Antik davr mutafakkirlari ijtimoiy hayotni, uning a’zolari bo’lmish turli guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yish masalalari bilan shug’ullanishlar ekanlar o’z diqqat e’tiborini davlat, hokimiyat siyosat, qonunchilik, davlatni idora etish shakllari kabi masalalarga qaratiladi.
Aflotun o’zining «Davlat» asarida yunon shahar-davlatlarini qo’yidagicha shakllarga ajratib ko’rsatadi:
1) Monarxiya – davlatning bitta yaxshi inson tomonidan boshqarilishi yoki tiraniya;
2) Aristokratiya – davlatning ayrim bir kishilar tomonidan boshqarilishi, boshqacha qilib aytganda oligarxiya;
3) Demokratiya – davlatning ko’pchilik xalq ommasi tomonidan idora etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |