Taqrizchilar:
Djumayev
R.Z.-ToshDShI “Jahon siyosati va xalqaro munosabatlar”
kafedrasi professori, s.f.d.
Baxadirov
M .M .- jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti “Xalqaro
munosabatlar” fakulteti dekani, s.f.n., dotsent.
ISBN 978-9943-5142-1-8
© «Barkamol fayz media» 2017.
KIRISH
Siyosat - o‘z mohiyatiga ko‘ra doimo yangilanib boruvchi, jamiyat
va davlat rivojlanishining so‘nggi yangiliklarini o ‘zida aks ettiruvchi
mohiyatga ega. Shu bois siyosiy atamalaming yagona universal mode-
lini shakllantirish murakkab. Siyosatshunoslik o‘z predmeti doirasida
jamiyat siyosiy hayotidagi o ‘zgarishlami ilmiy asoslashga intiladi.
Bu esa siyosatshunoslik fani va uning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Aytish mumkinki, jamiyat taraqqiyotida siyosiy bilimlar o‘ziga
xos o‘ringa ega bo‘lib, bu asosda davlat va jamiyat qurilishi hamda
boshqaruvini to‘g‘ri tashkil etish mumkin. Bugungi kunda siyosiy
bilimlaming keng rivojlanishi, siyosiy jarayonlar va siyosiy institut
lar borasida yangicha qarashlami shakllantirmoqda. Natijada davlat
boshqaruvini modemizatsiyalash, keng ko‘lamli islohotlami amalga
oshirish ehtiyoji tug‘ilmoqda.
Xususan, 0 ‘zbekiston mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab,
suveren demokratik davlat barpo etish yo‘lidan bormoqda. Dast-
lab, 0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov to
monidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o ‘zbek modeli”. mam-
lakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlarning asosini
tashkil etdi. Bugungi kunda ham 0 ‘zbekistondagi modemizatsiya
jarayoni davom etmoqda. 2017-yil 7-fevralda 0 ‘zbekiston Prezidenti
Sh .M.Mirziyoyev tashabbusi bilan2017-2021 -yilllarda О ‘ zbekistonni
yanada rivojlantirishga qaratilgan besh ustuvor yo‘nalishdan iborat
“Harakatlar strategiyasi” e ’lon qilindi. Mazkur ustuvor yo‘nalishlar
bevosita davlat va jamiyat boshqaruvini isloh etish, sud-huquq tizi-
mini rivojlantirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi
faoliyatni kuchaytirish, xavfsizlik va tashqi siyosatni samarali yuri-
tishga oid masalalami qamrab olgan.
Bundan tashqari, 0 ‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
2017-yil 8-sentabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islo-
з
hotla^konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni e ’lon qilindi
va unda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy
yo‘nalishi belgilab berildi. Bu esa mamlakatimizda siyosiy bilimlar-
ning rivoji uchun ham muhim ahamiyatga egadir.
Hozirda jahondagi ilmiy markazlarda kundan-kunga yangi siyosiy
konsepsiyalar, nazariyalar ilgari surilmoqda va siyosatshunoslikning
zamonaviy masalalami qamrab olgan mavzular bilan boyib bormoq-
da. Shu bois mamlakatimizda ham mazkur sohadagi ishlami yangi
bosqichga olib chiqish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada asosiy siyosiy kategoriyalar yoritil-
gan bo‘lib, imkon qadar talabalarga terminologiya jihatdan murakkab
bo‘lmagan holda to‘liqroq ma’lumot yetkazib berish nazarda tutilgan.
Mazkur o ‘quv qo‘llanmani shakllantirishda davlatimiz taraqqiyotiga
asos bo‘luvchi 0 ‘zbekiston Prezidentining nutqlari, m a’ruzalari ham
da davlat dasturlari, huquqiy me’yorlarga tayanildi.
Mustaqillik yillarida 0 ‘zbekiston chop etilgan siyosatshunoslikka
oid ilmiy manbalar o ‘qo‘v qo‘llanmaning asosini tashkil etadi. Xu-
susan, U.Yu. Idirov (Politologiya: o‘quv qo‘llanma.-T.:ToshDShI,
2013,. Politologiya. Mavzularini interfaol o‘rganish: o‘quv-uslubiy
qo‘llanma.-T.: ToshDShI, 2010.), M.Qirg‘izboyev (Siyosatshunoslik:
oliy o ‘quv yurti talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.: Yangi asr av-
lodi, 2013.), B. Aliyev, l.Ergashev, T.Hoshimov, O. Yuldashev (Poli
tologiya. (Darslik), -Т.: TDIU, 2010.), X.T. Odilqoriyev, D.X.
Razzoqov (Siyosatshunoslik.-T.: 0 ‘qituvchi, 2008), R.F.Farmanov, N.O‘.
To‘laganova, M.T.Turdiyev, Q.A. Jo‘rayev, U.N.Muhammadiyev
(Zamonaviy siyosatshunoslik:
nazariya va amaliyot.
0 ‘quv
qoilanm a.-T., 2006.), S.Otamurodov, l.Ergashev, Sh.Akromov,
A.Qodirov (Politologiya: o‘quv qo‘llanma.-T., 2002.), muallif-
lar guruhi. (Politologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. T.A.Qodiriy nomidagi
xalq merosi nashriyot. “0 ‘AJBNT” markazi, 2002,), S.M.G‘ofurov,
A.A.Xaydarov, N.O‘.To‘laganova (Siyosatshunoslik asoslari: o ‘quv
qo‘llanma-T.: Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston milliy kutubxo-
nasining nashriyoti; Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2006.),
F.Sh. Sharopov (Siyosatshunoslik: Oliy o‘quv yurt talabalari uchun
4
o‘quv qo‘llanma.-T.O‘zbekiston, 1992.) asarlaridan keng foydalanil-
di va ulardan olingan havolalami umumlashtirish (xavolalar nisbatan
kamroq foydalanilgan ilmiy manbalardan keltirilgan) maqsadida maz
kur asarlar har bir mavzuning asosiy adabiyotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Gender muammosiga bag‘ishlangan mavzuni yoritishda gender ma-
salasi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan TDSHI “Jahon siyosati va
xalqaro munosabatlar” kafedrasi o‘qituvchisi N.M.Niyazovaning
bevosita yordamidan foydalanildi. 0 ‘zbekiston Respublikasining
xalqaro tashkilotlar va jahon davlatlari bilan aloqalarini yoritishda ni-
Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytidagi ma’lumotlarga tayanildi.
Shuningdek, bugungi kunda ingliz tilidagi xorijiy adabiyotlami
tahlil qilib, ulardagi yanglilik va ilmiy mulohazalardan foydalanish
dolzarbligini hisobga olib AQSHda chop etigan zamonaviy siyo-
satshunoslikka oid Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones
W.S.ning “Political Science: An Introduction” ( New Jersey: Pearson,
2013) asaridagi muhim ilmiy m a’lumotlar ham kiritildi.
Biroq mazkur o‘quv qo‘llanma siyosatshunoslikning barcha ma-
salalami to‘liq qamrab olmagan va nisbatan nazariy masalalarga
bag‘ishlangan hamda ayrim kamchilik, xatolar boiishi tabiiy. Asosiy
maqsad esa talabalaming bilimini milliy va xorijiy tajriba uyg‘unligi
asosida yuksaltirish va olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish
ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon qadar hissa qo‘shishdir.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |