Siyosatshunoslikka


partiyalari, tashkilotlar va harakatlar faoliyatini bevosita tadqiq



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)


partiyalari, tashkilotlar va harakatlar faoliyatini bevosita tadqiq 
qilish va boshq.
Siyosatshunoslik ham boshqa fanlar kabi o ‘z kategoriyalariga 
yoki o‘ziga xos tushunchalariga ega. Ular jamiyatda yuz beradigan 
siyosiy voqea-hodisalami, siyosiy jarayonlami, siyosiy hayotni, 
siyosiy munosabatlami, davlatlaming ichki, tashqi, xalqaro jabhadagi 
siyosatini xilma-xil muammolarini ifodalashga xizmat qiladi. 
Siyosatshunoslik kategoriyalari sifatida quyidagilami sanab o‘tish 
mumkin: siyosat, siyosiy hokimiyat, jamiyat siyosiy tizimi, davlat 
va nohukumat tashkilotlar, siyosiy partiyalar, siyosiy munosabatlar, 
siyosiy ong, siyosiy madaniyat, demokratiya, xalqaro siyosiy 
muammolar, xalqaro munosabatlar, siyosatning subyekti, obyekti, 
siyosiy mafkura, saylovlar va boshqa tushunchalar.
3. Siyosatshunoslikning fan sifatida shakllanishi va boshqa
fanlar bilan o‘zaro aloqalari
Siyosat va siyosiy faoliyatning vujudga kelishi eng qadimgi 
zamonlardan boshlanar ekan, tabiiyki, siyosat haqidagi dastlabki 
risolalar va siyosiy qarashlar ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Si- 
yosatni anglashning tarixan dastlabki shakli uning diniy-afsonaviy 
talqini bo‘lib, miloddan avvalgi II—I ming yilliklarda barcha qadimgi
18


xalqlarda hokimiyatning va ijtimoiy tuzumning ilohiy kelib chiqishi 
to'g'risida tasavvurlar hukmronlik qilgan hamda bu tasavvurlar odat­
da, afsonalar tarzida ifodalangan.
Siyosatshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar tarkibidan mustaqil 
fan sifatida ajralib chiqish jarayoni XIX asr o‘rtalaridan XX asr 
boshlariga qadar davom etdi. Xuddi shu davrda u mustaqil fan sifatida 
to‘liq shakllandi. Bujarayonda siyosiy tadqiqotlar bilan shug‘ullangan 
ilmiy markazlar muhim rol uynadi.
1857-yil AQSHning Kolumbiya universitetida birinchi marta 
ochilgan siyosiy fanlar kafedrasiga nemis muxojiri F.Liber rahbar 
bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, 1830-yillardan boshlab siyosatshunoslik 
fani AQSH oliy ta’lim jarayonlariga kiritila boshlangan. Keyinchalik 
siyosatshunoslik fani AQSH va Yevropa jadal rivojlana boshglandi. 
1871-yilda Fransiyada «Siyosiy fanlaming ozod (erkin) maktabi» ish 
boshladi (hozir bu maktab Parij universitetining siyosiy tadqiqotlar 
markaziga 
aylangan). 
AQSHning 
Kolumbiya 
universitetida 
1880-yildan siyosiy fanlar maktabi, Angliyada 1895-yildan iqtisodiy 
va siyosiy fanlaming London maktabi, 1903-yildan boshlab esa 
siyosiy fanlaming Amerika assotsiatsiyasi faoliyat yurita boshladi. 
Bugun bu assotsiatsiya 16 mingdan ortiq a’zoga ega.
1948-yili Parijda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari 
bo‘yicha tashkiloti-YuNESKO tashabbusi bilan siyosatshunoslaming 
xalqaro konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiyada siyosatshunoslik 
lanining tarkibi tizimlashtirildi va u to‘rtta blokka bo‘lindi:
1. Siyosiy nazariya: a) siyosiy nazariya; b) g‘oyalar tarixi.
2. Siyosiy institutlar: a) konstitutsiya; b) markaziy hokimiyat;
d) mintaqaviy va mahalliy boshqamv; e) davlat muassasalari; e) 
hokimiyatning iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari.
3. Partiyalar, gumhlar va ijtimoiy fikr: a) siyosiy partiyalar; 
b) gumhlar va birlashmalar; d) fuqarolaming hukumatda va 
ma’muriyatda qatnashishi; e) jamoatchilik fikri.
4. Xalqaro munosabatlar: a) xalqaro siyosat; b) xalqaro tashkilotlar; 
(I) xalqaro huquq.
Konferensiyada YuNESKO a’zolari bo‘lgan mamlakatlar oliy
19


ta’lim tizimida siyosatshunoslikni fan sifatida o ‘qitishni yo‘lga 
qo‘yish taklif etildi. Siyosiy tadqiqotlaming, shuningdek, bevosita 
siyosatshunoslik fanining rivojlanishida 1949-yilda BMTning 
YuNESKO 
tashkiloti 
homiyligida 
Siyosiy 
Fanlar 
Xalqaro 
Assotsiatsiyasining tuzilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1956-yilda 
Fransiyada siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasi joriy etildi.
Siyosatshunoslik fanining institutsionallashuvida XX asming70- 
yillarida mazkur fanning jahon miqyosida tan olingan o‘quv standar- 
tining qabul qilinishi hal qiluvchi rol o ‘ynadi. Unga ko‘ra siyosatshu­
noslik fanining strukturasiga quyidagi 8 ta yo‘nalish kiritildi:
1. Siyosat haqidagi fan: tadqiqot sohasi va nazariya.
2. Mikro siyosatshunoslik nazariyasi.
3. Makro siyosatshunoslik nazariyasi.
4. Nohukumat siyosat.
5. Davlat hokimiyatining institutlari va jarayonlari.
6. Siyosat va siyosatni amalga oshirish.
7. Tadqiqot srategiyasi.
8. Xalqaro siyosat.
Shu jihatdan, jahon davlatlarida bugungi kunda o‘zga xos siyo­
satshunoslik maktablari shakllandi. Masalan:
>
AQSH-Buyuk 
Britaniya 
siyosatshunoslik 
maktabi 
(S.Lipset, K.Rayt, S.Xantington, G.Morgentau, J.Sartari va boshq.). 
Tadqiqot sohasi-siyosiy modemizatsiya, barqarorlik, siyosiy moja- 
rolar, tashqi siyosiy masalalaming ishlab chiqilishi.
>
Fransuz siyosatshunoslik maktabi (M.Dyuverje, J.Burdo, 
M.Kroze,R.Aron va boshq.). Tadqiqot sohasi - siyosiy rejimlar 
tipologiyasi, legitimlik, partiyaviy-siyosiy infratuzilma masalalari- 
ning o ‘rganilishi. Fransiya siyosatshunosligining o ‘ziga xos jihati 
siyosiy fanning asta-sekin Konstitutsiyaviy huquqdan ajralishi 
va, asosan, siyosiy institutlar va munosabatlar, saylov tizimlari 
va saylovlar, ijtimoiy boshqaruv bilan bog‘liq masalalaming 
o ‘rganilishidir.
>
Nemis siyosatshunoslik maktabi (P.Mayer, K.Fon Beyme,
l.Fetcher, Xanna Arendt). tadqiqot sohasi-hozirgi zamon siyosat na-
20


zariyasining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida-siyosiy tizim- 
larning qiyosiy tahlili, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning amal 
qilishi muammolari, siyosiy ta’limotlar tarixini o ‘rganishga katta 
e ’tibor qaratilmoqda. Bunda nemis siyosatshunosligining doimiy 
rivojlanib borayotgan tamoyili bu boradagi siyosiy tadqiqotlar doira- 
sining kengayishidir.
Biroq sobiq Ittifoq va unga mafkuraviy tobe davlatlarda 
siyosatshunoslik fani o ‘qitilmadi, fanga doir biror jumal yoki gazeta 
nashr etilmadi. Chunki mustabid tuzum fuqarolaming siyosat ilmidan 
xabardor bo‘lishlari ularda kommunistik partiya va sovet davlati 
siyosatiga nisbatan tanqidiy, hech bo‘lmasa tahliliy yondashuvni 
shakllantirishidan xavfsirar edi. Faqat sobiq Ittifoqning parchalanishi 
tezlashgach, ya’ni 1989-yildan boshlab Rossiyada bu fan plyuralistik 
asosda mustaqil fan sifatida rivojlana boshladi. Sovetlardan keyingi 
makonda tashkil topgan mustaqil davlatlarda siyosiy ta’lim va siyosiy 
madaniyat masalalariga qiziqish ommaviy tarzda keskin kuchayib 
ketdi.
Jumladan, 0 ‘zbekistonda ham davlat mustaqilligining qo‘lga 
kiritilishi siyosiy fanlami o‘rganish va o ‘qitishga nisbatan eskicha 
yondashuvlami batamom o‘zgartirib yubordi. Mustaqillik sharoitida 
oliy ta’lim tizimini takomillashtirishning dastlabki choralaridan biri 
mamlakatimizda siyosatshunoslik fanini o ‘rganish va o ‘qitishga 
kirishishdan iborat bo‘ldi. Mamlakatimiz oliy o ‘quv yurtlarida 
1992-yildan boshlab siyosatshunoslik fanini o ‘qitish yo‘lga qVyildi. 
1992-yil 23-sentabrda 0 ‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan 
Politologiya va boshqaruv instituti tugatilib, uning bazasida Jahon 
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil etildi. Ana shu davrdan 
boshlab Respublikamiz ta’lim tizimlarida, asosan Oliy ta’lim tizimida 
siyosatshunoslik fanini o‘qitishning normativ, uslubiy asoslari shakl- 
lailtirila boshlandi. Mamlakatimiz mutaxassislari sa’y-harakatlari bi­
lan bevosita dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar yaratila bosh­
landi. Shuningdek, 0 ‘zbekiston Milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti 
va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik insti­
tuti kabi yurtimizning oliy ta’lim maskanlarida siyosatshunos kadrlar
21


tayyorlash ishlari boshlangan edi. Ayni paytda ilmiy siyosatshunos 
kadrlar tayyorlash ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.
0 ‘zbekiston siyosatshunoslik maktabi tadqiqot sohasi sifatida- 
qiyosiy siyosiy tizimlar, xorijiy mamlakatlaming demokratlashtirish 
tajribasi, siyosiy institutlaming shakllanishi va rivojlanishi, siyosiy 
modemizatsiya muammolarini keltirish mumkin. 0 ‘zbekistonda 
siyosatshunoslik fani rivojlanishida Z.M unavarov, R.Jumayev,
S. Jurayev, B.Iminov, l.Ergashev, A.Qodirov, Sh.G‘oyibnazarov, 
R.Farmonov, X.Odilqoriyev, S.Otamurodov, U.Idirov, D.Razzoqov, 
F.Sharopov, N.To‘laganova, N.Jo‘rayev, B.Aliyev, T.Hoshimov, 
A.Xaydarov, M.Qirg‘izboyev, Q .Jo‘rayev, Sh.Akromov, G.Yusupova, 
X.Jabborov, S.G‘ofurov kabi olimlaming hissalari katta. Bugun mam- 
lakatimiz oliy o‘quv yurtlarida siyosatshunoslik fani nufuzini yanada 
yuksaltirish borasida ko‘plab yosh iqtidorli olimlar samarali mehnat 
qilmoqdalar
Siyosatshunoslik fanining boshqa fanlar bilan o ‘zaro aloqalari 
borasida to ‘xtaladigan bo‘lsak, u tarix, falsafa, sotsiologiya, 
huquqshunoslik, geografiya, iqtisodiyot va boshqa fanlaming 
konseptual xulosalari, uslublari, paradigmalaridan keng foydalanadi.
Hozirgi vaqtda qaysi nuqtada tarix, inson geografiyasi, 
antropologiya va psixologiya tugab, undan keyin siyosat boshlanishini 
aytish mushkul. Bu yerda siyosatshunoslik boshqa ijtimoiy fanlar 
bilan qanday bog‘liqligi bo‘yicha qisqacha m a’lumotlar keltirilgan3.
Siyosatning boshqa fanlar bilan aloqadorligi:
7araf-siyosatshunoslar uchun asosiy sanalami aniqlaydigan manba 
sanaladi. Qachonki biz uchinchi fransuz Respublikasining (1871-1940 
yy.) siyosatini, Franklin Ruzvelt (1933-1945) davrida prezidentlik 
hokimiyatining yuksalishini va “Sovuq urush” singari yaqin o‘tmishdagi 
voqealami muhokama etganimizda, biz tarixni o‘rganamiz. Ammo 
tarixchilar va siyosatshunoslar turli narsalami qidirishadi va sanalarga 
turlicha yondashishadi. Ingliz tarixchisi ta’kidlaganidek, “Tarix-bu 
o‘tmishdagi siyosat, siyosat esa-bu hozirgi tarixdir”.
Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: 
An Introduction. New Jersey: Pearson, 2013.-P.2-19.
22


Odatda, tarixchilar biror voqelikni tafsilotlarigacha o‘rganishadi, 
mav/u yuzasidan hujjatlami, arxiv va memuarlami kovlashadi. 
Ular 
sanalarga 
alohida 
e’tibor 
qaratishadi, 
ammo 
ulami 
umumiylashtirishmaydi. Siyosatshunoslar esa umumiylashtirishga 
katta e’tibor qaratishdan boshlashadi. Ular tarixchilar topilmalaridan 
foydalanishlari, ulami qiyoslashlari va ularga qarshilik qilishlari 
mumkin. Tarixchilar Veymar Germaniyasi (1919—1933)ni butun 
tafsilotlari bilan o‘rganishlari mumkin. Siyosatshunoslar esa o ‘sha 
vaqtdagi Fransiya, Italiya va Rossiya holatini ham birgalikda 
o‘rganishlari, ulaming о ‘xshash va farqli jihatlariga e ’tibor qaratishlari 
mumkin. Ayrim tarixchilar qiyosiy o ‘rganishga intilishadi va ular de 
fakto siyosatshunos hisoblanishadi. Siyosatshunoslikning muhim 
funksiyasi borki, uni tarixdan to‘liq ajratish imkonini beradi-bu 
kelajaknidagi siyosiy voqeliklarlar rivojini bashorat qilish (prognoz) 
ni o ‘rgatish funksiyasidir.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish