Siyosatshunoslik


muhandis nomini olgan, ulug‘ m a’rifatparvar  va shoir  Ahmad Donishdk


bet55/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

muhandis
nomini olgan, ulug‘ m a’rifatparvar 
va shoir 
Ahmad Donishdk
(1827—1897). U madrasa ta’limini 
olgach tarix, adabiyot, astronomiya, geometriya, tibbiyot, 
hattotlik, musiqiy san’at sohalarini mustaqil o‘rgangan. XIX 
asrning 50-yillari o‘rtalarida amir Nasrulloh saroyida bosh hattot 
va rassom sifatida ish boshlagan Donish Buxoro amirlari 
topshirig‘i bilan Rossiyaga yuborilgan elchilar safida uch marta
— 1856, 1869, 1873—1874-yillarda Peterburgda bo‘lgan edi. 
Ahmad Donish Buxoro va Rossiya taraqqiyotidagi tafovutni 
amalda ko‘rib, taqqoslaydi va unda mahalliy hukmdorlar ichki 
va tashqi siyosatiga nisbatan tanqidiy munosabat yanada chu- 
qurlashadi. 0 ‘z safari taassurotlari hamda qozilik faoliyatida 
to ‘plagan tajribalari asosida olim Buxoro ijtimoiy-iqtisodiy tu- 
zilishida sotsial-iqtisodiy o‘zgarishlar zarur, degan qat’iy xulosaga 
keladi. Uning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari aks etgan 
«Navodirul-vaqoye» («Nodir voqealar») va «Risolai tarixi amiron 
mang‘it» («Mang‘it amirlari tarixi haqida risola») kabi mashhur 
asarlari yuqoridagi sabablarga ko‘ra yaratiladi. Bu asarlarda amir- 
likning boshqaruv tizimi, undagi xalqlaming ahvoli, Rossiya 
bilan bo‘lib o'tgan urush masalalari yoritilgan.
Ahmad Donish davlat boshqaruv tizimini tubdan o‘zgarti- 
rish haqidagi mulohazalarida mang‘it amirlari hamda amaldor- 
lari xatti-harakatlarini qattiq tanqid qilib, «xalq axloqining tu- 
zalishidan ilgari podshoh va hukumat amaldorlari axloqining 
tuzalishi zarurroq. Chunki podshoh axloqli bo‘lsa bir shaharga 
emas, balki viloyatga, hattoki butun bir iqlimga ta’siri o‘tadi. 
Shuningdek, podshohning m a’nan buzuqligi ham butun 
mamlakat xalqining buzilishiga sabab bo‘ladi» qabilidagi fikrlami 
yozadi. Masalan, Buxoro vazoratini (Bosh vazir) egallagan 
M uhammad qushbegi shunchalik ojiz, besavod va aqlsiz 
bo‘lganki, u butun «iqtidori»ni davlatning ayanchli ahvoli 
haqidagi zarracha to‘g‘ri fikmi ham amirga yetkazmaslikka 
sarflagan. Chunki adolat, diyonat, insof talabidagi har qanday 
gap am irning kayfiyatiga yom on t a ’sir o ‘tk azib , uni 
g‘azablantirgan.
85


Donishning iqroriga ko'ra, «quruq xushomad, bema’ni maq- 
tovlar bilan davlatning islilari o‘nglanmaganidek, xalqning ahvoli 
ham yaxshilanmaydi»1.
Umuman, Ahmad Donish o‘z «Risola»sida amir Doniyol- 
dan (1758—1785) to amir Abdulahadgacha (1885—1910) bo'lgan 
(amir Shohmuroddan tashqari) barcha Buxoro amirlarini davlat 
va uning fuqarolari farovonligi yo‘lida emas, balki faqat o‘z 
shaxsiy manfaatlari yo‘lida qayg'urgan no‘noq hukmdorlar 
sifatida ta’riflaydi. Shu o‘rinda Ahmad Donishning quyidagi 
fikrlari e’tibomi tortadi: «Ular, — deb yozadi Donish, — nimani 
topishsa o'shani olib qo‘yishar, beva-bechoralar shamchirog‘idagi 
olovdan tortib, vaqf omboridagi g‘allagacha o‘g‘irlashar, qorin 
g‘ami va quvonch-u xursandliklariga xizmat qilsa bo‘ldi edi. 
Hech kim qarshilik ko‘rsatishga ju r’at etmasdi. Amirlar va 
hokimlar orasida qimorbozlik, mayxo‘rlik va buzuqchilik avj 
oldi, dehqon va hunarmandlarda esa shafqatsizlik, ezish, soliqlar 
va aminona, vakilona kabi yig‘imlar serobligidan na turish, na 
yurishga hoi qoldi».2
Mamlakat amaldorlarining suiiste’molchiliklad, hokimlar va 
amirlaming ochko‘zligi, o‘z xatti-harakatlarini oqlash uchun 
diniy qonun-qoidalardan foydalanishi, sxolastik xususiyat kasb 
etuvchi ta’limning ayanchli ahvoli, davlat mustaqilligini saq- 
lashga qaratilgan aniq tashqi iqtisodiy harakatlarning yo‘qligi, 
mintaqada yangi yerlarni bosib olishga yo‘naltirilgan ancha tor 
intilishlar, xalqning qashshoq ahvoli o‘sha zamonning umumiy 
ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy manzarasini tashkil etardi. Rost so‘z, 
to‘g‘ri fikrning bir chaqalik qiymati bo‘lmagan ana shunday 
qaltis sharoit va og‘ir muhitda saroy xizmatida bo‘lgan Ahmad 
Donish islohotchilikning aniq takliflarini, jiddiy, lekin mutlaq 
to‘g‘ri tanqidiy mulohazalarini ayta oldi. Uning fikricha, «hasad- 
go'ylik, takabburlik, ko‘rolmaslik, ittifoqsizlik kabi chirkin il- 
latlar «boshqalarga qaraganda musulmonlarda ko‘proqdir»3.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish