Солиқ академияси



Download 1,48 Mb.
bet13/35
Sana28.06.2017
Hajmi1,48 Mb.
#18797
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35

rasmiy pedagogik hujjat-davlat ta’lim standarti hisoblanadi. Demak davlat ta’lim standartlari

nazorat vositasi, ayni vaqtda ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish

uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining

ko‘rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan talabaga

singdirilishi lozim bo‘lgan sifatlarning jahon bo‘yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib

chiqadi.

Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko‘rsatish mumkin.

5. Talabalarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumlarini belgilash.

6. Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga quyiladigan talablar majmuasini belgilash,

bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal miqdorini belgilash.

1999 yil 16 avgust Vazirlar Mahkamasi o‘zining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim

standartlarini tasdiqlash to‘g‘risdia”gi 390-sonli qarori bilan sinovdan o‘tkazilgan va

takomillashtirilgan umumiy o‘rta ta’limning davlat standartlarini tasdiqladi. Mazkur standartlar

asosida yaratilgan va tajriba sinov asosida takomillashtirilgan yangi o‘quv dasturlari Xalq ta’limi

vazirligi hay’at majlisining 1999 yil 18 avgustdagi 13-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Davlat ta’lim

standartlari yangi o‘quv dasturlari bilan birgalikda 1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta

ta’lim o‘quv muassasasilarida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonini qonun va qoidalarini o‘rganuvchi pedagogikaning

asosiy qismlaridan biri. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va

tajribani yosh avlodga etkazish, yoshlarni bilimlar bilan qurollantirish, kerakli malakalar va

ko‘nikmalarni xosil qilish. Talabalarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatini va iste’dodlarini

ochish hamda rivojlantirish, ularni ma’naviy etuk va tarbiyali shaxs sifatida shakllanishini

ta’minlashdir.

Tayanch iboralar:

Didaktika, ta’lim, o‘qish, o‘qitish, mustaqil, kuzatish, tushuntirish, metod, induktiv,

produktiv, evristik, tamoyil, ko‘rgazmali, fanlalararo bog‘liqlik, hayot bilan bog‘liqlik, o‘z ustida

ishlash, uzluksiz ta’lim

Nazorat savollari

1. Ta’limning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

2. Ta’limning qanday xususiyatlarini bilasiz?

3. Didaktikaning asosiy tushunchalarini sanab bering?

4. Ta’lim va tarbiya tamoyillarini aytib bering?

5. Mustaqil O‘zbekistonda ta’limni isloh qilishning qanday asosiy yo‘nalishlarini bilasiz?

6. Ta’lim va tarbiya tamoyillarini izohlang.

7. Ta’lim va tarbiyaning birligi deganda nimani tushunasiz?

8. Ta’lim-tarbiya metodlarini izohlab bering?.

9. Darsning samaradorligi qanday omillarga bog‘liq?

10. Dasturlashtirilgan ta’limga izoh bering.

11. Bilim olish darajalarini izohlang.

12.Tarbiya metodlariga misol keltirig?

13.Ishonch bildirish metodi deganda nimani tushunasiz?

14.Siz qaysi metoddan ko‘proq foydalangan bo‘lar edingiz, misol keltiring?

Asosiy adabiyotlar

1. ”O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risi”dagi qonuni Toshkent. 1997 yil.
2. Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi (darslik). –T.: Fan va texnologiya,

2008. –288 b.

3. Ochilova G.O., Musaxanova G.O. “Pedagogika” Toshkent. TDIU, 2005 yil.

4. Sarsenbaeva R.M., Doniev B.B. Umumiy pedagogika. /O‘quv-uslubiy qo‘llanma.

Samarqand: SDCHTI, 2008. – 80 b.

5. Psixologiya i pedagogika. Pod.red. A.A.Radugina. Moskva 2003.

6. Podlasыy I. P. Pedagogika. Moskva ,2003.

7. Xo‘jaev N. va boshqalar. “Pedagogika asoslari”. Toshkent.,TDIU 2003.

8. www.bilimdon.uz. – O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining

veb sayti.

9. www.tgeu.uz – TDIU veb sayti.

10. www.tatu.uz – TATU veb sayti.

11. www.de.uz – Masofaviy ta’lim tizimiga bag‘ishlangan veb sayt

12. www.inter – pedagogika.ru.

13. www. search.re.uz – O‘zbekistonning axborotlarini izlab topish tizimi.

4-Mavzu: PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Reja:

1. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi



2. Pedagogik texnologiya predmeti

3. Texnologiya va tizim tushunchalari

4. Pedagogik texnologiya nazariyasininig shakllanish bosqichlari

5. Faol o‘qitish metodlarini tanlash. An’anaviy va noan’anaviy metodlar

6. “Aqliy hujum” metodi

7. “Davra suhbati” metodi

1. Pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etishning dolzarbligi

O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs

manfaati va ta’lim ustvorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi

tufayli ta’limning yangi modeli yaratildi.

Mamlakatimiz prezidenti I. Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan

ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yuz beradigan o‘zgarishlar ro‘y-rost oldindan ko‘rsatib berildi.

Jumladan:

Ijtimoiy-iqtisodiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit

butunlay o‘zgaradi;

Insonnn hayotda o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi;

Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;

Jamiyatimizning potensial kuchlarini ruyobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;

Fuqarolik jamiyati qurishni ta’minlaydi.

YUqorida keltirilgan fikrlarni amalga oshirishni ta’minlash mAqsadida hukumatimiz

tomonidan qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik

texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p kara takrorlanadi.

Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy

hujjatlarda «YAngi pedagogik texnologiya», «Ilg‘or pedagogik texnologiya», «Progressiv


pedagogik texnologiya» «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo‘llanilmoqda. Ammo

«Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda

izohlanganicha yo‘q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun

iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko‘pgina tariflari mavjud.

Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda

O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va

ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarni

ta’lim jarayoniga tadbiq etishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:

? aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or

pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

? an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli

«axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining

tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi.

Pedagogik texnologiyasi yuqorida sanab o‘tilgan shartlarni barcha talablariga javob

beradigan pedagogikiy tadbirdir.

Pedagogikni texnologiyalashtirishning asosini, pedagogik jarayonini, uning

samaradorligini oshirish va pedagogik oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida

loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish

g‘oyasi tashkil etadi.

Bunday yondoshishning mohiyati, pedagogik jarayonini tizimlashtirishdan - uni,

aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo‘yicha aniq elementlarga bo‘lib tashlash yordamida

maksimal shakllashtirishdan iborat.

2. Pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konseptual asoslariga dalil

keltirishdan, maqsadlarni qo‘yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o‘quv materialini tanlash va

strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning

muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi.

Pedagogika fani va amaliyotida, «pedagogik texnologiya», «pedagogik texnologiyasi»,

«o‘qitish texnologiyasi» kabi atamalardan keng foydalanilmoqda.

7. Texnologiyasi va tizim tushunchalari

Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z texnikaviy taraqqiyot

bilan bog‘liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan – «texnos» (techne)-

mahorat, san’at va «logos» (logos) – fan, pedagogikot so‘zlaridan tashkil topgan. Bu ifoda

zamonaviy texnologiya jarayonini to‘liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim

zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni

ko‘zda tutadi.

8. «Pedagogik texnologiya» nazariyasininig shakllanish bosqichlari

NBosqichlar Yillar Pedagogik texnologiya

1. I- bosqich XX asrning 30 TT Pedagogik texnika-o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va

yillari samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va

vositalar yig‘indisidir.

2. II- bosqich XX asrning 50 TT PTQpedagogik jarayonida texnik vositalarni

yillari qo‘llash, ularning imkoniyatlarini takomillashtirish,

axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish

xizmatini sifatli tashkil etish, o‘quvchi faoliyatini

individuallashtirish

3. III- bosqich XX asrning 60-80 TT Pt TV dasturiy pedagogik. Dasturiy pedagogik-

yillari tarbiya maqsadlarini aniqlanishi, pedagogik

jarayonini umumiy loyihalash, o‘quvchilar tomonidan

nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi ehtimolini

oldindan tashxislash, pedagogik maqsadining

natijalanganligini o‘rganish, faoliyat natijalarini tahlil

etish


4. IV-bosqich Mustaqillik yillari Pedagogikni texnologiyalashtirishning asosini,

pedagogik jarayonini, uning samaradorligini oshirish


va pedagogik oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va

ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv

natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq

boshqarish g‘oyasi tashkil etadi

V.P.Bespalkoning o‘zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidaxmedov va A.Ochilovlarning

fikricha, pedagogik texnologiya-bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil

oluvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan

belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayonidir.

O‘zbekistonlik pedagog olim B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif

beradi: «Pedagogik texnologiya- pedagogik jarayoniga yangicha yondoshuv bo‘lib, pedagogikada

ijtimoiy-muhandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning

texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan

bog‘liq ijtimoiy hodisadir».

Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiyaga berilgan boshqa ta’riflar ham

keltiriladi, bizningcha, eng maqbuli YUNESKO ta’rifidir.

«Pedagogik texnologiya – o‘z oldiga pedagogik shakllarini muqobillashtirish

vazifasini qo‘yuvchi, texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro faoliyatini hisobga

olib, pedagogik berish va tahsil olish jarayonini yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli

metodidir».

«Pedagogik texnologiyasi» – pedagogik modellarini optimallashtirish maqsadida, inson

va texnika resurslari va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni

o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash tizimidir»

Pedagogik texnologiya elementlari

Pedagogik texnologiyalari quyidagi elementlar majmuasidan tashkil topgan: pedagogik

beruvchi, pedagogik oluvchi, pedagogik maqsadi va kutilayotgan natija, pedagogik mazmuni,

pedagogik metodlari, pedagogik shakllari, pedagogik vositalari, natijalarni baholash va tahlil etish.

Ushbu elementlar ma’lum bir ketma-ketlikda joylashgan, mantiqqan o‘zaro uzviy bog‘langan va

birgalikda pedagogik-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va uni sifatini oshirishga xizmat

qiladi.

Pedagogik texnologiyalarda tahsil oluvchi shaxsi pedagogik jarayoni markaziga



qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-

sharoitlar yaratadi.

Bizga ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi

pedagogik tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model besh tarkibiy qismdan

iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz pedagogik, fan, ishlab chiqarish. Bu erda pedagogik

milliy modelining asosiy tarkibiy qismi «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha qilib aytganda

butun pedagogik tizimi, shu jumladan o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

SHuning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan pedagogik jarayoni,

o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim.

SHaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:

• Pedagogik jarayonida shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;

• har bir tahsil oluvchi qobiliyat egasi, ko‘pchilik esa iste’dod egasi hisoblanadi;

• yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar)

shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.

Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• tahsil oluvchi va pedagogik beruvchi huquqlarini tenglashtirish:

• tahsil oluvchining erkin tanlab olish huquqi;

• xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;

• o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi;

• tahsil oluvchi va pedagogik beruvchi munosabati zayli: ta’qiqlamaslik; boshqarish

emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish;

chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.


YAngi munosabatlarning asosiy mazmuni, hozirgi zamon sharoitida samarali natija

bermaydigan va noinsoniy hisoblanadigan zo‘ravonlik pedagogikasidan voz kechishdir.

Pedagogik texnologiyaning an’anaviy ta’limdan afzalligi, u pedagogik jarayonini bir

butunlikda ko‘rib, pedagogik maqsadi, kutiladigan natijalari, uning mazmuni, pedagogik

metodlari, shakllari va vositalari, hamda tahsil oluvchi va pedagogik beruvchilarning faoliyatlarini

tizimga keltirib, pedagogik bosqichlarini loyihalab, pedagogik jarayonini nazorat qilish va

pedagogik natijalarini baholash kabi elementlarini o‘zaro uzviy bog‘lab tizimga keltirib turib

uning loyihasini tuzishidadir.

Pedagogik texnologiyasining an’anaviy pedagogikdan keyingi farqi, u tahsil

oluvchilarning o‘zlariga berilgan bilimni yodlab olib aytib berishiga emas, balki pedagogik va

tarbiya jarayonining yakunida amaliy ishlarni bajarishiga yo‘naltirilganligidadir.

Pedagogik texnologiya asosan o‘z ichiga quyidagi omillarni oladi:

-pedagogikda umumiy maqsadning qo‘yilishi;

-tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o‘tish;

-nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish;

-o‘quvchilarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;

-bajariladigan o‘quv tadbirlari majmuasi (bu bosqichda o‘quvchilar bilan muloqot asosida

pedagogikga joriy tuzatishlar kiritilishi lozim); natijani baholash.

Kasb-hunar kollejlarida ma’lum o‘quv predmetining biror bo‘limini yoki mavzusini pedagogik

texnologiya asosida loyihalashtirayotganda, avvalo pedagogik mazmuniga e’tibor berilishi lozim

bo‘ladi: ushbu predmet bo‘yicha pedagogik mazmunini o‘z ichiga olgan darsliklarning va o‘quv

qo‘llanmalarning mazmuni, ma’lumotnomalar va boshqa axborot manbalari o‘quv axborotlarining

mazmuni bo‘lib xizmat qiladi.

9. Faol o‘qitish metodlarini tanlash

Jamiyatimizning har bir fuqarosi XXI asr bo‘sag‘asida turar ekanmiz, ortda qolgan yillar

qadrini baholashga va kelajak hayotining turli jabhalarini belgilab olishga urinishi tabiydir.

Jumladan, o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogiki sohasida faoliyat ko‘rsatayotganlar ham bundan

mustasno emas.

Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov pedagogik tushunchasiga milliy didaktik nuqtai

nazardan yondashib quyidagicha ta’riflaydi: «Pedagogik O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga

yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodnin barcha eng yaxshi imkoniyatlari

unda namoyon bo‘ladi, kasb-kor, mahorati uzluksiz takomillashadi., katta avlodlarning dono

tajribasi anglab olinadi. Va yosh avlodga o‘tadi».Ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun

pedagogikning yangi modelini yaratishni taqazo qiladi. Modelni amaliyotga tadbiq etish o‘quv

jarayonini texnologiyalashtirish bilan uziy bog‘liqdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «o‘quv-

tarbiyaviy jarayonini yangi pedagogik texnologiyalari balan ta’minlash» uning ikkinchi va

uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:

? An’anaviy

? Noan’anaviy

An’anaviy pedagogik texnologiya– muayyan muddatga mo‘ljallangan, pedagogik

jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, o‘qitishning an’anaviy shakli, metodi va

pedagogik vositalarining majmuidan foydalanib pedagogik-tarbiya mAqsadiga erishishdir.

Noan’anaviy pedagogik texnologiya-muayyan muddatga mo‘ljallangan, pedagogik jarayoni

markazida o‘quvchi shaxsi bo‘lib, o‘qitishning zamonaviy shakli, faol o‘qitish metodlari va

zamonaviy didaktik vositalarning majmuini pedagogik-tarbiya ishidan ko‘zlangan maqsad va

kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirishdir.

Noan’anaviy pedagogik texnologiyasi an’anaviy pedagogik texnologiyasidan farq qilib,

o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini rivojlanishiga sharoit yaratadi, mustaqil ishlashlariga

alohida e’tibor beriladi, bilish faoliyatlari izlanuvchan va ijodiy xarakterga ega bo‘ladi. Dars

tuzilmasi o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Noan’anaviy pedagogik texnologiyasini o‘z navbatida uchga bo‘linadi:

• Hamkorlikda o‘rganish

• Modellashtirish

• Tadqiqot( Loyiha)
Hamkorlikda o‘rganish - o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish, singdirish,

mustahkamlash bo‘yicha reproduktiv faoliyatini ta’minlovchi, mahorat va malakani ketma-ketlik

bo‘yicha o‘quvchining bevosita boshchiligida ishga solishni tashkil etishga asoslangan o‘qitish va

bilim olishdir. U o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga pedagogik olishini ko‘zda

tutadigan metodlardan iborat. Bularga kitob bilan ishlash, o‘quv suhbati, davra suhbati, aqliy

hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara kabi metodlarni kiritish mumkin.

Modellashtirish–real hayotda va jamiyatda yuz beradigan hodisa va jarayonlarning

ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko‘rinishini sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarning

shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga pedagogik olishini ko‘zda tutadi. Uning asosiy maqsadi

o‘quvchilarning faqat tinglashi emas, balki bilimlarni o‘zlashtirishda bevosita ishtirokini

ta’minlash orqali pedagogik jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Tadqiqot– o‘quvchilar tomonidan muammoni tushunish va echish, mustaqil bilim olishni

kuchaytiradigan va shunga undaydigan usullar yig‘indisidan iboratdir. Tadqiqotning maqsadi dars

jarayonida o‘quvchilarda savol qo‘yish va ularga javob izlashida qiziqishini uyg‘otishga

qaratilgandir. Unda o‘qitish o‘quvchilarni amaliy izlanish jarayonida bevosita qatnashishini

ta’minlaydi. Bularga muammoli vaziyat, loyihalash metodi, mustaqil izlanish, yo‘naltiruvchi

matn kabi metodlar kiradi

Quyida pedagogik texnologiyalarga oid ayrim metodlarga to‘xtalib o‘tamiz.

10. «AQLIY HUJUM» metodi

Aqliy hujum -g‘oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy hujum»

metodi biror muammoni echishda o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni

to‘plab, ular orqali ma’lum bir echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum

metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan

savolga o‘quvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. O‘quvchilar o‘z javoblarini aniq va

qisqa tarzda bayon etadilar. YOzma shaklida esa berilgan savolga o‘quvchilar o‘z javoblarini

qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar

yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy hujum»

metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati

mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart

fikrlashga o‘rgatadi.

Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o‘quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi,

shu jumladan o‘quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi.

O‘quvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy

va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o‘quvchilarda

turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

uchun xizmat qiladi.

«Aqliy hujum» metodining tarkibiy tuzilmasi

Муаммоли савол берилади

Фикр ва ?оялар билдирилади

Фикр ва ?оялар тыпланади

«Aqliy hujum» metodining bosqichlari:

«Aqliy hujum» metodi o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

Ани ва тў?ри жавоб танлаб

Фикр ва ?оялар гурущланади

олинади
1. O‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning

mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –

yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.

3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning

mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

«Aqliy hujum» metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2. Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.

3. Bildirilgan fikr-g‘oyalarni to‘ldirish va yanada kengaytirish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining afzallik tomonlari:

• natijalar baholanmasligi o‘quvchilarni turli fikr-

g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;

• o‘quvchilarning barchasi ishtirok etadi;

• fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;

• o‘quvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib

ko‘rish imkoniyati mavjud;

• o‘quvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otish mumkin.

«Aqliy hujum» metodining kamchilik tomonlari:

• o‘qituvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya

olmaslik;

• o‘qituvchidan yuqori darajada eshitish

qobiliyatining talab

etilishi.

1. O‘quvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr,

mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;

2. O‘quvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. O‘quvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki

doskaga) to‘planadi;

4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;

5. YUqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish