Soʻnggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar joʻn gaplarni ham sheʼrga soladigan, eng



Download 89,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,84 Kb.
#192716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheʼrda mantiq kerakmi saviya.uz

Muhabbat izlaysiz koʻzimdan,

Qolmang deysiz jonim oʻzimdan,

Sharpadek kezasiz izimdan,

[1]


Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da.

 

Lirik qahramonning “faqat seni deyman” deya ont ichishi bilan maʼshuqaning oshigʻi koʻzidan



“muhabbat izlashi” bir-birini inkor qiladi. Bu oshiq koʻzida muhabbatdan asar yoʻq, degan maʼnoni

beradi! Maʼshuqaning oshiqni hol-joniga qoʻymay ortidan “sharpadek kezishi”, “oʻzimdan qolmang”

deya oʻtinishi ham birinchi band mazmunini inkor qiladi. Eʼtibor bering, ikkinchi bandni oʻqigach

ham lirik kechinmani yuzaga keltirgan holatni tasavvur qilish imkoni haminqadar. Eng yomoni,

maromga solib oʻqish asnosida aksariyat oʻquvchilar bu tomonga eʼtibor ham bermaydi, xuddi

radiodan taralayotgan zamonaviy qoʻshiqni qoʻshilib hirgoyi qilgan kabi, ohang mazmunni bosib

ketadi.

Keyingi band mantiqni tamom parokanda etadi:

 

Xohlang yigʻlab, xohlang kulaman,

Siz istagan oshiq boʻlaman,

Sevish kerak boʻlsa sevaman,

Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da.

 

Ikkinchi bandda maʼshuqa oshiq ortidan elanib yurgan edi, endi navbat oshiqning oʻziga keldi.



Dastlabki ikki misra mantiqan “endi faqat sizni deyman” ontini sharhlab, yaʼni shoir goʻyoki tangani

chaqaga maydalab beryapti, xolos. Biroq, siri bilan turgan, maʼshuqa bechorani izidan “sharpadek

kezdirgan” lirik qahramon nechuk bu qadar keskin oʻzgardi? Sheʼrdan bunga biror asos, turtki

boʻlgan detal topilmaydi. Oʻzi shusiz ham kechinma yuzaga kelgan holatni tasavvur qilib

boʻlmayotgan edi, endi buning imkoni tamom kesildi-qoldi. Shuncha ontu iltijolardan soʻng birdan

“sevish kerak boʻlsa sevaman” deyilishi oʻquvchini shoshirib qoʻyadi: yaʼni, shu paytgacha sevgan

emas, kerak boʻlsa, endi “marhamat koʻrsatib” sevib ham qoʻyaveradilar. Bungacha sevmagan

boʻlsa, gap oʻzi nima haqida borayotgandi?

Oʻquvchi shoshib qolganiga hayron qolmasa ham boʻladi, zero, gap qanday tuygʻu-kechinma

haqida ketayotganini lirik qahramonning oʻzi ham bilmaydi:

 



Farqi yoʻqdir, hazilmi, chinmi,

Endi tanlab boʻldim men sizni,

Olay endi bir koʻnglingizni,

Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da.

 

Xoʻp, lirik qahramon qizga munosabati hazilmi yo chinligini bilmasin, hayotda shunday holatlar



ham boʻlishini aslo inkor qilmaymiz. Biroq, “farqi yoʻq” degan qatʼiy hukmini qanday tushunish

kerak? Axir, oʻzing sevgidan soʻzlab turgan boʻlsang-u, yana bu gaplaring “hazilmi yo chin”ligining

farqi yoʻq desang? Holatga, ayni damdagi ruhiyatga mos emas-ku! Shu gaplarini eshitib turgan,

yana uning izidan “sharpadek kezishga” hozir maʼshuqaga ham xayf! Ehtimol, shoʻrlik til-zabonsiz

bir maxluqdir. “Bir koʻnglingni olay” chorlovidan kishida andisha tugʻiladi. Diliga ingan andishani

“Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da” satriga urishtirgan oʻquvchi “bir koʻnglini olmaslikka

qoʻymaydigan” maʼshuqani qay qiyofada tasavvur qilsin?!

Oʻngu ters gaplaridan maʼshuqasi xavotirga tushishini tuyqus fahmlab qoladimi, lirik qahramon uni

xotirjam qilishga shoshadi:

 

Boʻldi yetar xavotir olmang,



Qalbingizni shubhaga solmang,

Sizga ruxsat ortimdan qolmang,

Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da.

 

“Qalbingizni shubhaga solmang” kalimasi murojaat qilinayotgan odamga “oʻzingizni



shubhalantirmang” degan daʼvatni anglatadiki, ayni holat mantiqiga muvofiq emas. Bu oʻrinda lirik

qahramonning “gap-soʻzlarim, xatti-harakatim dilingizga shubha solmasin” deyishi mantiqan toʻgʻri

boʻlardi. Koʻramizki, oʻzbek tilining uslubiy xususiyatlariga eʼtiborsizlik orqasida yana mantiqqa

xilof holat yuzaga kelayotir. Siz qancha chamaladingiz, bilmadim-u, mening nazdimda

maʼshuqaning oshiq qoshidagi maqomiyu qadri xush qarasang suykalib, “chip” desang badar



ketadigan kuchukchadan ortiq koʻrinmadi… Shu bois, boʻlsa kerak, keyingi misralar kaminaga “kir

koʻylakka jun joʻyak” naqlini eslatdi:




Download 89,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish