Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Taqrizchilar:
Djumayev 
R.Z.-ToshDShI “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar” 
kafedrasi professori, s.f.d.
Baxadirov 
M .M .- jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti “Xalqaro 
munosabatlar” fakulteti dekani, s.f.n., dotsent.
ISBN 978-9943-5142-1-8
© «Barkamol fayz media» 2017.


KIRISH
Siyosat - o‘z mohiyatiga ko‘ra doimo yangilanib boruvchi, jamiyat 
va davlat rivojlanishining so‘nggi yangiliklarini o ‘zida aks ettiruvchi 
mohiyatga ega. Shu bois siyosiy atamalaming yagona universal mode- 
lini shakllantirish murakkab. Siyosatshunoslik o‘z predmeti doirasida 
jamiyat siyosiy hayotidagi o ‘zgarishlami ilmiy asoslashga intiladi. 
Bu esa siyosatshunoslik fani va uning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Aytish mumkinki, jamiyat taraqqiyotida siyosiy bilimlar o‘ziga 
xos o‘ringa ega bo‘lib, bu asosda davlat va jamiyat qurilishi hamda 
boshqaruvini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Bugungi kunda siyosiy 
bilimlaming keng rivojlanishi, siyosiy jarayonlar va siyosiy institut­
lar borasida yangicha qarashlami shakllantirmoqda. Natijada davlat 
boshqaruvini modemizatsiyalash, keng ko‘lamli islohotlami amalga 
oshirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Xususan, 0 ‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, 
suveren demokratik davlat barpo etish yo‘lidan bormoqda. Dast- 
lab, 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to­
monidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o ‘zbek modeli”. mam- 
lakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlarning asosini 
tashkil etdi. Bugungi kunda ham 0 ‘zbekistondagi modemizatsiya 
jarayoni davom etmoqda. 2017-yil 7-fevralda 0 ‘zbekiston Prezidenti 
Sh .M.Mirziyoyev tashabbusi bilan2017-2021 -yilllarda О ‘ zbekistonni 
yanada rivojlantirishga qaratilgan besh ustuvor yo‘nalishdan iborat 
“Harakatlar strategiyasi” e ’lon qilindi. Mazkur ustuvor yo‘nalishlar 
bevosita davlat va jamiyat boshqaruvini isloh etish, sud-huquq tizi- 
mini rivojlantirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi 
faoliyatni kuchaytirish, xavfsizlik va tashqi siyosatni samarali yuri- 
tishga oid masalalami qamrab olgan.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
2017-yil 8-sentabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islo-
з


hotla^konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni e ’lon qilindi 
va unda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy 
yo‘nalishi belgilab berildi. Bu esa mamlakatimizda siyosiy bilimlar- 
ning rivoji uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Hozirda jahondagi ilmiy markazlarda kundan-kunga yangi siyosiy 
konsepsiyalar, nazariyalar ilgari surilmoqda va siyosatshunoslikning 
zamonaviy masalalami qamrab olgan mavzular bilan boyib bormoq- 
da. Shu bois mamlakatimizda ham mazkur sohadagi ishlami yangi 
bosqichga olib chiqish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada asosiy siyosiy kategoriyalar yoritil- 
gan bo‘lib, imkon qadar talabalarga terminologiya jihatdan murakkab 
bo‘lmagan holda to‘liqroq ma’lumot yetkazib berish nazarda tutilgan. 
Mazkur o ‘quv qo‘llanmani shakllantirishda davlatimiz taraqqiyotiga 
asos bo‘luvchi 0 ‘zbekiston Prezidentining nutqlari, m a’ruzalari ham­
da davlat dasturlari, huquqiy me’yorlarga tayanildi.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston chop etilgan siyosatshunoslikka 
oid ilmiy manbalar o ‘qo‘v qo‘llanmaning asosini tashkil etadi. Xu- 
susan, U.Yu. Idirov (Politologiya: o‘quv qo‘llanma.-T.:ToshDShI, 
2013,. Politologiya. Mavzularini interfaol o‘rganish: o‘quv-uslubiy 
qo‘llanma.-T.: ToshDShI, 2010.), M.Qirg‘izboyev (Siyosatshunoslik: 
oliy o ‘quv yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.: Yangi asr av- 
lodi, 2013.), B. Aliyev, l.Ergashev, T.Hoshimov, O. Yuldashev (Poli­
tologiya. (Darslik), -Т.: TDIU, 2010.), X.T. Odilqoriyev, D.X. 
Razzoqov (Siyosatshunoslik.-T.: 0 ‘qituvchi, 2008), R.F.Farmanov, N.O‘. 
To‘laganova, M.T.Turdiyev, Q.A. Jo‘rayev, U.N.Muhammadiyev 
(Zamonaviy siyosatshunoslik: 
nazariya va amaliyot. 
0 ‘quv 
qoilanm a.-T., 2006.), S.Otamurodov, l.Ergashev, Sh.Akromov, 
A.Qodirov (Politologiya: o‘quv qo‘llanma.-T., 2002.), muallif- 
lar guruhi. (Politologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. T.A.Qodiriy nomidagi 
xalq merosi nashriyot. “0 ‘AJBNT” markazi, 2002,), S.M.G‘ofurov, 
A.A.Xaydarov, N.O‘.To‘laganova (Siyosatshunoslik asoslari: o ‘quv 
qo‘llanma-T.: Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston milliy kutubxo- 
nasining nashriyoti; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2006.), 
F.Sh. Sharopov (Siyosatshunoslik: Oliy o‘quv yurt talabalari uchun
4


o‘quv qo‘llanma.-T.O‘zbekiston, 1992.) asarlaridan keng foydalanil- 
di va ulardan olingan havolalami umumlashtirish (xavolalar nisbatan 
kamroq foydalanilgan ilmiy manbalardan keltirilgan) maqsadida maz­
kur asarlar har bir mavzuning asosiy adabiyotlari ro‘yxatiga kiritildi. 
Gender muammosiga bag‘ishlangan mavzuni yoritishda gender ma- 
salasi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan TDSHI “Jahon siyosati va 
xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.M.Niyazovaning 
bevosita yordamidan foydalanildi. 0 ‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro tashkilotlar va jahon davlatlari bilan aloqalarini yoritishda ni- 
Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytidagi ma’lumotlarga tayanildi.
Shuningdek, bugungi kunda ingliz tilidagi xorijiy adabiyotlami 
tahlil qilib, ulardagi yanglilik va ilmiy mulohazalardan foydalanish 
dolzarbligini hisobga olib AQSHda chop etigan zamonaviy siyo- 
satshunoslikka oid Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones 
W.S.ning “Political Science: An Introduction” ( New Jersey: Pearson, 
2013) asaridagi muhim ilmiy m a’lumotlar ham kiritildi.
Biroq mazkur o‘quv qo‘llanma siyosatshunoslikning barcha ma- 
salalami to‘liq qamrab olmagan va nisbatan nazariy masalalarga 
bag‘ishlangan hamda ayrim kamchilik, xatolar boiishi tabiiy. Asosiy 
maqsad esa talabalaming bilimini milliy va xorijiy tajriba uyg‘unligi 
asosida yuksaltirish va olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon qadar hissa qo‘shishdir.
5



Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish