7. «DAVRA SUHBATI» metodi
Davra suhbati- o‘quvchilar o‘rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o‘z fikr-
mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.
«Davra suhbati» metodi qo‘llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak.
Bu har bir o‘quvchining bir-biri bilan «ko‘z aloqasi»ni o‘rnatib turishiga yordam beradi. Davra
suhbatining og‘zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og‘zaki davra suhbatida o‘qituvchi mavzuni
boshlab beradi va o‘quvchilardan ushbu mavzu bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishlarini
so‘raydi va aylana bo‘ylab har bir o‘quvchi o‘z fikr-mulohazalarini og‘zaki bayon etadilar.
So‘zlayotgan o‘quvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo‘lsa, barcha
fikr-mulohazalar tinglanib bo‘lingandan so‘ng muhokama qilinadi. Bu esa o‘quvchilarning
mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
YOzma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o‘quvchiga
konvert qog‘ozi beriladi. Har bir o‘quvchi konvert ustiga ma’lum bir mavzu bo‘yicha
o‘z savolini beradi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi. Konvertni olgan o‘quvchi o‘z
javobini qog‘ozga yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi. Barcha
konvertlar aylana bo‘ylab harakatlanadi. YAkuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil
qilinadi.
Davra suhbati metodining afzalliklari:
• o‘tilgan materialni yaxshi esda qolishiga yordam beradi;
• barcha o‘quvchilar o‘zaro muloqotda bo‘ladilar;
• har bir o‘quvchi o‘zining ishtirok etish mas’uliyatini his etadi;
• o‘z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
Davra suhbati metodining kamchiliklari:
• ko‘p vaqt talab etiladi;
• o‘qituvchining o‘zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi;
• o‘quvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.
Davra suhbati metodini olib borish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.
2. O‘qituvchi o‘quvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
3. Aylana stol bo‘ylab konvertlarning harakatlanishini sxema orqali ko‘rsatib beradi va javoblar
yozish uchun ajratilgan vaqtni belgilab beradi.
4. O‘quvchi konvert ustiga savolini yozadi va yonidagi o‘quvchiga uzatadi.
5. Konvertni olgan o‘quvchi qog‘ozga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi
o‘quvchiga uzatadi.
6. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
Ushbu metod orqali o‘quvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini qisqa va
aniq ifoda eta oladilar.
Tayanch iboralar
Pedagogika, texnologiya, pedagogik texnologiya, o‘quv jarayoni, metod, an’anaviy,
noan’anaviy, an’anaviy pedagogik texnologiya, noan’anaviy pedagogik texnologiya, hamkorlik,
modellashtirish, tadqiqot (loyiha), aqliy hujum, davra suhbati
Nazorat uchun savollar
1. Pedagogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi nimada
deb o‘ylaysiz?
2. PEDAGOGIK texnologiyasining predmetini ayting
3. Texnologiyasi va tizim tushunchalarini bilasizmi?
4. «Pedagogik texnologiya» nazariyasininig shakllanish bosqichlarini ayting
5. Pedagogik texnologiyasi elementlarini ayting
6. An’anaviy pedagogik texnologiyani bilasizmi
7. Noan’anaviy pedagogik texnologiyani bilasizmi
8. Faol o‘qitish metodlarini tanlashni bilasizmi
9. «Aqliy hujum» metodini ayting
10. «Davra suhbati» metodini ayting
Asosiy adabiyotlar
1. Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1997.
2. Ataeva N. va boshqalar. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va
texnologiya, 2011 yil.
3. Rashidov H.F. va boshqalar. “Kasbiy pedagogika” blokini o‘qitish metodikasi.
/O‘quv-uslubiy qo‘llanma (Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari uchun). –T.:
O‘MKHTTKMO va UQTI, 2007. – 200 b.
4. Sarsenbaeva R.M., Doniev B.B. Umumiy pedagogika. /O‘quv-uslubiy qo‘llanma.
Samarqand: SDCHTI, 2008. – 80 b.
5. Mavlonova R., To‘raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
6. Yo‘ldoshev J., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: Iqtisod-
moliya, 2009. – 608 bet.
www.bilimdon.uz. – O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus pedagogik
vazirligining veb sayti.
www.tgeu.uz – TDIU veb sayti.
5-mavzu: PEDAGOGIK MULOQOT
REJA:
1. Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida
2. Muloqot yohud muomala madaniyati haqida tushuncha
3. Tarbiyalanuvchilarda shaxslararo insonparvar-axloqiy muloqotni tarbiyalash
4. O‘qituvchi-pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati
5. Pedagogik muomala testi
6. Pedagogik muloqot – bo‘lajak yuksak malakali mutaxassis shaxsini shakllantirish sharti
sifatida
1. Muloqot – pedagogik tarbiya vositasi sifatida. Muloqot (arabcha so‘z bo‘lib- “uchrashish,
ko‘rishish; qabul qilish ma’nosini anglatadi”) insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar va fikr almashuv
1
shaklining bir turi .
SHunday ekan, inson muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar,
axloqiy me’yorlar, g‘oya va mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va barkamol shaxs sifatida
shakllanadi va rivojlanadi. Tarixiy tajriba va amaliy faoliyat shundan dalolat beradiki, insonni jamiyatdan
va shaxslararo bo‘ladigan o‘zaro muloqotidan ajratib qo‘yish uning shaxs sifatida shakllanishiga imkon
beradigan ijtimoiy sifat, xususiyat hamda fazilatlardan mahrum bo‘lishiga olib keladi. CHunki muloqot
inson amaliy faoliyatining moddiy-ma’naviy shakllarini hamda uning ehtiyojlarini aks ettiradi. “Hech
kimga sir emaski, deb yozgan edi polyak psixologi E.Meliburd,- shaxslararo munosabat biz uchun nafas
olayotgan havodek zarurdir”.
Bu xususda fransuz yozuvchisi Antuan de –Sent Ekzyuperining “YAgona haqiqiy boylik bu
insonlar orasidagi munosabat va muloqot boyligidir” degan fikrlari diqqatga sazovordir.
SHu o‘rinda tarixga bir nazar solib, buyuk yunon mutafakkiri Aristotel (Arastu)ning muloqot
madaniyatiga doir ibratli sifatlarini esga olsak yomon bo‘lmaydi. U Afinada maktab- Likey tashkil etib,
bu maktabni 13 yil boshqargan.
Aristotelning maktabi Likeydagi ta’lim uslubi va o‘quv texnologiyasi haqida fikr yuritadigan
bo‘lsak, ta’lim jarayonida ko‘p sonli tinglovchilar orasida o‘zaro tenglik, bahs-munozara, erkin fikr, o‘zaro
hurmat hukm surgan. YA’ni muloqot madaniyati, muomala madaniyati, bahs-munozara yuritish
madaniyati, muzokara madaniyati, nihoyatda kuchli, nafis, ehtirosli bo‘lganligidan darak beradi.
SHu ma’noda muloqot va muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyatidir. CHunki
nutq va unda ifodalangan so‘z ohangi kishiga ta’sir etuvchi qudratli psixologik (ruhiy) kuchga ega, u
nafaqat so‘zning mazmuni, balki so‘zlovchining aytayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham uning
ta’sir darajasi va qudrati yanada ortishi mumkin. Masalan “Salom” so‘zining turli ohangda ifodalanishining
10 dan ziyod shakli, ya’ni ma’nosi bor:
1. Salom! – “Keling” degan ma’noda.
2. Salom! – “Xo‘sh, xizmat” degan ma’noda.
3. Salom! – “YAna keldingmi?” degan ma’noda.
4. Salo-o-m! – “Juda vaqtida kelding” degan ma’noda.
5. Salom?! – “Men sizni tanimayapman” degan ma’noda.
6. Salom!!! – “Gap tamom” degan ma’noda.
7. Salom! – “Ha, ishing tushdimi!” degan ma’noda.
8. Salom! – “Bir pas kutib turing” degan ma’noda.
9. Salom! – “Vaqtim yo‘q, ketaver!” degan ma’noda.
10. Salom! – “Mana ishim bitdi, gapir endi” degan ma’noda va hokazolar.
SHuningdek, “Ha” so‘zini ifodalashning 50 dan ortiq shakli bor bo‘lsa, “yo‘q” so‘zini aytishning
ham xuddi shunday ohangdagi ma’nosi mavjud, ammo bir, ya’ni bu so‘zni yozishning faqat bir uslubi
1
bor” .
Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik qochirim yashiringan. Zotan,
kishilar muloqotining asosida so‘z-fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir kishining saviyasi,
ma’naviy dunyosi hamda madaniyatiga bog‘liq. Falsafa, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarda
keng qo‘llaniladigan miqdor, sifat, me’yor tushunchalari insoniy muloqot madaniyati uchun ham to‘la
muofiq keladi, binobarin , muomalada ham me’yorni bilish zarur.
Muhimi shundaki, muloqot jarayonida kishilar o‘rtasida fikriy mushtaraklik, o‘zaro ta’sir
hamda axborot almashinuvi yuzaga kelishi bilan birga, ular ijtimoiy ma’noda bir-biriga tarbiyaviy
11 Ўзбек тилининг изо?ли лу?ати. 2-том, Москва, «Рус тили» нашриёти, 1981,
636-бет.
11 М.Назаров. Муло?от маданияти ?а?ида. «Муло?от», 2000 йил 6-сон, 23-бет.
ta’sir ham o‘tkazadilar. Lekin inson tabiatining shunday murakkb qirralari borki, uni mukammal bilish va
o‘zlashtirib olish mumkin emas. Buyuk mutafakkir Ahmad Donish ta’biri bilan aytganda. Olamdagi jonli
narsalarda hayvoniy va shaytoniy sifatlar bor. Bu quvvatlar birlashtirilib «hosil bo‘lgan hamirdan bir jonli
narsa yaratilib, uning otini inson deb aytganlar, haqiqatdan, – deb davom etadi mutafakkir- inson ulug‘
1
olamdir» . Insonning fazilatlari hamda nuqsoni haqida u shunday yozadi: «Agar sen tafakkur daryosiga
cho‘msang, etti osmonni xayoling qutichasiga joylaysan: agar qahri g‘azabing kelsa, yo‘lbarsni
mushukdek ham ko‘rmaysan, agar mehribonliging tutar ekan, bechora chumolini kipriging ustida
saqlaysan; agar sahiyliging jilva qilsa, kiygan to‘ningni muhtojga berib, o‘zing yalang‘och qolasan; agar
2
baxilliging tutsa, qumursqa og‘zidagi donni talashasan» .
2. Muloqot yohud muomala madaniyati haqida tushuncha. Muomala madaniyati. Kundalik
faoliyatimizda kishilar bilan bo‘lgan muloqot, suhbat hamda muzokaralarda haqiqatni anglatadiga yagona
tushuncha bu mantiqiylik deb hisoblanib, barcha xatti-harakatlarimizni mantiqiylik va mantiqsizlik degan
tushuncha bilan baholashga o‘rganib qolgan edik.
SHu o‘rinda ibratli bir rivoyatni eslash o‘rinli: «Iskandardan so‘rabdilar: «Ozgina sarmoya va oz
sonli askar bilan bunday ko‘p mamlakatni qanday hislat bilan qo‘lga kiritding?» Iskandar: «Lutf va
yumshoq muomala bilan dushmanlarni qo‘lga kiritim. Ahd-paymon yo‘li bilan do‘stlarni yo‘lga soldim,
shu jihatdan ko‘p mamlakatni egalladim», deb javob berdi.
Mustaqillik davriga kelib esa pedagoglar va psixologlarning konsepsiyasi asosida muloqot
madaniyaining o‘ziga xos tomoniga daxldor bu tasavvurlar o‘zgarib ketdi. Ularning ko‘rsatishicha,
insonning xulq madaniyati ikki kuch-tafakkur va hissiyot, aql va qalb o‘rtasidagi musobaqa natijasi emas,
balki, bu ikki kuchning qo‘shilishi hamda unga ta’sir qiluvchi tajriba (jismoniy va madaniy) muhit kabi
ko‘plab omillar asosida shakllanadi.
Zero, kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirinsuxanlik, go‘zallik, so‘zlashuv
ohangidagi muloyimlik “Muosharat odobi” deyiladi. Mushorat odobi, ya’ni ilk muomala madaniyati
bolaning go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllanadi. SHu bois ham xalqimiz “Qush uyasida
ko‘rganini qiladi” deb bejiz aytmagan. Bola ta’lim muassasasida, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda va
jamoada ko‘nikma hosil qilish jarayonida oilasida o‘rgangan muosharat odobining kuch-qudratida yosh
avlodda muosharat odobini, ya’ni muomala madaniyatini shakllantirishda o‘qituvchi-pedagogning o‘zi
xushmuomalaligini namoish etib, o‘quvchi-talabalar qalbiga va yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan
hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.
Muomala va munosabatda o‘quvchi-talabalar qalbiga yo‘l topaolgan, xushfe’l, shirinsuxan,
adolatparvar, muomalasi yaxshi, tili shirin o‘qituvchi-pedagog va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadi va
hurmat-e’tibor qilishadi, ulardan ibrat ham olishadi.
SHunday ekan, insonning tili shirin, muomala madaniyati yuksak ega bo‘lsa u qisqa vaqt ichida
xalq orasida katta obro‘-e’tibor topadi.
1-rasm
МУОМАЛА МАДАНИЯТИ
амкорлик фаолиятининг этиёжидан вужудга келиб чиувчи, шахслараро??
мулоот ривожланишининг кўп иррали жараёнидир. Муомала маданияти уйидаги? ? ?
таркибий исмлардан ташкил топади:?
11 А?мад Дониш. Наводирул ва?ое. – Т.: «Фан», 1964, 325-бет.
22 Ўша жойда, 325-326-бетлар.
Бир томонлама ахборот узатиш
Муомала ўз ичига амкорлик фолиятининг атнашчилари билан?
Коммуникатив
ўзаро ахборот алмашинувни амраб олган бўлиб, коммуникатив?
жаба сифатида тавсифланиши мумкин. Шахслар бир-бирлари
билан мулоотга киришиши? жараёнида муомаланинг муим
воситаларидан бири тилга ва нут фаолиятига бевосита? мурожаат
иладилар.?
Икки томонлама ахборот узатиш
Интерактив
Мулоотга киришувчиларни ўзаро таъсири, уларнинг нут? ?
фаолиятида нафаат сўз орали фикр алмашинуви, балки хатти-? ?
аракат ва хул-атвори билан ўзаро таъсир ўтказиши? тушунилади
Ўзаро бир-бирини идрок илиши, англаши?
Мулоотга киришувчилар ўзаро бир-бирларини идрок илиш? ?
Перцептив
жараёни намоён бўлади, яъни улардан бири иккинчисининг
ишончига лойи, али, фаросатли, тажрибали, юксак? ?
тайёргарликка эга инсон сифатида идрок илинади.?
Darhaqiqat,
o‘qituvchi-pedagog va
tarbiyachilarning muomala madaniyati, aql-zakovati, fikri, his-tuyg‘ulari, bilimi va madaniy saviyasi,
tafakkuri ma’lum darajada so‘zda ifoda etiladi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor
oladi. SHunday ekan o‘qituvchi-pedagog va murabbiylar o‘z so‘ziga, tiliga nihoyatda ehtiyot bo‘lmog‘i
lozim. Eng avvalo, o‘quvchi-talabalarga muomala madaniyatini, yoshi kattalar oldida o‘zini tuta bilishini,
ularning gapini bo‘lmaslik va yoshi ulug‘larga gap qaytarmaslikni o‘rgatishi zarur.
SHunday qilib, bizning kelajagimiz bo‘lgan yoshlarning butun ichki dunyosini, maqsadini,
muomala va so‘zlashuv munosabatlari nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. SHu
bois o‘quvchi-talabalar fe’l-atvorini o‘zgartirish, ularni bir-biriga, qolaversa insonlarga mehru-muruvvatli
bo‘lishga o‘rgatish diniy aqidaparastlik, jaholat tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni
insonparvarlashtirish eng muhim dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Aslida bu vazifa inson va jamiyat
paydo bo‘lgandan buyon kun tartibida turgan bo‘lib, hali-hanuz muloqot va muomala madaniyatini
takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Atoqli adib Bernard SHou
so‘zlari bilan aytganda: “Biz hozir havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o‘rganib olgan
bo‘lsak-da, bizga bir narsa, erda insondek yashashni o‘rganib olish etishmaydi”.
SHunga ko‘ra, muloqot va muomala madaniyatiga bo‘lgan ehtiyojni oqilona anglab olish muhim
ahamiyatga ega. Zero, pedagogik muloqot va muomala madaniyati asosida erishiladigan yutuqlar
o‘qituvchi-pedagogning ijodiy mehnati mahsulidir. Xullas, o‘qituvchi-pedagog har bir vaziyatni oqilona
baholashi, uni to‘g‘ri rejalashtirishi, ta’lim va tarbiya jarayonlarida aql-idrok bilan muloqot va muomala
madaniyatini tashkil etishi lozim.
3. Tarbiyalanuvchilarda shaxslararo insonparvar-axloqiy muloqotni tarbiyalash
Muloqot –- bu bir vaqtda boshqa insonlar bilan harakatlar, fikrlar, sezgilar, hayajonlar almashish
1
hamda insonning o‘z qalbiga, xotiralariga, vijdoniga, orzulariga murojaat etishidir .
Muloqot – ijtimoiy-faol, individual-ijodiy, amaliy-predmetli faoliyatdir. Muloqotda asosiysi-
birdamlik, do‘stonalik, bag‘rikenglik, fidokorlik hisoblanadi.
Muloqot – bu «SHaxsning eng yaxshi tomonlarini aniqlash va ochib berishga yordam beruvchi
ijodkorlik shaklidir. U boshqa insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, insoniyat tomonidan ishlab
2
chiqilgan axloq, odatlarning oddiy qoidalariga amal qilishga asoslanishini» esda saqlash zarur.
Muloqotning nazariy asoslarini L.S.Vыgotskiy, V.N.Leontev, M.G.Davletshin, E.G‘oziev,
11 Словарь по этики. Под. Ред И.С.Кона. – Москва; «Политика», 1983, с228.
SH.K.Mardonovlar o‘rganganlar, ushbu tushunchaning faoliyatdagi mantiqiy-metodologik izohlarini ishlab
chiqqanlar.
Amerikalik olimlar madaniyatlararo muloqotlar imkoniyatlarini o‘rganishgan. Bu tadqiqotlar biz
uchun ma’lum ahamiyatga ega bo‘lib, ayniqsa, turli yoshdagi, ijtimoiy va etnik guruh vakillarining
birgalikdagi faoliyatlari, o‘zaro aloqalari hamda muloqotlarini ko‘zda tutuvchi kommunikativ vaziyatlarda
idrok etish tuzilmalarining shakllanishi hamda rivojlanishi muammosi qiziqarlidir.
SHuningdek, L.A.Radzixovskiy, A.V.Brushlinskiy, A.N.Xaritonov va boshqa olimlar muloqotda
(so‘zlashuv)ning o‘rni muhimligini alohida ko‘rsatib berganlar. Ular fikrlashning rivojlanishini
o‘qitishning faol dialogik metodlari, idrok etish va ijtimoiy rivojlanishini boshqarish orqali o‘rganganlar.
SHaxslararo muloqot funksiyalarini amalga oshirish-muloqot sub’ektining ma’naviy axloqiy
ko‘rsatmalari, shuningdek, insonparvarlik, emotsional-ijobiy, shaxsiy yondashuv, individuallik va o‘ziga
xoslik kabi yo‘nalishlari bilan belgilanadi.
Muloqot funksiyasi faqat muloqot sub’ektlarining ma’naviy-axloqiy yo‘nalishigina emas, balki
ko‘p jihatdan, uning insonparvar-axloqiy mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Muloqotning shakli, lahzali,
tasodifiy, tematik rejalashtirilgan – bayon etish, axborot, xabar, suhbat, suhbatlashish, gaplashish,
munozara kabilardan iborat. E’tibor berish, qiziqish, ma’qullash, hamdardlik, istiqbolni ko‘ra bilish
yordamida ta’sir ko‘rsatish, tushunilgan va anglab etilgan motivatsiya asosidagi faoliyat kabilar muloqot
turiga kirib, masalani hal etishga yo‘naltirish, emotsional muhit yaratish, rag‘batlantirish, yo‘naltirish bilan
hamkorlikdagi harakatlar yakunini yasashga yo‘naltirish, shuningdek, muloqotning samaraliligi, uning
mavzusiga ijobiy motivatsiyasi, e’tibori, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Motivatsiya muloqot jarayonining
boshqaruvchisi sifatida ma’no, onglilik, ishonch va qat’iylikni talab qiladi.
Muloqotning ma’noli jihatlariga uning maqsad hamda umumiylikka erishishda o‘z
individualligini ko‘rsatishi, shuningdek, muloqotning turli funksiyalaridan foydalanish – qo‘zg‘atuvchi,
ekspressiv, tashkiliy, informativ, emotsiyali, dalilga asoslanganligi va boshqalarni kiritish mumkin.
SHaxslararo yuzma-yuz muloqotlarda individning potensial-shaxsiy, kasbiy-ehtiyojli hamda amaliy-idrok
etish jaraeni sodir bo‘ladi.
“Muloqot va faoliyat” tushunchasiga ijtimoiy faollikning o‘ziga xos shakli va ayni bir vaqtda
individual mustaqillik sifatida qaraladi. Bu erda muammoni qo‘yish, uning maqsadi, vazifasi, masalalari,
muloqot vaziyat-sharoit, muhit omillari, elementlari, muloqot sub’ektiga talab (bir so‘z bilan aytganda, bu
faoliyat sub’ekti bilan shaxslararo muloqotni modellashtirish) muhim hisoblanadi. Bu jarayonda boshqa
insonning qadr-qimmatini hurmat qilish, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan odob, axloq, etiket
bo‘yicha oddiy qoidalarga amal qilish zarur. SHu bilan birga, emotsional-ijobiy omil, simpatiya, empatiya
muhim o‘rin tutadi. So‘z, nutq, hikoya qilib berish, xabardor qilish, gapirish, suhbatni olib borishni bilish
(sherigiga e’tibor, diqqat, tushunish va hurmat bilan qarash, so‘zsiz-emotsional tipdan mohirona
foydalanish) muhim ahamiyatga ega. Muloqot, albatta, ma’naviy, insonparvarlik hamda yuksak odoblilik
darajasida bo‘lishi kerak, asosiysi-shaxslararo muloqotda o‘zini suhbatdoshi o‘rniga qo‘yishni bilishi zarur.
SHaxslararo muloqot-o‘zaro aloqali, o‘zaro bir-birini tushunish, idrok etish, axborot almashish,
o‘rgatish, rivojlantirish, tarbiyalash, o‘zini namoyon etish, o‘zini dolzarblashtirish, o‘zini tasdiqlash,
ijtimoiy o‘zaro aloqalar orqali ta’sir ko‘rsatish xususiyatlariga ega.
Insonparvarlik (lotincha humfnis-insoniylik) –inson o‘z huquqlari va qadr-qimmati, shaxs
sifatidagi qimmatini hurmat qilishni ifoda etuvchi qarashlar to‘plami, uning farovonligi, har tomonlama
rivojlanishi, hayoti uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlikdir.
Insonparvarlik-insonning oliy qadriyat sifatida e’tirof etilishiga asoslangan qarashlar to‘plamidir.
SHaxslararo muloqotni insonparvarlashtirish jihati suhbatdosh-larning intellektual ma’naviy
imkoniyatlarini faollashtirish va shaxsiy-ijtimoiy o‘zligini amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Mana shunday
muloqotda o‘quvchi-talabalar shaxsi shakllantiriladi, chunki bu jarayonda ularning ichki imkoniyatlari,
shaxsiy insonparvarligi to‘la namoen etiladi. Bu erda bo‘lajak mutaxassislarni shaxs, inson va insoniylik
sifatlari to‘g‘risidagi bilimlari va muloqot madaniyati namoyon bo‘ladi.
Insonparvarlik asosidagi muloqot – bo‘lajak mutaxassislar uchun shaxsiy, ijtimoiy, hayotiy va
kasbiy faoliyatlarining turli sohalarida insonparvarlik g‘oyalari va qadriyatlarini amalga oshirishning
muhim shart-sharoitlari hisoblanadi. Bu davlat ta’lim siyosati hamda “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning asosiy qoidalariga mos keladi.
Muloqotning insonparvarlik jihatlari ma’naviy-amaliy asosga –axloqiylikka asoslanadi. Inson
ijtimoiy hayoti jarayonida ishlab chiqilgan (avlodlar hayotiy tajribalari asosida) va axloqiy kategoriyalarda
aks ettirilgan g‘oyalar, ideallar, qoidalar – me’yoriy axloqiylikka asoslanadi.
SHaxslararo muloqotni insonparvarlashtirish quyidagi qoidalarga asoslanadi:
- muloqotda asosiysi-insondir;
22 Ўша жойда, 228-бет.
- muloqotda asosiysi-insonparvarlarcha muloqotda bo‘lish – do‘s-tonalilik, samimiylik, inoqlik,
totuvlikdir.
Ushbu muloqotda suhbatdosh o‘zini ob’ekt sifatida emas, balki muloqotda teng ishtirokchi
sifatida his etadigan yo‘l, vosita, metod hamda shakllarini topishi zarur.
SHunday qilib, muloqot jarayoni erkin, tabiiy, qiziqarli, bir-birini boyituvchi, bir-biriga ta’sir
ko‘rsatuvchi, o‘zini namoyon etuvchi bo‘lishi kerak. Quyidagilar insonparvarlik asosiga quriladi:
suhbatdoshi (sherigi) shaxsiga e’tibor, do‘stona suhbat, muloqot sharoitlariga mos, suhbatning ritorik
jihati ko‘zda tutiladi. Suhbatlashuvchi odob, axloq, ma’naviy sifatlarini namoyon etadi, suhbatdoshida
kerakli sezgilarni uyg‘otib, istalgan fikr va mulohazalarni yuzaga keltiradi. SHerigiga maqsadli ta’sir
ko‘rsatish uchun muloqot sub’ekt-ob’ekt xususiyatida, insonparvarlashtirilgan mazmunda mahsuldor-ijodiy
asosda amalga oshiriladi. Muloqotda insorparvarlik – bu suhbatdoshiga o‘zaro aloqa ob’ekti sifati emas,
balki o‘zini namoyon etuvchi ob’ekt sifatida qarashdir.
4. O‘qituvchi-pedagoglarning tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muomala madaniyati
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodning aql-idrokini o‘stirish, ilmu ma’rifat ziyosidan
bahramand qilish uchun o‘qituvchi-pedagogning bilim saviyasi, kasbiy mahorati va muomala madaniyat
yuksak bo‘lishi hayotiy ehtiyojdir.
Ayniqsa, pedagog-ustoz bo‘lish uchun pedagogik faoliyatda tarbiyalanuvchilarga pedagogik
Do'stlaringiz bilan baham: |