SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
20
doirasida ham shuningdek, shahar aglomeratsiyalari, shaharlar, alohida olingan
aholi manzilgohlaridan tortib siyosiy — ma’muriy va iqtisodiy birliklar miqyosida
ham amalga oshiriladi.
Aholi geografiyasi iqtisodiy va sotsial geografiya va boshqa turdosh
fanlarning tadqiqot usullaridan keng foydalanadi. U mohiyatan aholishunoslik va
demografiya bilan juda yaqin turadi.
Hozirgi davrda aholi geografiyasi tarkibida quyidagi asosiy yo’nalishlarni
ajratib ko’rsatish mumkin:
aholi sonining tadrijiy o’zgarishlari,
joylashuvi va uning shakllari;
aholining takror barpo bo’lishi;
aholining etnik, jins-yosh va ijtimoiy tarkibi;
mehnat resurslari;
aholi migratsiyasi;
irqlar va dinlar geografiyasi.
Aholi bir vaqtning o’zida ham ishlab chiqaruvchi, hamda moddiy va
ma’naviy ne’matlarning iste’mol-
chisidir (3-rasm). Shu bilan birga,
aholi barcha ijtimoiy jarayonlarning
boshqaruvchisi
ekanligini
ham
unutmaslik
lozim.
Aholining
bunday jihatlari o’z navbatida, uni
nafaqat takror barpo bo’lishi, balki
iqtisodiy jihatdan ham avvalroq
tadqiq etilishiga asos bo’ladi. Umuman olganda, aholi geografiyasi iqtisodiy va
sotsial geografiyaning yaxshi o’zlashtirilgan tarmoqlaridan biridir.
Hozirgi davrda aholi geografiyasi oldida turgan vazifalarning nazariy,
amaliy, ta’limiy jihatlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
3-rasm. Aholining ijtimoiy tarkibi
SOTSIAL VA MADANIY GEOGRAFIYA
Darslik
21
1)
umumnazariy vazifalariga
:jamiyat rivojlanishining umumiy qonunlari
mohiyatini anglashga yordam beruvchi aholining joylashuvi va uning tabiat bilan
o’zaro ta’siri, takror barpo bo’lishi qonuniyatlari va jarayonlarini o’rganish;
2)
amaliy vazifalariga
: ko’pgina amaliy vazifalarni bajarish: aholi sonini
xisobga olish; mehnat balanslarini tuzish; aholi migratsiyasini o’rganish va uning
kelajak o’zgarishlarini bashorat qilish;
3)
ta’limiy jihatlariga
: aholi geografiyasi bo’yicha bilimlarni ommalashtirish.
Sobiq Ittifoq davridan boshlab, geograf olimlarning ko’pchilik qismi aholi
geografiyasini iqtisodiy va sotsial geografiyaning muhim tarmog’i deb
hisoblaydilar. Shuningdek, uni mustaqil fan sifatida qarovchilar ham mavjud.
Zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanlari tizimida, aholi geografiyasi
uning «iqtisodiy» hamda «sotsial» qanotlari orasidagi ko’prik vazifasini o’taydi.
Demak, aholi geografiyasi xo’jaliklar va tabiiy resurslar geografiyasi bilan o’zaro
chambarchas bog’liq. Shuningdek, u tabiiy geografiya, mamlakatshunoslik va
kartografiya fanlari bilan ham boklangan.
Ijtimoiy fanlardan quyidagilar aholi geografiyasi bilan aloqador:
demografiya:
(yunoncha, demos — «xalq») aholini takror barpo
bo’lishini o’rganadigan fan;
etnografiya:
(yunoncha, etnos— «qabila», «xalq») qabila, millat,
etnoslarning kelib chiqishi hamda ularning madaniyati va hayot tarzini
o’rganadigan fan;
antropologiya:
(yunoncha, antropos — «odam») inson jismi va uning
kelib chiqishi, shuningdek, insoniyat irqlarini vujudga kelishi va
tarqalishi haqidagi fan;
sotsiologiya:
(lotincha sotsialis — «umumjamiyat») jamiyatning
rivojlanish qonunlari, aholi guruhlari o’rtasida hayot va mehnat
faoliyati jarayonida vujudga keluvchi munosabatlar haqidagi fan;
ekologiya:
(yunoncha oykos – “uy”, “yashash joyi”) insonning atrof —
muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadigan fan;
Do'stlaringiz bilan baham: |