Soʻnggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar joʻn gaplarni ham sheʼrga soladigan, eng



Download 89,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,84 Kb.
#192716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheʼrda mantiq kerakmi saviya.uz

Muattar sas (?) bilan berganda maʼno…

 

Xasta, bemor degan oldim lavozim (?)

 

Xijron yoqar dil taftimni (?),

 

Toʻldirmoqda ishq kaftimni (?).

 

Oʻylayverib yuragim toʻydi (?)

 

Kamon boʻldim nishonsiz, yoysiz (?)

 


Menga xotirjamlik yoʻqdir ravoying (?)

 

Qabr ekan eng soʻnggi yoʻlim (?)

 

Tilshunoslikda soʻz valentligi tushunchasi borki, agar buni soddalashtirib aytmoqchi boʻlsak, bu

soʻzning boshqa soʻzlar bilan munosabatida mohiyatan “kabutar bo kabutar, jins ba jins” qoidasi

amal qiladi deganidir. Yaʼni muayyan soʻz istalgan boshqa soʻz bilan mazmunan bevosita

bogʻlanavermaydi, uning oʻzi bogʻlana oladigan soʻzlar doirasi bor. Oʻzbek tilidan foydalanuvchilar

balki, “soʻz valentligi” deganini eshitmagan ham chiqar, lekin tilni qoniqarli darajada bilgan odam

unga amal qiladi, chunki sogʻlom mantiq shuni taqozo etadi. Shuning uchun ham, masalan,

“ogʻiz”ga “yopmoq” feʼlini bogʻlaganimiz holda, uni “lab”ga nisbatan ishlatmaymiz. Shoirimiz esa,

“oʻziga xos boʻlishga” intilishi oʻta kuchli ekani boismi, bilmadim, “Lablaring yopilmas dir-dir

titraysan” deyaveradi. Yoki har ne toʻpori boʻlsa ham, oʻzbek yigiti “Sevgim narxin bilmading, Yolgʻiz

yorim boʻlmading” demasa kerak, chunki savqi tabiiysi bilan “sevgi” soʻziga “narx” muvofiq

kelmasligini his qilib turadi. Baʼzan soʻzlarning bogʻlanishi mantiqdan shu qadar yiroqki, “bu

shunchaki adashish emas-ov, axir, shuniyam bilmaslik mumkin ekanmi?! Hoynahoy, bu shoir

oʻquvchisini hayratlantirish uchun qoʻllagan bir uslubiy priyom-u, men bexabar boʻlsam kerak”

degan oʻy keladi. Masalan, aqlga ayonki, odam degani “yonboshlab”, “choʻzilib”, “yastanib”,

“chalqancha”… yotishi mumkin, lekin “tik yotish”i, ayniqsa, qabrda “tik yotish”i aslo mumkin emas.

Chamasi, Ahad Qayum boshqacha fikrda. Shunga oʻxshash gʻayrimantiqiy bogʻlanish mana bu

misralarda ham yaqqol koʻrinadi:

 

Sensiz men gʻoʻzachoʻp oʻtinman,

Kam-koʻstsiz navrasta yetimman.

 

Bu oʻrinda “kam-koʻstsiz” soʻzining “etim”ga bogʻlangani mantiqiy gʻalizlikni keltirib chiqaradi.



Negaki, “etim” soʻzining oʻzida “kamlik” maʼnosi bor, zero, yetimga hech boʻlmaganda ota-ona

yetishmaydi, bas, u “kam-koʻstsiz” boʻlolmaydi. Yaʼni shoir bu oʻrinda “kam-koʻstsiz” soʻzini, ehtimol,

“chin yetim” va yo “gʻirt yetim” – ham otadan, ham onadan judo boʻlgan yetim maʼnosini ifodalash

uchun qoʻllaydi-yu, soʻzlarning mazmuniy-mantiqiy aloqa imkonlarini bilmaganlikdan yana qovun

tushirib qoʻyadi.



Ahad Qayum koʻp hollarda soʻzlarni grammatik jihatdan notoʻgʻri bogʻlaydi, ifodalash koʻzlangan

mazmunga nomuvofiq shakllarni qoʻllaydi:

 

Soʻzlarni oʻynatadi,

Koʻzlarni oʻynatadi,

Jonimni qiynatadi,

Aldoqchi!

 

Dastlabki ikki misrada feʼlning orttirma nisbati qoʻllangani maʼqul: yor koʻzlarni, soʻzlarni oʻynatishi



mumkin, biroq uchinchi misrada “jonimni qiynatadi” deyilishi bilan oshiq jonini yor oʻzi emas, balki

“kimdir birovga qiynatadi” degan maʼno kelib chiqadiki, bu umumiy mazmunga yopishmaydi. Feʼl

nisbatlarining maʼno va uslubiy xususiyatlarini, xususan, ayrim feʼllar majhul nisbatda

qoʻllanmasligini bilmaslik boshqa bir sheʼrda ham koʻrinadi:

 

Har kimsa ham sevolmaydi, sevilmaydi,

Har kimsa ham kutolmaydi, kutilmaydi,

Har kimsa ham kuyolmaydi, kuyilmaydi…

 

Ehtimol, shoir tilshunos emas, bas, til qoidalarining barini bilishi ham shart emas, deya eʼtiroz



qilinar? Toʻgʻri, biroq u “kuymoq” feʼli “sevilmoq”dagiga monand maʼno beruvchi shaklga ega

emasligini bilishi kerak-da, axir. Zero, shoir til amaliyotining ilgʻorida boradi, bas, oʻzi qoʻllayotgan

tilning goʻzalligiyu jozibasi, maʼno nozikliklariyu imkonlarini namoyon etishga ham masʼul. Afsuski,

Ahad Qayum ayni vazifasini yo bilmaydi, yo tan olmaydi. Yoʻqsa, sheʼrlarida, masalan, kelishik

qoʻshimchalarini ishlatish bilan bogʻliq uslubiy xatolar hozirgidek qalashib yotgan boʻlarmidi?!

 

* * *




Xulosa oʻrnida ayrim fikrlarni taʼkidlash bilan cheklanaman.

Avvalo, shuncha tanqidiy fikrlar faqat Ahad Qayumga emas, balki uning misolida ayrim

xonandalarni qoʻshiq soʻzlari bilan taʼminlashning uddasidan chiqayotgan “shoir”larga, nafaqaga

chiqqach tuyqus oʻzlaridagi shoirlik iqtidorini fahmlab qolgan otaxonu onaxonlarga, xullas, yaxshi

niyat bilan qalam surayotgan barcha havaskorlarga taalluqli. Shoyadki, yuqoridagi mulohazlarimiz

sabab ayrimlar sheʼriyat muqaddas dargoh ekanligini his etsa…

Yana tilga eʼtiborsizlik, bepisandlik oqibatida kundalik muloqotlarda chala, dumbul iboralar urchib

ketayotganiga ham mana shunday mantiq neligini bilmaydigan “shoirlar” sabab boʻlayotganini

anglamogʻimiz zarur.

 

Dilmurod QURONOV

 

“Sharq yulduzi” jurnali, 2016–2

 

 Ahad Qayum.  Begim demang, begoyim.- Buxoro, 2012.- B.102-103; koʻchirma qilib olingan



sheʼriy parchalar imlosi va tinish belgilari kitobdagi holicha qoldirildi.

 Alisher Navoiy. Mukammal  asarlar toʻplami. 20 tomlik. 16-tom.-T.,2000.- B.93



[1]

[2]

Download 89,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish