Siyosatshunoslik


Chingizxonning to'rasi nassi qoti’ emasdurkim, albatta kishi aning bila amal


bet53/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 Chingizxonning to'rasi nassi qoti’ emasdurkim, albatta kishi aning bila amal
qilmogi kerak, agar ota yomon ish qilg'on bo‘lsa, yaxshi ish bila badal qilmog*
kerak, — deb yozadi Bobur “Bobumoma”da.
81


saroydagi diplomatik tartiblariga isloh nazari bilan qarash, 
mo‘g‘ulcha iboralami imkon qadar turkiy, fors tillaridagi ata- 
malar bilan almashtirish mayli kuchayganligini isbotlaydi.
Bobur «Bobumoma»dan tashqari «Mubayyin» («Bayon etil­
gan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi» kabi risolalari, nafis g'azal 
va ruboiylari bilan islom qonunchiligi, she’riyat va til nazariyasi 
rivojiga muhim hissa qo£shgan. 1522-yilda o‘g‘li Humoyunga 
atab yozgan «Mubayyin» asarida soliq tizimi, soliq yig‘ishning 
qonun-qoidalarini nazmda bayon etgan. «Xatti Boburiy»da esa 
arab alifbosini turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili nuqtayi nazaridan 
birmuncha soddalashtirgan.
Umuman, Bobuming ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va badiiy 
qarashlari xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida munosib oerin 
egallaydi.
4. Markaziy Osiyoda XVII-XIX asrlarda ro‘y bergan
siyosiy inqiroz sabablari
Xalqimizning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari tarixiga 
doir ma’lumotlar, dalillar hamda tahlillar Sharq, xususan, 
Markaziy Osiyo IX—XII, XIV—XV asrlarda kuchli ijtimoiy-si- 
yosiy yuksalishni boshidan kechirganligini ko‘rsatadi. Biroq shu 
qadar yuksak sivilizatsiyani boshdan kechirgan mintaqamiz va 
millatimiz XVII-XIX asrlar mobaynida tanazzulga yuz tutgani 
va Rossiya imperiyasi mustamlakasiga aylangani ijtimoiy fan­
lar, jumladan, siyosatshunoslik nuqtayi nazaridan o'rganilishi 
zarur bo‘lgan masalalardandir.
0 ‘zbek milliy mustaqil davlatchiligini yanada mustahkam- 
lashda siyosiy tariximizdan bunday murakkab savollarga javob 
topish katta nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki 
xalq, millat va davlatning taqdirida faqatgina moddiy boyliklar 
emas, balki ma’naviy kuch-qudrat va salohiyat ham ko‘p narsani 
hal qiladi.
XVII-XIX asrlar mobaynida Markaziy Osiyo mintaqasida 
bir-biriga zid omillar, jarayonlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning 
keskinlashganini, kuchayganligini kuzatish mumkin. Ularni ti- 
zimni tuzuvchi va buzuvchi jarayonlar deb nomlash mumkin. 
Jumladan, Amir Temur va temuriylar hukmronligidan so‘ng
82


tinchlik, barqarorlik, fuqaroviy hamjihatlikka intilish, jamiyatni 
boshqarishda taraqqiyotni ta’minlovchi qadriyatlar, davlatchilik 
tajribasi, Vatan shon-shuhrati uchun qayg‘ura olish kabi tizimni 
barqarorlashtiruvchi jarayonlar birin-ketin barbod bo'lgan. Se- 
kin-asta ular o‘mini vayron qiluvchi quyidagi omillar egalladi:
1) mahalliy xalq o ‘rtasidagi parokandalik;
2) qabilachilik va urug'chilik kayfiyatining kuchayishi bois 
yagona xalqning bir-biriga yovlashishi;
3) birodarkushlik mojarolari (o‘zbek xonliklari, qolaversa, 
markaz hamda bekliklar o‘rtasida ro‘y bergan qonli to‘qnashuv- 
lar);
4) siyosiy, hududiy-madaniy yaxlitlikni saqlab qolishga qodir 
kuchlaming mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo‘lgani (Bobur 
va uning maslakdoshlari, Abdumalik to ‘ra‘ va boshqalarning 
qismati) va hokazolar.
Natijada, mamlakatimiz tarixidagi so‘nggi 400 yil mobayni­
da yo‘qotilgan ko‘pgina qadriyatlarimiz oqibatlari xalqimiz men- 
talitetida jiddiy asoratlar qoldirdi. So‘z va ish birligi buzildi. 
Milliy birlikka, milliy vijdon va vataniy axloqqa2 da’vat etish 
borasida jiddiy amaliy harakatlar izchil olib borilmaganligi, faqat 
etnik, sulolaviy va hududiy birlashish bilan qanoat qilish, Vatan 
va millat manfaatlarini tor shaxsiy manfaatlarga almashtirib yubo- 
rish kabi noxush jarayonlar kuchaydi.
Hokimiyatga kelgan yangi, ammo taraqqiyot uchun yaroqsiz 
kuchlar — xonlar sulolalari xalq ehtiyojlari, fuqarolarning hayotiy 
m anfaatlarini his etish va ifodalashga zaiflik qilganlar. 
Mahalliychilik va mintaqaviy mojarolar girdobiga tushib qolgan 
mamlakat Buxoro amirligi, Xiva va Qoeqon xonliklariga bo‘li- 
nib ketgan. Shaxsiy va urug‘chilik manfaatlarining ustuvor ahami­
yat kasb etishi mamlakatda boshboshdoqlikni keltirib chiqardi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish