Soʻnggi vaqtlarda nazmbozlik kasaliga yoʻliqqanlar – joʻn gaplarni ham sheʼrga
soladigan, eng
yomoni, ularni “sheʼr” deb eʼlon qiladiganlar koʻpayib ketdi. Bularning baxtiga ovoz kuchaytirgichu
fonogrammalar zamoni kelib, isteʼdodu diddan mosuvo qoʻshiqchilar ham toʻlib toshdi.
Oʻxshatmaguncha uchratmas, deganlari shu-da: bular narigilari bitgan maza-matrasiz sheʼrlarni
xorijdan oʻgʻirlangan kuylarga solib, kompyuterlar yordamida sayqallab, chunon “kuylay”
boshladilarki, tezda FM toʻlqinlarini zabt etib, qoʻl telefon “chip”larini toʻldirdilar. Ana endi,
qulogʻidan “naushnik” tushmaydigan, har neni undan taralayotgan ohangga mos muqom bilan
qiladigan “sanʼat shaydolari” sheʼriyatni, sanʼatni qanday tushunishlarini fahmlab olavering!.. Oʻtgan
yili universitetda sheʼrlari mashhur xonandalar repertuaridan joy olgan Ahad Qayum bilan
uchrashuv boʻldi. Oʻshanda talaba qizlar dastxat olish ilinjida uning ortidan yugurganlarini koʻrib,
sheʼriyat haqidagi tasavvurlar nechogʻliq qashshoqlashib qolganini nadomat bilan his qildim. Axir,
“muxlislarning” koʻpchiligi filologiya fakultetining talaba qizlari – ertaga yosh avlodga chin
sheʼriyatni, badiiy soʻz jozibasini anglatishga tayyorgarlik koʻrayotganlar edi-da! Bu holat menga
negadir adabiyotimizning istiqbolidan tashvishli bong boʻlib tuyulaverdi…
Badiiy didning ommaviy tarzda susaygani – talabalarning shunchaki vaznu qofiyali nutq bilan
SHEʼRni, nazmboz bilan ShOIRni farqlamay qoʻyayotgani hammani jiddiy tashvishga solmogʻi
kerak. Mazkur holning sabablari koʻp, lekin eng avval oʻzimiz bilan bogʻliq tomonini mulohaza qilib
olishimiz lozim. Bemaza sheʼrlar urchib ketayotgani haqida koʻpdan beri aytib kelamiz. Afsuski,
faqat shugina: “aytib kelamiz” – vassalom! Hech birimiz oʻsha sheʼrlarning nimasi bemaza ekani,
nima uchun ularni sheʼrga sanab boʻlmasligini koʻrsatib berishga hafsala qilmadik. Bunday
sheʼrlarga osmondan qarab, ularni “tanqiddan tuban”, “diqqat-eʼtiborimizga nomunosib” deb bildik,
ular haqida bir nima yozishni oʻzimizga ep koʻrmadik. Endi tobora amin boʻlganim, bu masalada
tutgan tutumimiz zimmamizdagi vazifaga xiyonat ekan. Zero, jim turmay, vazifamizni sidqidildan
bajarganimizda, bemaza sheʼrlar urchiblar ketmagan boʻlarmidi?!
* * *
Sheʼr mashqiga jazm etganlar, koʻpincha, eng qiyini soʻzlarni vaznli misralarga tizishu oʻrinli
qofiyalar topish deb oʻylab xato qiladi. Bu sheʼr texnikasi bilan bogʻliq, oʻrgansa boʻladigan jihat.
Aslida mavzun misralaru benuqson qofiyalar vosita xolos, ularning vazifasi muayyan tuygʻu yo
fikrni izchil ifodalashu oʻquvchi lirik HOLni koʻnglida qayta yashatishiga imkon yaratish. Shu bois,
poetik mantigʻi va ifoda izchilligiga putur yetgan sheʼr, nechogʻliq xushohang boʻlmasin, baribir
“xomakligicha qolaveradi”.
Sheʼrda mantiq kerakmi?
21.01.2018
Poetik mantiq, birinchidan, kechinma bilan u yuzaga kelayotgan
holat mutanosibligini, ikkinchidan,
lisoniy ifodaning tasvirlanayotgan kechinmaga mosligini, uchinchidan, sheʼrdagi misralarning
oʻzaro mantiqiy-mazmuniy bogʻliqligini (ketma-ketlik, izohlash, zidlash, qiyoslash, oʻxshatish kabi
aloqalarni) taqozo etadi. Mazkur talablar nuqtai nazaridan bir sheʼrni koʻrib chiqamiz:
Sizga qancha mehrim bersam ham,
Toʻymadingiz, toʻymadingizda.
Endi faqat men sizni deyman,
Qoʻymadingiz, qoʻymadingiz-da .
Ilk misradan lirik qahramon kechinma vaqtiga qadar yoriga “qancha mehrin bergan”i, anchadan
beri unga muhabbati borligi anglashiladi. Ikkinchi misradagi “toʻymadingiz” soʻzining takrori, – “da”
yuklamasi yuzaga keltirayotgan ohang “nahot shuncha mehrga ham toʻymasangiz” tarzida
yozgʻirish maʼnosini beradi. Toʻgʻri, haqiqiy ijodkor badiiy tafakkurni baholi qudrat rivojlantirishi,
yangilashga intilishi, undagi ayrim qarashlarni inkor qilishi tabiiy va zarur. Biroq, uning bu harakati
badiiy-estetik zaruratdan kelib chiqishi va asoslanishi shart. Yuqoridagi holatda esa bunday zarurat
yoʻq, “toʻymadingiz” soʻzi “qoʻymadingiz”ga qofiyadosh boʻlgani uchungina qoʻllangan. Natijada,
oshiq yorga bergan mehrini minnat qilayotgandek holat yuzaga kelgan. Keyingi misradagi “endi”
soʻzi avvalgi ikki misra mantigʻini tamom barbod etadi. Chunki “endi” soʻzi ish-harakatning nutq
vaqtidan boshlab, keyin amalga oshirilishini anglatadi. Shunday ekan, lirik qahramonning yorga
anchadan beri mehr berib kelayotgani yolgʻon boʻlib chiqadimi?! Yoki u hozirga qadar bir emas, bir
nechalarga mehr berib kelayotgan edim, demoqchimi? Eng qizigʻi, band matnida u yori
“qoʻymagani” uchungina “faqat men sizni deyman” deyayotgan chiqadi, yaʼni yana oʻzini oʻzi inkor
qiladi.
Ikkinchi bandni oʻqiymiz: