Har qanday siyosat inson xayotiy faoliyatining muxim soxasi sifatida, o’z falsafiy mazmuniga ega. bu ma’noda siyosat falsafasi-siyosiy faoliyatning tarkibiy qismidir. Siyosat dunyosi obyektiv borliq sifatida mavjud bo’lish bilan birga, g’oyalar tarzida ham namoyon bo’ladi, yani siyosat g’oyasi ma’naviy borliq sifatida tushunchalar, kategoriyalarda ifodalanadi.
Siyosat falsafasi siyosiy dunyodagi butun bilan, umum bilan yakka, nazariya bilan amaliyotning o’zaro nisbati, erkinlik, adolat, tenglik, ozodlik masalalarini bir butun xolda o’rganadi. Siyosat falsafasi doirasiga xokimiyat moxiyati, xokimiyat munosobatlari, davlatga oid bo’lgan g’oyalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |