Siyosatshunoslik


bet58/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Mahmudxo'ja Behbudiy
(1875— 
1919) edi. O'tgan asrning boshlarida Turkiston va undan tash- 
qarida ham zamonasining ko‘zga ko'ringan ziyolisi sifatida 
mashhur bo‘lgan Behbudiy to‘g‘risida Fayzulla Xo‘jayevning 
«Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan unga 
teng kela oladigani bo‘lmasa kerak», deb yozishi bejiz emas edi, 
albatta. Siyosiy qarashlarida kadetlami qo‘llagan M. Behbudiy 
«Xurshid» gazetasida (1906-yil 10-oktabr, 6-son) chop etilgan 
«Ishlarning yaxshisi o ‘rtachasidur» maqolasida sotsialistik 
ta’limotni va bolsheviklar partiyasi — RSDRP(b) dasturini keskin 
rad etib, ularni turkistonliklar uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lgan 
utopiya deb atagan edi. Chunki jadidlar nazarida marksizmning 
eng yomon jihatlari xususiy mulkni inkor etish va dahriylik (ate- 
izm) edi.
Jadidlarning siyosiy qarashlari milliy mahdudlikni rad etar, 
ular Turkistondagi barcha millat va elatlarni birlashtirishga, 
jamiyatni har qanday kelishmovchilik va ziddiyatlardan xoli 
qilishga intilardilar. M ahmudxo‘ja Behbudiy bu xususda 
quyidagilarni yozgan edi: «Turkiston musulmonlariga lozimki, 
aw alo, qadim va jadid nizo lafzini qo‘yib, ittifoq istasak. 
Turkiston musulmonlari bundagi rusiy, yahudiy va boshqalar 
bilan qo‘shilgan holda, o‘z boshlariga Rusiyaning bir parchasi 
hisoblana turgan Turkiston hukmini (hukumatini) ta’sis etsak, 
o‘zimizning majlis-mashvaratimiz (parlament) bo‘lsin desak, 
Turkiston musulmonlari shariat va odatlariga, o‘z zakun (qonun) 
va dinlariga muvofiq tiriklik qilsinlar. Turkiston yahudiylari, 
nasroniylari va musulmonlari uchun hammalarining manfaat­
larini e’tiborga olaturg‘on qonunlar tuzilsin. Agarda biz — Tur­
kiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni... ittifoq 
etib, bugundan islohotga qadam qo'ysalar... ziyoli va taraqqiy- 
parvarlarimiz, boy va ulamomiz birlashib, din va millat, Vatan 
rivoji uchun xizmat etsak... 0 ‘zimizdan bora-bora tadrijiy su- 
ratda askarlarimiz bo‘lsin. U1 milliy askarlarimizning vazifasini, 
qiyofat va shaklini, libos va maishat tarzini o‘zimiz tayin qilurmiz. 
Mana, bizning oldimizda eng katta ishlar turibdir... Hozirgi 
ahvolga qaraganda, yana biz musulmonlar, ruslaming fuqarosi
89


va raiyati bo‘lgan o‘lkadek, alardan dast va rijoga qolurmiz. 
Koloniya (mustamlaka) qoidasi ila bizni idora eturlarki, bunga 
o‘z ixtilofimiz sabab bo'lur»1.
Ko‘rinib turibdiki, Behbudiyning qarashlarida milliy qadri- 
yatlarga bo‘lgan ixlos va ayni paytda Yevropa dunyosining tari­
xi, madaniyati, ta’lim tizimi, davlat qurilishi sohasidagi tajriba- 
larini o‘rganishga e’tibor katta o ‘rin tutgan. Shuningdek, 
Behbudiy millat o‘zini anglagandagina ijtimoiy-siyosiy masala- 
larga boshqalari bilan teng aralasha oladi, degan fikmi ilgari 
surib, tarixga alohida e’tibor berdi.
Jamiyatdagi huquqiy muammolar Behbudiyning diqqat mar- 
kazida bo‘lib, uning «Qonuni Ovrupo», «Haq olinur, berilmas!», 
«Loyiha», «Qozi va biylar haqida loyiha» maqolalarida Turkis- 
tonda vujudga kelgan huquq sohasidagi og‘ir vaziyat bayon eti- 
ladi. Shuningdek, huquqiy masalalami hal qilishni ellikboshi va 
qozilar ixtiyoriga butunlay topshirib qo‘yilganligi oqibatida, ular 
nafaqat diniy, balki maishiy masalalami ham poraxo'rlik asosida 
bajarayotganliklari uchun rus hukumatini tanqid qiladi. Islom 
qonunchiligidan chuqur xabardor bo‘lgan muftiy Behbudiy o‘z 
shaxsiy manfaatlari yo‘lida shariat normalarini soxtalashtirayot- 
gan qozilarni qattiq tanqid ostiga olgan.
Behbudiy mustaqillikning kurashsiz qo‘lga kiritilmasligiga 
imoni komil bo‘lsa-da, lekin u mustamlakachilarga qarshi qon 
to'kishlarsiz kurash tarafdori bo‘lgan. Ya’ni, har qanday ko‘ri- 
nishdagi inqiloblaiga qarshi bo'lgan. Rossiya Dumasi ishini mun- 
tazam ravishda kuzatib borgan Behbudiy parlament kurashi or­
qali ko‘p narsalarga erishish mumkin, deb hisoblagan.
«Turkiston muxtoriyati»ning tashkil topishida Behbudiyning 
amaliy xizmatlari katta. U milliy-ozodlik harakatidagi tarqoqlik 
qaytadan mustamlaka tuzumiga olib kelishini yaxshi tushunar, 
shuning uchun muxtoriyat qo‘lga kiritilishi bilanoq «Agar bugun 
Turkiston xalqi ittifoq etsa, qon to‘kilmas. Yer va amlok ham 
taqsim bo‘lmay qolur. Oni ham ravo topur. Ming karra dod-u

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish