Muxtoriyat
kasb tanlash jarayoniga nisbatan
mustaqil, faol va mas'uliyatli pozitsiyani, shuningdek, boshqalardan mustaqillikni,
o'z kasbiy ustuvorliklarini ta'kidlash qobiliyatini nazarda
tutadi.
Rejalashtirish
ularning kasbiy rivojlanishi rejasini tuzish qobiliyatini,
kasbiy maqsadlarga erishish uchun turli xil variantlarni taklif
qiladi.
Xabardorlik
o'rta maktab o'quvchilarida kasblar dunyosi va individual
kasblar, shuningdek, ma'lum bir sohada kasbiy faoliyatni o'zlashtirish uchun zarur
bo'lgan kasbiy muhim fazilatlar to'g'risida ma'lumotlar mavjud deb taxmin
qiladi.
Hissiy munosabat
kasb tanlashda hissiy ishtirokni, bu jarayonga ijobiy rang
munosabatni, shuningdek, o'rta maktab o'quvchilarining mehnat sub'ekti bo'lishga
tayyorligini nazarda tutadi.
Qaror qabul qilish
o'rta maktab o'quvchilari
allaqachon biron kasbni tanlashganligini, uni puxta egallashga qaror qilganliklarini
va o'z kasbiy kelajagini uning doirasida rejalashtira olishlarini taklif qiladi.
Kasb tanlashda odatiy xatolar: o'spirinni yuqori malakali mutaxassislikka
yo'naltirish; nufuzli bo'lmagan kasblarga e'tibor bermaslik; o'z ixtiyori bilan emas,
balki kasb tanlash va qaror qabul qilishda fikrlarning etishmasligi; maktab
mavzusiga munosabatlarni ushbu mavzu bilan bog'liq kasbga o'tkazish; do'stlar
tomonidan ushbu kasbni tanlash bilan bog'liq kasb tanlash.
9
1.2. O'smirlardagi kasbga bo'lgan qiziqishning psixologik xususiyatlari
O‘smirlik yoshiga o’tish o’quvchilarning o‘qish faoliyatidagi muxim qayta
o’zgarishlar bilan bogliqdir. O‘qish faoliyatining yangi va yukorirok bosqichi
uning mustaqillik darajasi bilan belgilanadi. D.B.Elkonin, T.V.Dragunova va
boshqa psixologlar materiallarining kursatishicha, o‘smirlik yoshining dastlabki
davrida o‘qish faoliyati taraqqiyotining bosqichlarida juda katta xar xillikni
kuzatish mumkin. Mustaqil ishlarni elementar darajada ham tashkil kila
olmaydigan, nixoyatda past, quyi bosqichdan bosqichdan boshlab, mustakil ishlar
faqat uy vazifalarini bajarishda kuzatiladigan qator oraliq shakllardan o’tib, yangi
materiallar va xatto bilimlarning yangi soxalari (astronomiya, mexanika,
radiotexnika) mustaqil o’zlashtiriladigan eng yuksak bosqichlarni kuzatish
mumkin. Biroq taraqqiyot nuqtai nazaridan so’ngngi bosqich istiqbolidir. o‘smirlik
yoshining boshlanishi o‘qish faoliyati eng yuksak bosqichining tarkib topa
boshlashi bilan boglanadi. o‘smir uchun bilish extiyojlarini kondirishga karatilgan
mustakil bilim orttirish tarzidagi o‘qish faoliyatining ma’nosi sekin-asta ochila
boshlaydi.
Voqelikka bo‘lgan ongli munosabatning uchuman o’sishi bilan o‘smirlarning
o‘qishga bo‘lgan ongli munosabatlari sezilarli darajada kuchayadi. O’zlarining
o‘qish faoliyatlarida ular sekin-astalik bilan shaxsiy ma’no kasb etadigan xakikiy,
chukur bilimlar bilan yangicha munosabatlarda boglangan yangi, yuksakrok
bosqichga kutariladilar. Rus psixologlarining tadqiqotlari shuni belgilab berdiki,
o‘smirlar o‘qish faoliyatining motivlari murakkab tuzilishga egadir. O’smirlar
o‘qish faoliyatining motivlari tarkibiga keng ijtimoiy motivlar (bilim orttirishning
ijtimoiy jixatdan muxim ekanini anglash, mustakil xayot va mexnatga tayyorlanish
uchun o‘qish zarurligi), aslida muvaffakiyatga intilish, izzat nafs bilan boglik
bo‘lgan bilish motivlari va shaxsiy motivlar (bolalar jamoasida obru kozonishga
intilish va raxbarlik rolini uynash) birga kushilib ketgandir. Bunda ba’zan qarama-
qarshilik kuzatiladi: bilim orttirishga bo‘lgan intilish maktabdagi o‘qishga befarq
yoki xatto salbiy munosabatda bo’lish bilan, maktabdagi baholarga
10
«xushchakchak-mensimaslik» (D.B.Elkonin) munosabati bilan aralashib kushilib
ketishi mumkin. Bu o‘qishdagi u yoki bu xildagi muvaffakiyatsizlikka, o‘qituvchi
bilan bo‘lgan nizoga nisbatan uziga xos reaksiya bo’lishi mumkin. o‘smir odatda
o’zining o‘qishdagi muvaffaqiyatsizliklarini qattiq ichdan kechiradi, lekin uning
izzat nafsi ba’zan bu muvaffakiyatsizlikka bo‘lgan haqiqiy munosabatni nikoblash
xoxishini tugdiradi. Natijada o’quvchi o‘qishdagi muvaffaqiyatlarga o’zini
mutlaqo befarkdek va beparvodek tutadi, xatto soxta mardlik kursatmokchi
bo’ladi. o‘smirning o‘qishlarining paydo bo’lishi (kitob o‘qish, shaxmat uynash,
filyatiliya, ya’ni marka tuplash va boshqalar) bilan tushuntirish mumkin.
Nixoyat, o‘smir xotirasining o’ziga xos xususiyati ancha murakkab
assotsiatsiyalarni, yangi materialning eskisi bilan boglanishini aniklash, yangi
materialni bilimlar sistemasiga kiritishdir. Yu.A.Samarin va uning xodimlari
bilimlar tizimini tarkib toptirish jarayoni xar xil darajadagi assotsiatsiyalarni
belgilab olishga aoslanishini aniklaganlar. o‘smir kichik maktab yoshidagi bola
uchun xarakterli bo‘lgan ayrim assotsiatsiyalar (Yu.A.Samarinning fikricha, lokal
assotsiatsiyalar) va alohida sistemali assotsiatsiyalar (bir-biridan ajralgan xolda
mavjud bo’ladigan aloxida masalalarga doir xususiy bilimlar) xosil qilishdan ancha
yukori darajada-fanlar ichidagi (sistemalar ichidagi) assotsiatsiyalarni (ukeuv
predmeti ichidagi bilimlarini aks ettiruvchi assotsiatsiyalarni) tarkib toptirish
darajasiga utadi, o‘smirlik yoshining oxirida eng yuksak darajaga-fanlararo
(sistemalararo) assotsiatsiyalarga utish uchun sharoit yaratiladi. Bu turli o’quv
predmetlarining materiallarini bir-biri bilan boglash, xar xil fanlardan beriladigan
bilimlarning umumiyligini, birligini tushunish imkonini beradi.
Diqqatning taraqqiy etishi ma’lum ziddiyatlari bilan: bir tomondan, o‘smirlik
yoshida barkaror, ixtiyoriy diqqatning tarkib topishi bilan, boshqa tomondan,
o‘smirdagi taassurotlar, kechinmalar, jushkin aktivlik va impulsivlik ko’pincha
bekaror diqqatga olib borishi bilan, uning tez chalgishi bilan ajralib turadi. Hama
narsa ish sharoitiga, materialning mazmuniga, ukuvchining kayfiyati va psixik
11
xolatiga, uning ishga bo‘lgan munosabatiga bog’liqdir. Diqqatning tanlovchilik
kobiliyati, ya’ni uning turlicha xarakteristikasi usha narsaga bo‘lgan qiziqish
kulami va darajasiga boglik bulishi o‘smirda juda yakkol ifodalangan. Bu darsda
(uzi yoktirmagan darsda) e’tiborsiz va parishonxotir bslib utirgan ukuvchi boshqa,
uzi yaxshi kurgan darsda nixoyatda, xushyor, fikrini bir yerga tuplab olib, xech
narsaga mutlako chalgimasdan bemalol ishlashi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, o‘smirlik yoshida diqqatning ko’lami, shuningdek,
diqqatni bir operatsiyadan boshqa operatsiyaga karatish, faoliyatning bir turidan
boshqa turiga jalb etish qobiliyati sezilarli darajada ortadi. Kichik maktab
yoshidagi ukuvchilardan farkli ularok, o‘smir uchun odatda uz faoliyatini
uzgartirishga kandaydir aloxida psixologik tayyorgarlik ko’rish talab etilmaydi.
Diqqatni tashkil etishning eng yaxshi usuli o‘qituvchining qandaydir aloxida
usullarni qo‘llanishga emas, balki o‘qish faoliyatini o‘smirda diqqatni uzoq vaqt
mobaynida biror narsaga chalg‘itish uchun na vaqt, na istak va na imkoniyat
kolmaydigan kilib uyushtira olishiga boglikdir. Kizikarli ish, kizikarli dars
o‘smirni shunchalik kamrab olishga kodirki, u juda uzoq vaqt davomida zo‘r
ishtiyoq bilan ishlaydi. Shunisi ham borki, o‘smir uchun qiziqarli bo‘lgan narsa-
hamisha ham shunchaki qiziqarli narsa emas. Ishning bir turidan boshqa turiga
vaqti-vaqti bilan o‘tib turiladigan mazmunli mashg‘ulotlar, aktiv bilish faoliyati-
ana shu narsa darsni o‘smir uchun kizikarli darsga aylantiradi, anna shuning uzi
uning diqqatini uyushtirishga yordam beradi. N.F.Dobrinin va uning xodimlarining
tadqiqotlari shuni kursatadiki, o‘smirlar irodaviy zo‘r berish bilan ushlab
turiladigan ixtiyoriy diqqtdan keyingi diqqat deb ataladigan diqqatga tobora
ko’prok utib bormokdalar. Bu diqqat oldindan uylab qo‘yilgan va muayyan
maqsadga karatilgan diqqat bo‘lib, ishga «kashfiyotlar»ga bo‘lgan qiziqishning
asta-sekin ortib boishi asosida yuzaga keladi, shunga ko’ra ham bu diqqatni tutib
turish uchun irodaviy kuch sarflash talab etilmaydi.
12
O‘smirlik yoshida fikrlash faoliyachtida muxim siljishlar yuz beradi. Kichik
maktab yoshida erishilgan tafakkur taraqqiyotining darajasi o‘smirga fan asoslarini
muvaffakiyatli va sistemali o‘rganish imkonini beradi. O‘rganiladigan fanlarning
mazmuni va ukuv kurslari tuzilishining mantiki bilimlarni uzlashtirishning yangi
xarakterini, mustakil tafakkurga tayanishni talab etadi, abstraksiyalash va
umumlashtirish, takkoslash, muloxaza yuritish, xulosalar chikarish, isbotlash
kobiliyati zarur bo’ladi. Birok, shuni nazarda tutish kerakki, hama o‘smirlar ham
isbotlovchi tafakkurga osongina utavermaydilar. Ulardan ba’zilariga, masalan,
umumlashtirilgan geometrik isbot g‘oyasining o‘zi tushunarli bulmaydi:
o‘zingning xaq yoki noxaq ekanligingni ko‘rib turib ishonch xosil qilganingdan
keyin isbotlab o‘tirishning nima keragi bor. O‘smirlardan biri xayron bo‘lib,
bunday deb javob bergan: «o‘qituvchi doskaga ikkita teng uchburchakni chizadi va
ularning teng ekanligini uzoq vaqtgacha tushuntirib o‘tiradi».
Do'stlaringiz bilan baham: |