106
vositasiga olib yurish davomida suv tegmasligi va nam tortmagi so’raladi. Yurak
ish faoliyatini sutka davomida bunday kuzatish jarayonlari birinchi marta 1961
yilda qo’llanilgan bo’lib, amerikalik-ixtirochi
olim Norman Djenifer Holter
sharafiga Xolter kuzatishlari deb ataladi.
Nima uchun Holter kuzatishlari kerak degan savol tug’iladi. Odatda, yurak
qon-tomir kasalliklari bo’lgan bemorlarda vrachga bormagan xolatlarda
kasallikning har xil muammolari yuzaga kelishi mumkin.
Vrachga borganda esa
kasallik xolatida bo’lgan barcha o’zgarishlar vrachga to’liq tushuntirib berilmaydi
va o’sha vaqtda olingan elektrokardiogramma natijalari oldigi bo’lgan
o’zgarishlarni bermaydi. Bundan tashqari, olingan elektrokardiogramma yurak
faoliyatidagi miokardning 3 tadan 10 tagacha bo’gan
qisqarishlarini kuzatish
mumkin. Bir sutka davomidagi yurak qisqarishlari soni esa 100 ming martini
tashkil qiladi. Ana shunday yurakdagi muhim patologig o’zgarishlarni sutka
davomida nazorat qilish uchun Holter kuzatishlaridan foydalaniladi. Holter
elektrodlarini o’rnatish 8.2-rasmda tasvirlangan.
8.2-rasm.
Holter o’lchash asbobining elektrodlarini
joylashtirishning umumiy ko’rinishi.
Holter kuzatishlari sutka davomida o’tkazilgandan keyin u bemordan yechib
olinadi va maxsus komp’yter programmasi asosida olingan natijalar taxlil qilinadi.
107
Olingan natijalarda yurak faoliyatidagi barcha o’zgarishlar: yurakning
qisqarishlari,
ularning umumiy soni, vaqt birligi ichidagi o’zgarishi va xokazolar
hammasi kuzatiladi. Holter kuzatishlari uchun qo’llaniladigan qurilma yurakdagi
barcha patologik o’zgarishlarni registrasiya qilish
asosida qon bosimi kasalligini,
ateroskleroz, infarct miokard va boshqa kaslliklarni davolashda qo’llaniladi. Holter
kuzatishlari yordamida olingan patologik o’zgarishlar va yurak ish faoliyatidagi
barcha buzilishlar hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan boshqa kardiologik diagnostika
usullari bilan olib bo’lmaydi.
Holterni kuzatish oddiy va xavfsiz protsedura hisoblanadi. Holter
kuzatishlarini o’tkazish uchun, siz shifokorga ikkita
marotaba tashrif buyurishga
to’g’ri keladi. Birinchi, bemor uchun dasturlashtirilgan programma tanlash va
Holterni o’rnatish. Buning uchun vrachdan 15-20 minut vaqt talab qilinadi. Bir
sutkadan keyin Holter yechib olinadi va undagi olingan
natijalar kasetalardan
o’qiladi va analiz qilinadi (8.3-rasm). Bular uchun ham shifokordan yarim soat
vaqt talab qilinadi. a yo'lga birinchi tashrifi Holter, bu tartibi bir chorak soat vaqt
o'tganida ko'p bo'lmagan oladi. Bir kun Holter olib tashlangan bo'lishi kerak va
uning yozuvlar bir tahlil qilish.
shifokor bu harakatlar, odatda, taxminan yarim
soat yoki bir soat davom etadi - yanada murakkab hollarda. Zamonaviy klinikalar
ko'pincha Holter kuzatishlarini uy sharoitida o'tkazishni taklif qiladi. Bu keksa va
harakatsiz bemorlar uchun juda qulay hisoblanadi.