Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet21/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Qo’qon xonligida odatdagi soliqlardan tashqari xonlar yangilarini ham joriy etgan. Bunda ayniqsa Хudoyorxon ajralib turgan. U ekilgan mevasiz daraxtlardan, poytaxtga olib kelingan pichandan, tog’ o’rmonlarida kuydiriladigan pista ko’mirdan soliq olgan. Хudoyorxon xazinadagi yetishmovchilikni xilma-xil musodara qilishlar va chayqovchilik vositasida to’ldirgan.

O’rta Osiyoni Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida bu yerda asrlar davomida qaror topgan tizim - qishloq xo’jaligi soliq tizimi o’zgara bordi. Avval chor hukumati dehqonlardan soliq olishni kamaytirdi, lekin yerlarni soliqqa tortishning xiroj; va tanob tizimini saqlab qoldi. Soliqlarni mutlaqo pul bilan to’lash tartibi joriy etildi, davlat foydasiga natura shaklidagi majburiyatlar bekor qilindi. Soliq undirish ishlari saylab qo’yiladigan kishloq idoralariga topshirildi. Chor hukumati 1867 yilda ko’chmanchi aholi uchun o’tov yig’imi joriy qildi, unga binoan har bir o’tovdan soliq undirila boshlandi.

1886 yilda Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risida yangi Nizom joriy qilindi. Unda yerga oid munosabatlarda qator tadbirlar o’tkazish ko’zda tutilgan edi: barcha yerlarning xazinaga tegishliligi e’lon qilindi va ilgari kim yerlarga ishlov bergan bo’lsa, yer o’shanga foydalanish uchun berildi va barcha yerlar soliqqa tortildi.

Chor Rossiyasining asosiy maqsadi xonliklarni yarim mustamlakadan haqiqiy mustamlakaga aylantirish edi. Shu munosabat bilan XIX asrning ikkinchi yarmida Turkiston General gubernatorligi tashkil qilindi. Bosib olingan Buxoro amirligi, Хiva va Qo’qon xonliliklarini anchagina qismi Chor Rossiyasi uchun faqat xomashyo va tabiiy resurslar manbaigina emas, balki byudjetning daromad manbai sifatida muhim siyosiy va iqtisodiyahamiyatga ega bo’ldi.

Хiva xonligida 1898 yildan 1902 yilgacha bo’lgan davrda 250-300 pud mis tangalar zarb qilingan. Хiva xoni bunday tangalar tushumidan savdogarlarga majburiy tarzda qarzlar berar, buning uchun kredit summasining 15 foizini to’lashni talab qilardi. Ana shu mablag’lar evaziga o’ndan ortiq paxta tozalash zavodi qurildi, paxtaning deyarli hammasi Chor Rossiyasiga jo’natilar edi.

Bu hududlarda Turkiston General gubernatorligi moliyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar belgilandi:

- xonliklarning zabt qilingan hududlarida o’zvalyutalari o’rniga rus valyutalarini joriy qilish;

- davlat moliyasini boshqarishda byudjet- smeta rejimini joriy qilish;

- mavjud soliq tizimini Rossiya soliq tizimi andozasiga moslab, tubdan o’zgartirish.

Chor Rossiyasi qo’yilgan vazifalarning deyarli hammasiga erishdi. Bu hududlarda an’anaga aylangan zakot o’rniga hunarmandchilik solig’i, xiroj o’rniga esa - oklad tizimi joriy etildi. Bulardan tashqari aksiz soliqlari, paxtaga va boshqa xomashyolarga solinadigan soliqlar tug’ridan-to’g’ri Chor Rossiyasi byudjetiga borib tushar edi. 1914 yil 12 noyabr qonuniga binoan, temir yo’l va bandargohlarda har pud paxtadan alohida muvaqqat soliq olish belgilandi. 1915 yil yanvaridan boshlab mahalliy aholi harbiy majburiyatlarni bajarish o’rniga, harbiy soliqqa tortildi. Bu soliq jami bevosita soliq turlarining 21 foiz miqdorida olingan.

Ammo 1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi xazina xarajatlarini keskin oshishiga sabab bo’ldi. Хarajatlarni qoplash maqsadida aholidan yig’iladigan soliqlar miqdori to’xtovsiz ko’payib bordi.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish