Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Birinchi yondashuvga 
ko‘ra, lobbizmga davlat boshqaruvi va 
(shahar) hokimiyati tuzilmalariga kerakli qaroming qabul qilinishi 
uchun ta’sir ko‘rsatuvchi subyektlarning faoliyati sifatida qaraladi.
Ikkinchi yondashuv 
tarafdorlari lobbizmni jismoniy shaxslar 
yoki mijozlar manfaatlarini davlat boshqaruvi va (shahar) hokimiyati 
tuzilmalari bo‘ylab yurg‘izadigan tashkilotlaming professional faoli­
yati bilan bog‘laydilar.
Siyosiy fanlar manfaatdor guruhlar bilan davlat siyosatini olib 
boruvchi hukumat institutlari o ‘rtasida tizimli aloqalar mavjudli- 
giga urg‘u berishadi. Bunday aloqalaming xarakteri haqida yakdil- 
lik yo‘qligi hozirgi zamon jamiyatlari manfaatdor guruhini tash- 
killashtiruvchi ko‘plab tizimlar va ulaming hukumat institutlari bilan 
munosabatlarining turli xil modellaridan iborat deyishimizga asos 
bo‘la oladi.
Siyosatshunoslik sohasida o‘tkazilgan bir qancha tadqiqotlarga 
asoslanib, hozirgi jamiyatga xos bo‘lgan quyidagi manfaatdor guruh­
lar va davlat munosabatlari modellarini ajratishimiz mumkin:
1) Plyuralistik.
2) Demokratik korporativ.
3) Boshqariladigan.
155


Manfaatdor guruhlarining plyuralistik tizimining o ‘ziga xos xu- 
susiyatlari sifatida manfaatlami tashkillashtirish ko'rinishlari va siyo­
siy jarayonlarda guruh bo‘lib qatnashish usullari namoyon bo‘ladi:
- har xil guruhlar bir ijtimoiy manfaatni namoyon qilishi mumkin;
- guruhlarga a’zolik ko‘ngilli va chegaralangan;
- guruhlar ko‘pincha erkin va markazsizlashgan tashkiliy tuz- 
ilmaga ega;
- manfaatdor guruh va hukumat bir-biridan aniq ajratilgan 
bo‘ladi.
Bunday tizim doirasida kasaba uyushmalari, biznes-assotsiatsi- 
yalar kabi jamiyatning muayyan sohalari uchun alohida manfaatdor 
guruhlar mavjud bo‘lishi bilan birga, bunday sohalaming har biriga 
ko‘plab guruhlar-kasaba uyushmalari, biznes-assotsiatsiyalar vakillik 
qilishi mumkin. Mazkur guruhlar bir-birlari bilan boylik, a’zolik va 
ta’sir kuchi uchun kurashishadi hamda ulaming har biri davlat siyosati 
va siyosiy yo‘nalishni belgilovchi shaxslarga o‘z shartlarini qo‘yishga 
urinishadi. Plyuralistik tizimga ega manfaatlar guruhlami Qo‘shma 
Shtatlarda ko‘rishimiz mumkin. Kanada va Yangi Zelandiya ham yax- 
shi misol bo‘lishi mumkin. Kasaba uyushmalaridagi a’zolikning nis­
batan kengroq ekanligi, biznes-assotsiatsiyalari faoliyatining ko‘proq 
koordinatsiyalashganiga qaramay, tadqiqotchilar bu kategoriyaga 
Buyuk Britaniya hamda Fransiya bilan Yaponiyani ham kiritishadi.
Manfaatdor guruhlarining korporativ tizimiga manfaat vakilligi- 
ning kengroq tashkillashtirilishi xosdir:
- Har bir ijtimoiy manfaatga odatda yagona bosh assotsiatsiya 
vakillik qiladi;
- Bunday assotsiatsiyaga a’zolik ko‘pincha barcha uchun maj­
buriy bo‘ladi;
- Bosh assotsiatsiyalar markaziy tuzilmasiga ega bo‘ladi va 
a’zolarining faoliyatlarini taqsimlaydi;
- Ko‘p hollarda manfaat guruhlari siyosatda muntazam ravish- 
da ishtirok etadilar.
Shunday qilib, plyuralistik tizimda bir-biridan mustaqil, biznes 
manfaatlarini o‘zida aks ettiruvchi bir qancha guruhlar bor bo‘Isa,
156


korporativ tizimda barcha eng muhim sanoat va tadbirkor manfaatla- 
rini ilgari suruvchi yagona bosh assotsiatsiya faoliyat yuritadi.
Va nihoyat, o‘ziga xos manfaatdor guruhlarini tashkillashtirish 
modeli 

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish