Soʻnggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar joʻn gaplarni ham sheʼrga soladigan, eng



Download 89,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana30.12.2021
Hajmi89,84 Kb.
#192716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sheʼrda mantiq kerakmi saviya.uz

Qoʻllarimni uzma boʻyningdan jonim,

Qoʻyvorsang, oʻlaman qoʻyningdan jonim,

Bir tugmacha joy ber koʻnglingdan jonim,

Shu mehr yetadi butun umrimga,

Baxtli qil tinchgina yotay qabrimga.

 

Maʼshuqa ham anʼanaga koʻra oʻta bagʻritosh, hatto “qabrga yotish” oldidagi odamning daʼvatlariga



ham kelaqolmaydi, shu bois, boshqa bir sheʼrda lirik qahramonimiz noiloj poʻpisaga oʻtadi:

 

Bunchalar makkorasan, bunchalar oʻjar



Qarmogʻimga ildiraman bir kuni.

Mayli, sen qiynayver, boʻlaver qaysar,

Aldab-suldab koʻndiraman bir kuni.


 

Iltijolar qildi – kelmadi, u ham yerdan chiqqan emas, axir. Maʼshuqasiga “Aytib qoʻyay

bilmaskansan sen meni” deyayotgani ham shunga dalil. Yaʼni sening makring qirq eshakka yuk

boʻlar, bizniki undan-da ortiq, shunday qilayki: “Sezmay ham qolasan roziligingni, Aldab-suldab

koʻndiraman bir kuni”. Oʻz-oʻzidan “bu oʻzi nimaga koʻndirmoqchi boʻlyapti?” degan savol qalqib

chiqadi. Har bir shunday qizarinish hayo pardasini ozginagina boʻlsin koʻtaradi. Sirasini aytsam,

men bu satrlarda qalbga qanot beruvchi muhabbatdan asar ham koʻrmayapman. Axir, bu ne-ne

shoirlar asrlar davomida kuylagan muhabbat oʻrnini yaqindan beri xorij kinosi taʼsirida

ommalashayotgan muhabbat ishgʻol qilayotganidan dalolat emasmi?!

Mumtoz sheʼriyat lirik qahramoni yori “ostonasida yotish”, “koʻchasida devonavash yurish” kabilarni

maʼn etmagani uchun iztiroblar chekadi, “bir qiyo boqib qoʻysa” bormi – ikkala dunyosi vayron!

“Buyam bir mubolagʻa-da, ayolni muhabbatiga ishontirish uchun nimalar demaydi yigit?!” deya

eʼtiroz qilarsiz. Yoʻq, bu shunchaki mubolagʻa emas, uning zamirida ayolini qizgʻanmaganni

imonsiz, dayus bilishdek milliy axloq prinsiplaridan biri yotadi. Uzoq yillar buni “ayollarga zulm

qilish”, “feodallik” deb uqtirdilar, tan olish kerak, milliyligimizni barbod etishdan manfaatdor kuchlar

ozmi-koʻpmi maqsadiga erishdilar ham, zero, ular ruhimizga kiritgan virus to hanuz suyak surib

oʻtib kelyapti. Mana isboti:

 

Yoʻllaringni mendan burib ketsang ham,



Boshqaga qalbingni berib ketsang ham,

Agar oʻzga bilan yurib ketsang ham,

U oʻzingni ishing, mendan yashirma,

Faqat bir iltimos, sevmayman dema.

 

Oʻzbek yigitining yori “oʻzga bilan yurib ketsa ham” bu uning shaxsiy ishi deb turishi, ustiga-ustak,



buni “mendan yashirma” deb soʻrashini aqlingizga sigʻdira olasizmi? Yana “sevmayman dema”

deya oʻtinishini-chi? Ammo oʻzga millatlar bilan tigʻiz maishiy aloqa, kino va televideniye taʼsirida

shu tarz oʻylovchilar ham chiqib qolayotganini aslo inkor qilib boʻlmaydi. Xoʻp, bu-ku hayotning

ravishi ekan, biroq sheʼriyatga bunday oʻy-fikr va kechinmalarning kirib ulgurgani hammamizni

hushyor torttirishi kerak. Axir, bir tomoni, bugungi Gʻarb dunyosidagi koʻpchiligimizni



jirkantirayotgan holatlarning boshlanishi shundan – dayuslikning axloq normasiga aylanib

qolganidan emasmi?! Zero, avvaliga oʻzi “yura boshlaydi”, keyin ayolining “yurib ketishi”ga ruxsat

beriladi, soʻng oʻzaro kelishgan holda ikkisi ikki tomonda tengdan “yurishadi” va shu tarz oila, nikoh

kabi muqaddas tushunchalar qimmatini yoʻqotib boradi… “Yana oʻsha vahimami?” deya

yozgʻirmoqchi boʻlsangiz, avval mana bu satrlarni oʻqib koʻring:

 

Xiyonatdan Ahad kechaver,



Yot quchogʻda yoring quchaver,

Oʻzgalarga mehring sochaver,


Download 89,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish