1
Izoh:
Abdumalik yoki Katta to'ra — amir Muzaffaming to‘ng‘ich o ‘g‘li bo‘lib,
1870-yilda Qarshida u boshchilik qilgan isyon bostirilgach, Peshovarga hijrat
qilgan.
2
Izoh:
Tarix umumiy bir qoida sifatida shuni ko‘rsatadiki, qaysi xalqda milliy
vijdon shakllangan bo'lsa, u yerda mustamlaka bo‘lib qolish xavfi mavjud bo'lmaydi.
Vataniy axloq esa Vatan manfaatlari uchun o‘z hayotini va eng sevgan narsalarini
fido qilishdan chekinmaslikdir.
83
Siyosatshunoslik ilmi nuqtayi nazaridan baholaganda mamla-
katda tizim buzuvchi jarayonlar batamom ustun bo‘lib qolgan.
To‘g‘ri, amalda ijtimoiy tizimni, u qanchalik mustahkam
bo‘lmasin, uzoq muddat avaylab ushlab turish qiyin. Tajriba
shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy jarayonlardagi noxushlikning oldini
olish, bunyodkorlikka erishish Sharq dunyosi sharoitida ko‘pgina
hollarda xalq va Vatan taqdiri uchun butun mas’uliyatni o‘z
zimmasiga oladigan fidoyi yetakchining hokimiyat tepasiga ke-
lishiga, uning kuchli irodasiga bog‘liq bo‘lgan. Biroq mahalliy-
chilikka berilgan har uchala xonlik davrida Markaziy Osiyoda
bunday yetakchi hokimiyat shakllanmadi. Aksincha, Markaziy
Osiyo davlatlari yetakchilari ham tashqi, ham ichki manfaatlarga
erishish uchun bir-biriga qarama-qarshi davlatlar va davlatlararo
guruhlar bilan til biriktirdilar. Masalan, Buxoro amirligi tashqi
siyosatida Eronga moyillik, Xiva xonligi siyosatida esa ko‘proq
Rossiyaga suyanish tamoyili sezildi. Buning oqibatida ichki pa-
rokandalik, ittifoqchilikni mustahkamlash o‘miga najotni chet-
dan izlash istagi ustun keldi. Bu hoi esa mustamlakachi davlat-
larning bosqinchilik istaklariga qo‘l keldi. Ma’naviy hushyorlik
sezgisi zaiflashib, oxir-oqibatda millatimiz tarixida uch asrdan
ziyodroq davom etgan inqirozga olib
keldi.
Markaziy Osiyoda ro‘y beigan bu tanazzul G ‘arb davlatlari
tashqi siyosatida XVII asr boshlaridan kuchayib boigan istilochi-
lik yurishlari bois yanada chuqurlashdi. G ‘arbda Sharq mamla-
katlariga nisbatan ustuvor yevropatsentrizm, buyuk davlatchilik
shovinizmi, mustamlakachilik va umumbashariy hakamlik sari
intilish bilan bog'liq bo'lgan g‘oyaviy-siyosiy amaliyot shakllandi.
Pirovardida har ikki sivilizatsiyaga mansub xalqlar, mamlakatlar
o‘rtasidagi ma’rifiy munosabat zaiflashdi. Oxir-oqibatda Marka
ziy Osiyo hududi jahon siyosatining chekka, ikkinchi darajali
obyektiga aylandi, siyosiy-ma’muriy tizim sifatida o‘z nufuzini
yo‘qotdi. Qariyb uch asr davom etgan siyosiy inqiroz va o‘zaro
nizolar oqibatida mintaqamiz xalqlari bir yuz o ‘ttiz yillik siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy qaramlikka duchor bo‘lishdi.
Bu davrda Markaziy Osiyo xalqlari siyosiy tafakkuri, iqtiso-
diy-ijtimoiy va madaniy hayoti qanday jarayonlar ta’sirida
kechganini o'rganishda o‘sha zamonlaming bevosita shohidi
84
bo'lgan olim-u fuzalolar merosini o‘rganish katta ahamiyat kasb
etadi. Shunday olimlardan biri tabiiy va aniq fanlardagi yuksak
salohiyati tufayli
Download Do'stlaringiz bilan baham: |