Bir qarashdayoq bandning mazmuniy-mantiqiy tashkillanishidagi izchillik yaqqol koʻzga tashlanadi:
toʻrtinchi misra esa uchinchi misradagi holatning sababini izohlab keladi. Misralar orasidagi
zidlash va izohlash munosabatlari asosidagi mantiqiy aloqa mazmuniy butunlikni taʼminlaydi.
Ikkinchi banddan boshlab ayni shu xususiyat kuzatilmaydi, natijada, mantiqiy-mazmuniy
Koʻrib turganimizdek, dastlabki uch misra bir xil sintaktik qolipdagi uyushiq gaplardan iborat,
oʻsish, pasayish yo kengayish tartibida ifodalash imkonini cheklaydi. Shu bilan birga, bunday
uyushiq gaplarning tarjeʼ misra mazmuniga mos boʻlishi, sheʼr ritmik tarxida tarjeʼ sanash ohangida
aytilgan uyushiq gaplardan soʻng ayricha urgʻulangani kabi, mazmuniy tashkillanishida ham xuddi
shunday “zarb” olishi kerak boʻladi. Demak, sodda koʻringani bilan, bu sheʼriy shaklda chinakam
badiiy qimmatga molik mazmunni ifodalash oson emas. Masalan, yuqoridagi bandning uchinchi
misrasi birinchi misra maʼnosining oʻzini oqlamagan takrori boʻlsa, ularning oʻrtasiga pona boʻlib
kirgan ikkinchi misra beoʻxshovroq koʻrinadi. Eng yomoni – uchala misradan kelib chiqayotgan
maʼno tarjeʼga nomuvofiq. Mantiqan ulardan soʻng, masalan, “Xudoyimning taqdiri ekan”
mazmunidagi misra kelishi toʻgʻriroq boʻladi. Hozirgi holatida esa band tayinli bir mazmunga ega
boʻlmay qolgan, buning sababi oʻzaro qofiyalangan uchta misra bilan tarjeʼ orasidagi mazmuniy
munosabatning buzilganida. Xuddi shunday hol keyingi uchta bandda ham kuzatiladiki, bu sheʼriy
shaklning oddiygina “qolip” boʻlib xizmat qilganidan dalolat.
Afsuski, yuqoridagi holatni shu shaklda yozilgan barcha sheʼrlarda kuzatish mumkin. Diqqat
qilinsa, bu sheʼrlar uchun umumiy bir qonuniyat borligi koʻrinadi: mazmuniy tashkillanishi jihatidan
birinchi band yaxshigina saviyada va u sheʼr oxirida aynan takrorlanadi. Bu bilan sheʼr (qoʻshiq)ning
oʻquvchi (tinglovchi) tomonidan qabul qilinishi dasturlashtiriladi. Dastur algoritmi esa quyidagicha:
birinchi band sheʼr mazmunini modellashtiradi – model sheʼriy ohang orqali tinglovchi shuuriga
koʻchadi – keyingi bandlar ham shu model bilan analogiya asosida qabul qilinadi – birinchi bandni
takrorlash bilan taassurot yaxlitlashadi. Yaʼni shu tarzda qabul qilgani uchun ham yetarli darajada
oʻqish tajribasiga ega boʻlmagan tinglovchi bitta-ikkita banddagi mantiqiy nomuvofiqliklarni
ilgʻamaydi. Qatʼiy aytish mumkinki, omma badiiy didi bilan bemaza sheʼrlar oʻrtasida teskari
proporsiyadagi bogʻlanish mavjud: did pasaygani sari bemaza sheʼrlar koʻpayadi va, aksincha,
koʻtarilgani sari kamayadi.
Murabbaʼ shaklida mazmun izchilligi va mantigʻini taʼminlash yuqorida koʻrib oʻtilgan shakldagiga
nisbatan osonroq. Sababi, bunda tarjeʼ yoʻq, demak, barcha bandlar mazmunini bitta misra
mazmuniga muvofiqlashtirish talab qilinmaydi, bu esa banddan bandga mazmunni izchil
rivojlantirishga keng va qulay imkon beradi. Biroq toʻplamlardagi shu nav sheʼrlarni koʻzdan
kechirarkan, gap shakldagina emas, balki, ijodkorning oʻzi qilayotgan ishga, Xudo bergan
isteʼdodiga, bir soʻz bilan aytsak, SOʻZga munosabatida ekaniga amin boʻlamiz. Ayniqsa, shakl
bobidagi tajriba oʻlaroq yozilgan ayrim soʻz tizmalari borki, muallif umrini behuda sovurayotganini
koʻrib achinib ketasan kishi. Shularidan biri mana bunday:
Do'stlaringiz bilan baham: