Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet16/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

Siydik chiqarish kanali (urethra). Siydik chiqarish kanalining tashqi teshigi klitordan 2-3 sm orqada bo’lib, yumaloq, ba’zan yoriq, yulduz yoki yarim oy shaklidadir. Uretraning bo’yi ayollarda 3-4 sm, eni o’zgaruvchan, kanali oson cho’ziladi (diametri 1 sm gacha boradi va undan ham oshadi). Uretra kanali deyarli to’ppa-to’gri yo’naladi, picha yuqoriga egilgan bo’ladi. Uretra boshidan oxirigacha qinning oldingi devoriga qo’shilgan. Qin devorining shu qismi milkka o’xshab picha do’ppayib turadi.
Uretraning ichki yuzasi shilliq parda bilan qoplangan, bu parda uzunasiga burma-burma bo’lib yotadi.Uretraning shilliq pardasi silindrik epiteliy bilan qoplangan, faqat pastki bo’limi bundan mustasno bo’lib, ko’p kavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Shilliq pardada chuqurchalar (kriptalar) va bezlar bor. Muskul qavati bo’ylama va aylanma (sirkulyar) silliq muskul tolalardan tuzilgan.
Aylana yotgan (sirkulyar) muskul tolalari uretraning ichkari tomondagi uchida, qovuq yaqinida ichki sfinkter (qisuvchi muskul) ni hosil qiladi. Siydik chiqarish paytida ana shu sfinkter bo’shashadi. Uretraning tashqi teshigi atrofida tashqi sfinkter bor. Bu sfinkter siydik-tanosil diafragmasi (qov ravog’ini to’ldiradigan muskul-fassiya piastinkasi)ning tarkibiga kiruvchi ko’ndalang-targ’il muskul tolalaridan tarkib topadi.
Uretraning tashqi teshigidan yon tomonda nayga o’xshash tarmoqlanuvchi tuzilmalar-parauretral yo’llar (Skin bo’shligi) bor, bu yo’llarning bo’yi 1 -2 sm. Ulaming tashqi teshiklari uretraning shilliq pardasiga tashqi teshigi yaqinidan ochiladi.Parauretral yo’llarning sekreti uretraning tashqi teshigini namlab turadi.
Qizlik pardasi (hymen) -qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, iffatli qizlarda qin kirish qismini to’sib turadi. Qizlik pardasi tashqaridan va qin tomondan ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan, qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan negizida muskul elementlari, plastik tolalar, qon tomirlari, nervlar bor. Qizlik pardasining teshigi bo’ladi, bu teshikning shakli va joylashuvi har xil. Shunga yarasha qizlik pardasi halqasimon, yarim oy, kungirador va naysimon shaklda bo’ladi.
Birinchi jinsiy aloqada qizlik pardasi yirtiladi, ayni vaqtda yorilgan tomirlardan qon oqadi. Qizlik pardasidan gimenal so’rg’ichlar (carunculae hymenales) qoladi . Tug’ruqdan keyin qizlik pardasining bir-biridan yakkalangan ayrim parchalari saqlanib turadi, bular mirtasimon so’rg’ichlar (carunculae myrtiformes) deb ataladi. Qizlik pardasining shakli va jinsiy hayot hamda tug’ruq munosabati bilan o’zgarishi, sud meditsinasi amaliyotida katta ahamiyatga egadir.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish