosatida yetakchi o‘rin tutgan marksistik dok-
tirinaga binoan madaniyat va madaniyat masalalariga iqtisod va
iqtisodiy munosabatlar singari asosiy soha sifatida emas, balki ik
kinchi darajali masala sifatida yondoshilgan. M a’naviy, m a’rifiy,
madaniy sohalarga yuzaki yondashuv natijasida ushbu sohalaming
jamiyat a’zolari orasida mavqeyi tushib ketishiga, ularga juda
kam e ’tibor berilishiga, ular rivoji uchun mablag‘laming yetarli
darajada ajratilmasligiga va, nihoyat, ularning qadrsizlanishiga
olib keldi.
Bugungi kundagi madaniyat sotsiologiyasi o ‘zgacha bo‘l-
mog‘i lozim. Agarda yaqin tarixdagi madaniyat sotsiologiyasi
o‘z predmetini juda tor doira: badiiy adabiyotlami, san’atni,
madaniyat uylarining faoliyatini o ‘rganish va ulami tahlil qilish,
turli kishilar guruhi va qatlamlarining didini o ‘rganish va hoka-
zolar bilan cheklagan bo‘lsa, endilikdagi madaniyat sotsiologi
yasi ijtimoiy-ma’naviy hayotimiznining uzviy jihatiga aylanib
bormoqda. Mustaqillikka erishishimizdan bir necha yillar a w al
ijtimoiy fanlar, xususan, sotsiologiya sohasida ayrim rivojlan-
gan mamlakatlardan orqada qolgan bo‘lsak-da, hozirda yuz
berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlarjamiyatimizdagi m a’naviyat
sohasini, madaniyatning o‘zini tubdan o‘zgartirib yubordi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dunyoda jadal yuz berayotgan global o ‘zgarishlar madaniyat
sotsiologiyasi fani zimmasiga jiddiy m a’naviy mas’uliyat yukla-
moqda. Madaniyat sotsiologiyasi yaqinda shakllangan ijtimoiy
fan hisoblansa-da, lekin bu atamani umuman yangi atama, deb
ham ayta olmaymiz. G ‘arb mamlakatlari olimlari o ‘z asarlarida
madaniyat sotsiologiyasi atamasini aw aldan ishlatib kelishadi.
Xususan, o ‘tgan asr boshlarida Alfred Veber tomonidan madani
yat sotsiologiyasi haqida bir necha bor to‘xtalib o ‘tilgani
m a’lumdir.
Madaniyat sotsiologiyasi fani jamoatchilik e’tiborini o ‘zining
keng qamrovliligi, insonning ijtimoiy holati hamda uning hozir-
gi va o ‘tmishidagi jamoaviy mavqeyi haqida m a’lumot bera
olishi bilan o ‘ziga qarata olgan. Madaniyat sotsiologiyasi inson
borlig‘ining ijtimoiy asosi haqida tizimiy m a’lumotlar beradi.
Bugungi fan-texnika jadal rivojlanayotgan vaqtda madaniyat
sotsiologiyasining tabiati, ko‘lami, fan sifatidagi ahamiyati va
ijtimoiy soha sifatidagi o'rni kabi muhim masalalar tadqiq etili-
shi kerak. Madaniyat sotsiologiyasining keng qamrovli ekan-
ligi sabablaridan biri u nafaqt ilmiy soha, balki ijtimoiy soha
ham ekanidir. Qiyosiy va madaniyatlararo o ‘rganilish natijasida
madaniyat sotsiologiyasi ijtimoiy sohaga ta’sir qiladi va, o‘z
navbatida, o ‘zi ham bu ta’sir ostida bo‘ladi.
XXI asr va uchinchi mingyillik boshida insoniyat oldida tur-
gan vazifalar o ‘zining hajmi va ko‘lami jihatidan shu darajada
ulug‘vor va kattaki, ularni mushtarak maqsadlar uyg‘unligisiz
amalga oshirish mumkin emas. Jahon sivilizatsiyasining muhim
beshiklaridan biri hisoblangan 0 ‘zbekiston oldida turgan vazi
falar esa uning jahon hamjamiyatiga shiddat bilan kirib kelishi
asosida yanada konkretlashmoqda.
Madaniyat sotsiologiyasi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar
fanlarga qaraganda birmuncha yosh hisoblanadi. Ushbu fan
ning boshqa mamlakatlarda o ‘qitilishi ancha ilgari boshlangan,
shuningdek, madaniyat sotsiologiyasi fanini o‘rganish mamlakat,
www.ziyouz.com kutubxonasi
millat taqdiri hamda kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Madaniyat
sotsiologiyasi fanini o‘qitish, o ‘rgatish, ayni paytda, jam iyat
dagi ijtimoiy barqarorlikni qadriyat sifatida anglash uchun ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur fan aholining turli
tabaqalari, ayniqsa, talaba-yoshlarda millat m a’naviyatini ilmiy
o‘rganish orqali yuksak madaniyatni shakllantirishda muhim
omil bo‘lib xizmat qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |