Buxoro amirligida moliya, asosan mol-mulk solig’I bilan qushbegi shug’ullangan. U ark etagida yashagani, mahkamasi shu yerda bo’lgani bois qo’yi qushbegi deb atalgan. Davlatdagi barcha zakot yig’uvchilarning boshlig’i mavjud bo’lib uni ham zakotchi kalon (oliy zakot yig’uvchi) deb atashgan.
XIX asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligining soliq tizimi Buxoro amirligi bilan o’xshash bo’lgan. Bu yerda ham g’allazorlardan xiroj yig’imi, uzumzorlar, polizlar, bog’lar va texnika ekinlari bilan band bo’lgan yerlardan tanobona undirilgan. Tovarlar, mol-mulk va chorvadan zakot olingan. Shaxsan xonga qarashli qishloqlardan xoslik - undiruvchi amaldorlarga emas, balki bevosita xonga beriladigan yoki xonning maxsus farmoni bilan u yoki bu a’yonlarga ta’minot uchun beriladigan soliq undirilgan.
Qo’qon xonligida o’lponlar xassagi va beklikka bo’lingan. Хassagi - bu xon g’aznasiga ijara ko’rinishida tushgan daromadlar. Beklik esa - bu bek g’aznasiga tushgan daromadlar. Хon g’aznasiga daromadlarning hamma ko’rsatilgan turlari tushgan, lekin ularni faqat Qo’qonda va unga tobe qishloqlarda yig’ilgan.
Boshqa joylardan xon g’aznasiga:
tovarlar va chorva mollardan zakot;
Sirdaryodagi kechiklardan bojlar;
tuzdan soliq;
xassagi yer-mulkidan yig’im;
xon mablag’lariga turli shaharlarda qurilgan do’konlar, karvonlar, omborlardan ijara yig’imlari;
to’y marosimlarini o’tkazish uchun dallol foizlari;
egasiz (baytulmol) mulklar.
Viloyat hokimliklariga haraj va tanob o’lponlarini yig’ish huquqi berilgan. Хon g’aznasiga Хudoyorxonning hukmronligi (1865--1875 yillar) davrida har yili bir yarim million so’mgacha pul tushgan.
Х1Х-asrning birinchi yarmida Qo’qon xonligining daromadlari natura ko’rinishda bo’lgani kabi, pul ko’rinishida ham tushgan bo’lib, ularning bir qismi viloyat hokimlari tomonidan qo’shimcha va boshqa ehtiyojlarga ishlatilgan. Daromadning qolgan qismi xon g’aznasiga tushgan. Sholi, bug’doy, jo’xori va boshqa galla ekinlari ekilgan. Dalalarda hosilning beshdan bir qismi undirilgan. Mevali daraxtlar, uzumzorlar, o’tlar, sabzavot, paxta va boshqa ekinlar band qilgan yerlardan esa yig’im miqdori maydonga qarab belgilangan.
Yer solig’i tanobo nomi bilan yuritilib, uning miqdori ekiladigan ekinga bog’liq bo’lgan. Masalan, terak va qayrag’och bilan band bo’lgan bir tanob yerdan 50 tiyindan undirilgan. Poliz, qovun, tarvuz, bodring, tut daraxtlari bahorda ekilgan piyoz va sabzi dalalarining bir tanobidan 1 so’mdan; uzumzor va meva bog’larining bir tanobidan 2 so’mdan undirilgan. Polizlardan yig’imlar uylar, do’konlar soniga va hunarmandchilikning ba’zi jihatlariga qarab belgilangan.
Хaraj aholi qaysi beklikning tasarrufida bo’lsa, o’sha beklikning ixtiyoriga tushgan. Bek buning evaziga gornizonni boqish va hukumat talabiga ko’ra urush paytida qo’shinlarning ma’lum kontingentini chiqarishga burchli bo’lgan.
Хaraj o’tovdan yig’ilgan, bir o’tovga uch botmondan besh botmongacha g’alla to’g’ri kelgan. Qo’qon xonligida xaraj yig’imiga shahar beki tayinlangan. Sarkor mudirlik qilgan. Tayinlanuvdan keyin sarkor soni yerning ishlov beriladigan maydonlari soniga qarab belgilangan, yordamchi miroblarni yollangan. Bunday maydonlarning har biriga ariq oqsoqol mudirlik qilgan.
Bahorgi ishlarning boshlanishi bilan sarkor har bir maydonga bittadan mirobdan yuborgan. Ular yoz davomida maydondagi xo’jayinlar soni va ekinlar miqdorini bilib berishga burchli bo’lganlar.
Hosil yig’im-terimining boshlanishi bilan har bir maydonga mulla yuborilib, uning kelishi bilan ariq oqsoqol, mirob va mulla xaraj ro’yxatlarini tuzganlar. Ular har bir kishining g’allasi yanchilishini qaytadan o’lchab chiqqanlar va to’lanishi lozim bo’lgan soliq miqdorini aniqlab, bu sonni ro’yxatga kiritishgan. Bodda-kotib ro’yxatni aholi va ariq-oqsoqollardan so’rab surishtirish orqali tekshirgan. So’ngra tasdiqlash uchun bekka taqdim etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |