II.BOB.
O’SMIRLARDAGI KASBIY QIZIQISHLARINI ANIQLASH
METODIKASINI O’TKAZISH
2.1. O’smirlarda kasb motivlarini aniqlash va tahlil qilish.
Munosabat mezoni va uning ilmiy adabiyotlarda yoritilishi bilan bog‘liq
mulohazalarning tadqiq etilishi tadqiqotning maqsad va vazifalarini yanada
chuqurroq talqin etish imkonini beradi. Chunki, munosabat tizimini o‘rganmay
turib, u yoki bu shaxs faolligini kasbiy layoqatini to‘liqroq tasavvur qilish juda
mushkul. Shu boisdan munosabat tushunchasini ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan bir
qator tadqiqotlar tahliliga e’tibor qaratishni lozim topdik.
Tabiiyki, munosabat tushunchasi keng qamrovli va keng ko‘lamli tushuncha
bo‘lib, uning talqini ham shu qadar keng va xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan
munosabatning turli sohalaridagi ijtimoiy psixologik mezonlari bo‘yicha tadqiqot
olib borgan faylasuflar, psixologlar, sotsiologlar, psixofiziologlar, pedagoglar va
qator ijtimoiy fanlarning vakillari (B.G.Ananev, G.M.Andreeva, A.N.Bodalev,
Sh.R.Barotov, A.S.Begmatov, LS.Vugotskiy, A.G.Kavalyov, I.S.Kon, I.G.Pavlov
K.K.Platonov, S.L.Rubinshteyn, V.V.Stolin, E.G‘ozievlar) munosabat
kategoriyasining u yoki bu yo‘nalishini ilmiy jihatdan asoslab beradilar. Jumladan,
munosabat mezoni faylasuflar talqinida shaxs va borliq o‘rtasidagi ko‘prik sifatida,
psixologlar talqinida shaxsning «ichki va tashqi» faoliyati o‘rtasidagi hissiy
kognitiv va xulq-atvor komponentlari asosida namoyon bo‘luvchi intilishlarning
mahsuli sifatida, sotsiologlar talqinida shaxsning ijtimoiy muhitga nisbatan
xayrixoxlik yoki norozilikning ifodalanishi sifatida, psixofiziologlar talqinida,
shaxs oliy nerv faoliyatini aks ettirish vositasi sifatida, pedagoglar talqinida esa,
o‘quvchining o‘quv topshiriqlarini «bajonidil» (ixtiyoriy qiziqish orqali) yoki
majburan (yuzaki) bajarishga bo‘lgan intilishlarning mahsuli sifatida e’tirof etiladi.
O‘quv faoliyati esa xuddi shu tadqiqiy yo‘nalishlarga tayanadi va shaxs faoliyati
tarkib topishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi kunda
shaxsga sub’ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror
toptirish uchun «odam-inson-shaxs-induviduallik-sub’ekt-komillik» ierarxiyasiga
15
rioya qilish, shaxsga sub’ektiv munosabat, ya’ni unda robot sifatida barcha
xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz
kechish, «sub’ekt-sub’ekt» aloqasini vujudga keltirish, har kanday sub’ekt – shaxs,
lekin har qaysi shaxs sub’ekt emasligi muammosini yechish, shaxs sub’ekt bo‘lishi
uchun mustaqillik, shaxsiy pozitsiya, qat’iyatlilik, dunyoqarash va ularni hayotga
tatbiq qilish imkoniyati mavjudligini tan olish kabi mulohazalar shaxs
munosabatlari motivatsiyasi talqinida muhim o‘rin tutadi. Shu boisdan,
munosabatlar motivatsiyasi nafaqat nazariy, balki, lug‘aviy nuqtai nazardan ham
olimlarning xilma-xil mulohazalari bilan xarakterlanadi. K.Obuxovskiy motivni
«ma’lum faoliyatni yo‘naltiruvchi maqsad dasturi» sifatida talqin qilsa,
X.Xekxauzen esa «motiv bu – individ-muhit munosabati doirasidagi yo‘naltirilgan
harakatlarni izohlovchi jarayon» ekanligini asoslab beradi. Qator psixologik
tadqiqotlarda motivatsiya talqini shaxsning ijtimoiy shakllanishi jarayoni sifatida
qaraladi. Jumladan, shaxs motivatsiyasi shaxs ijtimoiylashuvida muhim ahamiyat
kasb etadi. Biologik motivatsiyasidan farqli o‘laroq, shaxs motivatsiyasi jamiyat
taraqqiyoti ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa uning tarixiy
o‘zgaruvchanligini tasdiqlaydi Umuman, munosabat motivatsiyasi haqida juda
ko‘plab xilma-xil ilmiy mulohazalar yuritish mumkin. Zero, bu jarayon munosabat
motivatsiyasini har tomonlama chuqur va to‘liq tahlil qilishning birmuncha
murakkab ilmiy jarayoni hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, biz o‘z
tadqiqotimizning maqsad-mohiyatidan kelib chiqib munosabat motivatsiyasi tadqiq
etilgan ilmiy adabiyotlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lib talqin
qilishni va shu talqin asosida tadqiqot vazifalarini belgilab olishni o‘z oldimizga
maqsad qilib qo‘ydik.
1. Munosabat motivatsiyasi asosida shaxsning qiziqishlari yotadi. Bu
qiziqishlarning beqaror yoki barqarorligini ta’minlovchi ichki turtkilar tizimi
ma’lum darajada munosabat tizimini ham belgilaydi.
2. Munosabat motivatsiyasiga shaxs yo‘nalganligining u yoki bu darajada ta’siri
16
namoyon etiladi. Ushbu ta’sir jarayonida shaxs yo‘nalganligi va munosabat
motivatsiyasi uyg‘unligining ayrim ko‘rinishlari yuzaga keladi.
3. Munosabat motivatsiyasi ma’lum ustanovkalar zamirida ham shakllanadi.
Jumladan, o‘quv faolligi bilan bilan bog‘liq ustanovkalar o‘quvchi shaxsi ijtimoiy
taraqqiyotiga daxldor omillarini belgilashga xizmat qiladi.
4. Munosabat motivatsiyasi zamirida qadriyatlar ko‘lamining u yoki bu darajadagi
ta’siriga ham baho berish mumkin. Chunki, har qanday ijtimoiy munosabatda
ma’lum darajada qadriyat omillari yotadi. Bu omillar shaxs ijtimoiy taraqqiyotida
muhim o‘rin egallashi tayin.
A.V.Petrovskiy (1983)ning fikricha, qiziqishlar shaxsni bilim va tushunchalardan
qoniqishga bo‘lgan faollikka undaydi. B.I.Dodonov (1975) esa qiziqishlarga
shaxsni faoliyatga undovchi hissiy faollik sifatida qaraydi. G.K.Cherkasov (1972)
tomonidan qiziqish o‘z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatini tanlashga
qaratilgan sub’ektning faol munosabati sifatida talqin qilinadi. L.S.Vugotskiy
(1984) qiziqishlar hissiyot va iroda imkoniyatlarining mahsuli ekanligini asoslab
beradi. Binobarin, qiziqishlar turli olimlarning tadqiqotlarida o‘z ifodasini
topganligini alohida qayd etish mumkin. Qiziqishlar bilish jarayoniga oid
ehtiyojlar mavjudligining namoyon etilishi sifatida, (A.V.Petrovskiy, A.N.Leontev,
A.G.Kovalev), protsessual va irodaviy-protsessual sifatlar majmui tarzida kasbga
yo‘naltirishning manbai sifatida ob’ekt-sub’ekt munosabatlari o‘rtasidagi ehtiyoj
uyg‘unligi (S.L.Rubinshteyn) sifatida tadqiq qilinadi.
Umuman, shaxs yo‘nalganligi psixologik adabiyotlarda turlicha talqin qilinsa-da,
ularning negizi shaxs yo‘nalganligining asosiy manbai shaxs motivatsiyasi asosida
shakllantiruvchi o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga va faoliyatga munosabat tizimining
shakllanishi bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Bu esa munosabat va shaxs
yo‘nalishi o‘rtasida ma’lum ijtimoiy psixologik mutanosiblikning mavjudligidan
17
dalolat beradi. Zero, G‘arb, ayniqsa, AQSh olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka
tushunchasi «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya
faniga shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvoriga, uning mexanizmlarini
o‘rganuvchi ob’ekt sifatida kiritiladi. Jumladan, G.M.Andreeva tomonidan
quyidagi 4 ta ilmiy yo‘nalishning belgilanishi o‘quvchi shaxsiga faol-ijobiy
munosabatlarni keltirib chiqaruvchi ma’lum psixologik mezonlarni tadqiq qilish
imkonini beradi:
1.
Muvofiqlashtirish – sub’ektning o‘z maqsadlariga erishish uchun xizmat
qiluvchi attityudni (munosabatni) ob’ektga nisbatan yo‘naltira olishi;
2.
Bilish - u yoki bu ob’ektga nisbatan attityudning (munosabatning)
soddalashtirilgan xulq-atvor ko‘rsatmasini ta’minlay olishi.
3.
Ifodalilik – shaxs o‘z–o‘zini idora qilishida attityud (munosabat) shaxs
sifatida o‘zini ifodalash uchun sub’ektning keskin tang holatlardan xalos
qilish usuli sifatida namoyon eta olishi.
4.
Himoya – attityudning (munosabatning) shaxs ichki ziddiyatlarini bartaraf
etishga xizmat qilishi.
Demak, aytish mumkinki, munosabat motivining mazkur to‘rtala vazifasi ham o‘quv
faoliyati jarayonida o‘quvchi shaxsini faollikka undovchi mezonlardir. Chunki,
faoliyat omillari, jumladan o‘quv faolligi hamisha o‘quvchi shaxsi ustanovkalariga
hamohangdir. Bu hamohanglikni to‘liq xis etgan holda, munosabatni yanada
kengroq ko‘lamda «ijtimoiy ustanovka» nomi bilan e’tirof etish qabul qilingan. Bu
esa ijtimoiy psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabat metodologiyasini
nazariy–ilmiy
jihatdan
yanada
oydinlashtirishga
xizmat
qiladi.
18
Munosabat motivlari va ijtimoiy ustanovka uyg‘unligining talqin qilinishi o‘quv
faoliyatiga nisbatan faol-ijobiy munosabat mezonlarini yanada chuqurroq talqin
qilish uchun zamin yaratadi. Jumladan P.N.Shixirev tomonidan ustanovka insonning
o‘z-o‘zini idora qilishida va samarali faoliyatida namoyon bo‘luvchi jarayon
ekanligi va uni o‘zgartirish uchun dastavval shu jarayonni o‘rganish muhimligi
borasida keltirilgani ilmiy dalillari va xulosalari hozirgi zamon ijtimoiy psixologiya
fanining munosabat va faollik amaliyoti bilan bog‘liq ilmiy tasavvurlarni
shakllantirishda muhim o‘rin tutganligini ko‘ramiz. Shunday qilib, ijtimoiy
ustanovka mezoni bo‘yicha yuqorida qayd etilgan tadqiqotlar tahlili bugungi
ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos shaxs va faoliyat uyg‘unligini
ta’minlashga xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi omillarini ishlab chiqishda
va tadqiq qilishda o‘ziga xos nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan metodologik
yo‘nalishlarni ochib beradi. Olib borilgan nazariy-ilmiy tahlillar mavzu darajasidagi
muammolarni, kichik maktab yoshi davrida o‘quvchi shaxsining o‘quv faolligiga
munosabat motivatsiyasini o‘raganish va tadqiq qilish bilan bog‘liq tadqiqotlarning
bugungi kunda taqchilligi va shu bilan birga nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatdi.
Albatta, munosabat motivatsiyasi tushunchasi barcha psixologik fanlarning muhim
ob’ekti sifatida hamisha olimlarning diqqat markazida bo‘lgan. Ayni paytda,
Rossiyadagi mamlakatimiz olimlari ham mazkur muammoning o‘ziga xos jihatlari
haqida ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Bu boradagi ilmiy adabiyotlar, tadqiqotlar
va ilmiy mushohadalar tahlili quyidagi xulosalar chiqarishni taqozo etadi.
Shaxsning u yoki bu faoliyatga yoki bu faoliyatga yoxud faollikka bo‘lgan
munosabat motivatsiyasini o‘rganish borasida bugungi kunda turli xil munozarali
qarashlar mavjud bo‘lib, uning ortida har bir ilmiy tadqiqotchining o‘z pozitsiyasi,
ilmiy maqsadi, ilmiy g‘oyalari, salohiyati va shaxsiy fikr-mulohazalari
mujassamlashgandir. Ayni paytda, aytish joizki, munosabat mezoni shaxs ijtimoiy
taraqqiyotining, o‘z-o‘zni rivojlantirishning o‘z ichki hissiy xayrixoxligining, bir
so‘z bilan aytganda shaxs “men”ligi namoyon qilishning muhim omili sifatida
19
olimlar e’tiborini tortgan doimiy tadqiqotlar ob’ekti hamda sub’ektiga aylantirilgan.
Shu bois alohida ta’kidlash mumkinki, munosabat mezoni qay yo‘sinda tadqiq
qilinmasin baribir shaxsning ijtimoiy shakllanishi, taraqqiyoti va o‘zligini anglashi,
ma’naviyati va dunyoqarashi namoyon etilishining muhim omili sifatida ilmiy
mushohadalar ob’ekti va sub’ektiga aylanib qolaveradi. Munosabat tushunchasi va
uning mezonlari ijtimoiy-psixologik muammo sifatida talqin qilinishi ijtimoiy
psixologiya fani uchun muhim bo‘lgan munosabatning o‘ziga xos yosh, hududiy,
individual va etnopsixologik jihatlariga yanada jiddiyroq e’tiborni qaratish imkonini
beradi. Bu imkoniyat esa o‘smir shaxsi va uning o‘quv faolligini ta’minlashga
xizmat qiluvchi munosabat motivatsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni empirik
jihatdan
asoslab
berilishga
izn
beradi.
Mavjud adabiyotlar tahlili munosabat motivatsiyasi tushunchasini nazariy-ilmiy
hamda metodologik jihatdan asoslash bilan birga uning o‘smirlik yoshidagi kasbiy
qizishlarni shakllanishida o‘quvchilar faolligini ta’minlashdagi o‘rni beqiyos
ekanligini va bu jarayonni aniq yo‘naltirilgan yangi empirik ma’lumotlar natijalari
bilan boyitgan holda o‘rganish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarish muqarrarligini
ko‘rsatdi. Tadqiqot maqsadlaridan kelib chiqib, olib borilgan ilmiy-nazariy
mushohadalarga tayangan holda shuni aytish mumkinki, o‘smirlarda kasbiy
qiziqshlarga munosabat motivlari tarkibida faoliyatga munosabat motivatsiyasi
shakllanishining o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining namoyon etilishi
ma’lum ierarxik tizimga ega bo‘lgan “kasbga munosabat”, “ o‘quv jarayonida kasbiy
komponentlari”, “shaxs umumiy yo‘nalganligi kabi mezonlar asosida belgilanadi va
baholanadi.Rеspublikаmizdа оlib bоrilаyotgаn islоhоtlаr pеdаgоgikа fаnining
rivоjlаnishini tа’minlаsh bilаn birgаlikdа ushbu fаndа dоlzаrb hisоblаnuvchi
vаzifаlаrdаn biri kаsb-hunаrgа yo’nаltirishning tаriхi, nаzаriyasi vа аmаliyotining
munоsib shаkllаnishigа оlib kеldi. Ushbu muаmmоning o’z nаzаriy vа аmаliy
tоmоnlаri, tаriхiy mаnbаlаri mаvjud bo’lib, tаdqiqоtchilаr tоmоnidаn izchil
o’rgаnib kеlinmоqdа. Jumlаdаn R. H. Jo’rаеv, O’. Q. Tоlipоv, Sh. S. Shаripоv
kаbi pеdаgоg оlimlаr tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn uzluksiz tа’lim tizimidа
20
o’quvchilаrni kаsb-hunаrgа yo’nаltirilishning ilmiy-pеdаgоgik аsоslаridа ushbu
vаzifаni аmаlgа оshirishning mаzmuni hаqidа muhim fikrlаr e’tirоf etilgаn.[36]
Хususаn kаsb-hunаrgа yo’nаltirish ishlаrini tаshkil etish vа uning mаzmunini
bеlgilаshdа tа’lim vа tаrbiyaning mаqsаdini оydinlаshtirish sаmаrаli nаtijа bеruvchi
оmil hisоblаnаdi. Shu mаqsаddа kаsb-hunаrgа yo’nаltirish ishlаrini tаshkil etishdа
2 хil mаqsаd mаvjud.
1.
Tа’limiy mаqsаd (o’quvchilаrgа kаsb-hunаr mаvzusidаgi bilimlаr bеrish).
2.
Tаrbiyaviy mаqsаd (tizimli tа’sir ko’rsаtish vоsitаsidа o’quvchilаrdа
mеhnаt qilishgа ijоbiy munоsаbаtni shаkllаntirish vа kаsb-hunаrgа yo’nаltirish).
Ushbu ikki mаqsаd zаmоnаviy tа’limdа o’zаrо bоg’liqlikdа аmаlgа оshirilishi,
o’quvchi yoshlаrni kоmil insоn sifаtidа shаkllаnishini tа’minlоvchi pеdаgоgik
dаlillаrdаn biridir. Dеmаk, kаsb-hunаrgа yo’nаltirish uchun оlib bоrilаdigаn
tа’limning mаzmuni bеvоsitа o’qitish mаqsаdlаrigа uzviy bоg’liq hоldа hаl etilаdi.
Shuningdеk, mаzmun o’quv jаrаyonidа o’zlаshtirilаdigаn pеdаgоgik хоdisа
hisоblаnib, uning mаhsuli erishilishi zаrur bo’lgаn mаqsаd sаri оlib bоrаdi. Ushbu
ishlаrni to’g’ri tаshkil etish mаqsаdidа eng аvvаlо o’qitish mаzmunining tаrkibiy
qismlаrini аniqlаb оlinishi tаqоzо etilаdi.
Tа’lim mаzmunini bеlgilаshdа еrning bizning ko’zimiz bilаn qаrаgаndа
qаnchаlаr kаttа ekаnligi vа аstrаnоmik ko’z bilаn qаrаgаndа qаnchаlаr kichik
ekаnligi kаbi o’quvchilаr uchun eng kаttа o’rgаnish vа o’qituvchi uchun eng kichik
bo’lgаn o’rgаtish mаtеriаlini ko’zdа tutish muhimdir. Ushbu fikrimizgа Аbu Nаsr
Fаrоbiy tоmоnidаn «
Do'stlaringiz bilan baham: |