partiyalari, tashkilotlar va harakatlar faoliyatini bevosita tadqiq
qilish va boshq.
Siyosatshunoslik ham boshqa fanlar kabi o ‘z kategoriyalariga
yoki o‘ziga xos tushunchalariga ega. Ular jamiyatda yuz beradigan
siyosiy voqea-hodisalami, siyosiy jarayonlami, siyosiy hayotni,
siyosiy munosabatlami, davlatlaming ichki, tashqi, xalqaro jabhadagi
siyosatini xilma-xil muammolarini ifodalashga xizmat qiladi.
Siyosatshunoslik kategoriyalari sifatida quyidagilami sanab o‘tish
mumkin: siyosat, siyosiy hokimiyat, jamiyat siyosiy tizimi, davlat
va nohukumat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, siyosiy munosabatlar,
siyosiy ong, siyosiy madaniyat, demokratiya, xalqaro siyosiy
muammolar, xalqaro munosabatlar, siyosatning subyekti, obyekti,
siyosiy mafkura, saylovlar va boshqa tushunchalar.
3. Siyosatshunoslikning fan sifatida shakllanishi va boshqa
fanlar bilan o‘zaro aloqalari
Siyosat va siyosiy faoliyatning vujudga kelishi eng qadimgi
zamonlardan boshlanar ekan, tabiiyki, siyosat haqidagi dastlabki
risolalar va siyosiy qarashlar ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Si-
yosatni anglashning tarixan dastlabki shakli uning diniy-afsonaviy
talqini bo‘lib, miloddan avvalgi II—I ming yilliklarda barcha qadimgi
18
xalqlarda hokimiyatning va ijtimoiy tuzumning ilohiy kelib chiqishi
to'g'risida tasavvurlar hukmronlik qilgan hamda bu tasavvurlar odat
da, afsonalar tarzida ifodalangan.
Siyosatshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar tarkibidan mustaqil
fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o‘rtalaridan XX asr
boshlariga qadar davom etdi. Xuddi shu davrda u mustaqil fan sifatida
to‘liq shakllandi. Bujarayonda siyosiy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan
ilmiy markazlar muhim rol uynadi.
1857-yil AQSHning Kolumbiya universitetida birinchi marta
ochilgan siyosiy fanlar kafedrasiga nemis muxojiri F.Liber rahbar
bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, 1830-yillardan boshlab siyosatshunoslik
fani AQSH oliy ta’lim jarayonlariga kiritila boshlangan. Keyinchalik
siyosatshunoslik fani AQSH va Yevropa jadal rivojlana boshglandi.
1871-yilda Fransiyada «Siyosiy fanlaming ozod (erkin) maktabi» ish
boshladi (hozir bu maktab Parij universitetining siyosiy tadqiqotlar
markaziga
aylangan).
AQSHning
Kolumbiya
universitetida
1880-yildan siyosiy fanlar maktabi, Angliyada 1895-yildan iqtisodiy
va siyosiy fanlaming London maktabi, 1903-yildan boshlab esa
siyosiy fanlaming Amerika assotsiatsiyasi faoliyat yurita boshladi.
Bugun bu assotsiatsiya 16 mingdan ortiq a’zoga ega.
1948-yili Parijda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha tashkiloti-YuNESKO tashabbusi bilan siyosatshunoslaming
xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada siyosatshunoslik
lanining tarkibi tizimlashtirildi va u to‘rtta blokka bo‘lindi:
1. Siyosiy nazariya: a) siyosiy nazariya; b) g‘oyalar tarixi.
2. Siyosiy institutlar: a) konstitutsiya; b) markaziy hokimiyat;
d) mintaqaviy va mahalliy boshqamv; e) davlat muassasalari; e)
hokimiyatning iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari.
3. Partiyalar, gumhlar va ijtimoiy fikr: a) siyosiy partiyalar;
b) gumhlar va birlashmalar; d) fuqarolaming hukumatda va
ma’muriyatda qatnashishi; e) jamoatchilik fikri.
4. Xalqaro munosabatlar: a) xalqaro siyosat; b) xalqaro tashkilotlar;
(I) xalqaro huquq.
Konferensiyada YuNESKO a’zolari bo‘lgan mamlakatlar oliy
19
ta’lim tizimida siyosatshunoslikni fan sifatida o ‘qitishni yo‘lga
qo‘yish taklif etildi. Siyosiy tadqiqotlaming, shuningdek, bevosita
siyosatshunoslik fanining rivojlanishida 1949-yilda BMTning
YuNESKO
tashkiloti
homiyligida
Siyosiy
Fanlar
Xalqaro
Assotsiatsiyasining tuzilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1956-yilda
Fransiyada siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasi joriy etildi.
Siyosatshunoslik fanining institutsionallashuvida XX asming70-
yillarida mazkur fanning jahon miqyosida tan olingan o‘quv standar-
tining qabul qilinishi hal qiluvchi rol o ‘ynadi. Unga ko‘ra siyosatshu
noslik fanining strukturasiga quyidagi 8 ta yo‘nalish kiritildi:
1. Siyosat haqidagi fan: tadqiqot sohasi va nazariya.
2. Mikro siyosatshunoslik nazariyasi.
3. Makro siyosatshunoslik nazariyasi.
4. Nohukumat siyosat.
5. Davlat hokimiyatining institutlari va jarayonlari.
6. Siyosat va siyosatni amalga oshirish.
7. Tadqiqot srategiyasi.
8. Xalqaro siyosat.
Shu jihatdan, jahon davlatlarida bugungi kunda o‘zga xos siyo
satshunoslik maktablari shakllandi. Masalan:
>
AQSH-Buyuk
Britaniya
siyosatshunoslik
maktabi
(S.Lipset, K.Rayt, S.Xantington, G.Morgentau, J.Sartari va boshq.).
Tadqiqot sohasi-siyosiy modemizatsiya, barqarorlik, siyosiy moja-
rolar, tashqi siyosiy masalalaming ishlab chiqilishi.
>
Fransuz siyosatshunoslik maktabi (M.Dyuverje, J.Burdo,
M.Kroze,R.Aron va boshq.). Tadqiqot sohasi - siyosiy rejimlar
tipologiyasi, legitimlik, partiyaviy-siyosiy infratuzilma masalalari-
ning o ‘rganilishi. Fransiya siyosatshunosligining o ‘ziga xos jihati
siyosiy fanning asta-sekin Konstitutsiyaviy huquqdan ajralishi
va, asosan, siyosiy institutlar va munosabatlar, saylov tizimlari
va saylovlar, ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘liq masalalaming
o ‘rganilishidir.
>
Nemis siyosatshunoslik maktabi (P.Mayer, K.Fon Beyme,
l.Fetcher, Xanna Arendt). tadqiqot sohasi-hozirgi zamon siyosat na-
20
zariyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida-siyosiy tizim-
larning qiyosiy tahlili, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning amal
qilishi muammolari, siyosiy ta’limotlar tarixini o ‘rganishga katta
e ’tibor qaratilmoqda. Bunda nemis siyosatshunosligining doimiy
rivojlanib borayotgan tamoyili bu boradagi siyosiy tadqiqotlar doira-
sining kengayishidir.
Biroq sobiq Ittifoq va unga mafkuraviy tobe davlatlarda
siyosatshunoslik fani o ‘qitilmadi, fanga doir biror jumal yoki gazeta
nashr etilmadi. Chunki mustabid tuzum fuqarolaming siyosat ilmidan
xabardor bo‘lishlari ularda kommunistik partiya va sovet davlati
siyosatiga nisbatan tanqidiy, hech bo‘lmasa tahliliy yondashuvni
shakllantirishidan xavfsirar edi. Faqat sobiq Ittifoqning parchalanishi
tezlashgach, ya’ni 1989-yildan boshlab Rossiyada bu fan plyuralistik
asosda mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Sovetlardan keyingi
makonda tashkil topgan mustaqil davlatlarda siyosiy ta’lim va siyosiy
madaniyat masalalariga qiziqish ommaviy tarzda keskin kuchayib
ketdi.
Jumladan, 0 ‘zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo‘lga
kiritilishi siyosiy fanlami o‘rganish va o ‘qitishga nisbatan eskicha
yondashuvlami batamom o‘zgartirib yubordi. Mustaqillik sharoitida
oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki choralaridan biri
mamlakatimizda siyosatshunoslik fanini o ‘rganish va o ‘qitishga
kirishishdan iborat bo‘ldi. Mamlakatimiz oliy o ‘quv yurtlarida
1992-yildan boshlab siyosatshunoslik fanini o ‘qitish yo‘lga qVyildi.
1992-yil 23-sentabrda 0 ‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan
Politologiya va boshqaruv instituti tugatilib, uning bazasida Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. Ana shu davrdan
boshlab Respublikamiz ta’lim tizimlarida, asosan Oliy ta’lim tizimida
siyosatshunoslik fanini o‘qitishning normativ, uslubiy asoslari shakl-
lailtirila boshlandi. Mamlakatimiz mutaxassislari sa’y-harakatlari bi
lan bevosita dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratila bosh
landi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti
va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik insti
tuti kabi yurtimizning oliy ta’lim maskanlarida siyosatshunos kadrlar
21
tayyorlash ishlari boshlangan edi. Ayni paytda ilmiy siyosatshunos
kadrlar tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston siyosatshunoslik maktabi tadqiqot sohasi sifatida-
qiyosiy siyosiy tizimlar, xorijiy mamlakatlaming demokratlashtirish
tajribasi, siyosiy institutlaming shakllanishi va rivojlanishi, siyosiy
modemizatsiya muammolarini keltirish mumkin. 0 ‘zbekistonda
siyosatshunoslik fani rivojlanishida Z.M unavarov, R.Jumayev,
S. Jurayev, B.Iminov, l.Ergashev, A.Qodirov, Sh.G‘oyibnazarov,
R.Farmonov, X.Odilqoriyev, S.Otamurodov, U.Idirov, D.Razzoqov,
F.Sharopov, N.To‘laganova, N.Jo‘rayev, B.Aliyev, T.Hoshimov,
A.Xaydarov, M.Qirg‘izboyev, Q .Jo‘rayev, Sh.Akromov, G.Yusupova,
X.Jabborov, S.G‘ofurov kabi olimlaming hissalari katta. Bugun mam-
lakatimiz oliy o‘quv yurtlarida siyosatshunoslik fani nufuzini yanada
yuksaltirish borasida ko‘plab yosh iqtidorli olimlar samarali mehnat
qilmoqdalar
Siyosatshunoslik fanining boshqa fanlar bilan o ‘zaro aloqalari
borasida to ‘xtaladigan bo‘lsak, u tarix, falsafa, sotsiologiya,
huquqshunoslik, geografiya, iqtisodiyot va boshqa fanlaming
konseptual xulosalari, uslublari, paradigmalaridan keng foydalanadi.
Hozirgi vaqtda qaysi nuqtada tarix, inson geografiyasi,
antropologiya va psixologiya tugab, undan keyin siyosat boshlanishini
aytish mushkul. Bu yerda siyosatshunoslik boshqa ijtimoiy fanlar
bilan qanday bog‘liqligi bo‘yicha qisqacha m a’lumotlar keltirilgan3.
Siyosatning boshqa fanlar bilan aloqadorligi:
7araf-siyosatshunoslar uchun asosiy sanalami aniqlaydigan manba
sanaladi. Qachonki biz uchinchi fransuz Respublikasining (1871-1940
yy.) siyosatini, Franklin Ruzvelt (1933-1945) davrida prezidentlik
hokimiyatining yuksalishini va “Sovuq urush” singari yaqin o‘tmishdagi
voqealami muhokama etganimizda, biz tarixni o‘rganamiz. Ammo
tarixchilar va siyosatshunoslar turli narsalami qidirishadi va sanalarga
turlicha yondashishadi. Ingliz tarixchisi ta’kidlaganidek, “Tarix-bu
o‘tmishdagi siyosat, siyosat esa-bu hozirgi tarixdir”.
Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science:
An Introduction. New Jersey: Pearson, 2013.-P.2-19.
22
Odatda, tarixchilar biror voqelikni tafsilotlarigacha o‘rganishadi,
mav/u yuzasidan hujjatlami, arxiv va memuarlami kovlashadi.
Ular
sanalarga
alohida
e’tibor
qaratishadi,
ammo
ulami
umumiylashtirishmaydi. Siyosatshunoslar esa umumiylashtirishga
katta e’tibor qaratishdan boshlashadi. Ular tarixchilar topilmalaridan
foydalanishlari, ulami qiyoslashlari va ularga qarshilik qilishlari
mumkin. Tarixchilar Veymar Germaniyasi (1919—1933)ni butun
tafsilotlari bilan o‘rganishlari mumkin. Siyosatshunoslar esa o ‘sha
vaqtdagi Fransiya, Italiya va Rossiya holatini ham birgalikda
o‘rganishlari, ulaming о ‘xshash va farqli jihatlariga e ’tibor qaratishlari
mumkin. Ayrim tarixchilar qiyosiy o ‘rganishga intilishadi va ular de
fakto siyosatshunos hisoblanishadi. Siyosatshunoslikning muhim
funksiyasi borki, uni tarixdan to‘liq ajratish imkonini beradi-bu
kelajaknidagi siyosiy voqeliklarlar rivojini bashorat qilish (prognoz)
ni o ‘rgatish funksiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |