Xozirgi zamon faylasuflarining ta’kidlashicha, siyosat falsafasi qadimgi davrlardayoq mustaqil fan soxasi sifatida shakllana borgan va siyosiy fan sifatida maydonga kelgan.
Amerika va ingliz siyosatshunoslik fanining mashxur vakillari Dj. Keltin va N. Berri Platon «Davlat» asarida siyosiy falsafa tizimiga birinchi bor asos solgan deb ta’kidlaydilar.
Zamonaviy siyosat falsafasining yirik namoyondalaridan biri L.Straus Soqratni siyosiy falsafaning asoschisi, Platon xamda Aristotel qarashlari siyosiy falsafaning bizgacha yetib kelgan eng qadimgi namunalari deb yozadi.
Birinchidan
Siyosat falsafaning xaqiqiy ma’noda to’liq shakllanishi uchun, dastavval, siyosiy munosobatlar aniq shakllangan bo’lishi;
ikkinchidan
Siyosatshunoslik tushunchalarining ma’no va mazmuni keng va chuqur shakllangan bo’lishi;
uchinchidan
Davlat xokimiyat, xukuk, erkinlik kabi tushunchalar karor topishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |