Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet17/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

Ichki jinsiy a’zolar (Genitalia interna). Ichki jinsiy a’zolarga qin, bachadon, bachadon naylari (tuxum yo’llari) va tuxumdonlar kiradi.
Qin (vagina s. colpos) - kichik chanoqning o’rtasida yotgan naysimon, muskulli elastik a’zodir. Qin oldindan va pastdan orqaga ham yuqoriga qarab boradi, qizlik pardasidan boshlanib, bachadon bo’yniga yopishadigan joyda tugaydi. Qinning bo’yi va eni ancha o’zgaruvchan bo’ladi. Qinning oldingi devori o’rta hisobda 7-8 sm, orqa devori esa 1,5-2 sm dan uzunroq. Qin cho’ziluvchanligiga yarasha eni o’zgaradi, u o’rta hisobda 2-3 sm bo’ladi, shu bilan birga qinning pastki bo’limi torroq, yuqori bo’limi kenqroq. Qinning oldingi va orqa devorlari odatda bir-biriga tegib turadi, qin bo’shlig’ining ko’ndalang kesimi shaklan N xarfiga o’xshaydi. Qin bo’shlig’iga yuqoridan bachadon bo’ynining qindagi qismi (portio vaginalis) turtib chiqib turadi. Qin devorlari bachadon bo’ynining qindagi qismi atrofida gumbazsimon chuqurchalar hosil qiladi, ular qin gumbazlari deb ataladi.
Qin gumbazlari to’rtta: oldingi (bachadon bo’ynidan oldingi tomonda), orqadagi (bachadon bo’ynidan orqa tomonda), o’ng va chap gumbazlar.orqadagi gumbaz oldingi gumbazdan chuqurroq, jinsiy aloqada shahvat (sperma) orqadagi gumbazda to’planadi, urug’li suyuqlik (sperma) shu gumbazdan bachadon bo’ynining tashqi teshigiga, so’ngra bachadon bo’shlig’iga kiradi. Qin oldingi devorining yuqori bo’limi qovuq asosiga, pastki bo’limi siydik chiqarish kanali (uretra)ga taqalib turadi; qinning yuqori qismiga oldingi tomondan siydik yo’llari (ureterlar) ham yaqinlashib keladi (qovuqqa ochilish joyida). Qinning orqadagi devori to’gri ichakka taqalib turadi, ular o’rtasidagi kamgakning pastki qismida oraliq to’qimalari joylashadi. Ikki yon tomondan muskul tutamlari va kletchatkaqinni chanoqdan ajratib turadi. Qin devori uch qavat: shilliq parda, muskul qavati va o’rab turuvchi kletchatka (adventisiya)dan iborat. Glikogen hosil bo’lishi tuxumdonning follikulyar gormoniga bogliq.
Qin shilliq pardasida bezlar yo’q. Qin sekretiniig suyuq qismi qon va limfa tomirlaridan suyuqlik sizib chiqish yo’li bilan hosil bo’ladi: unga qin epiteliysining ko’chib tushuvchi hujayralari, mikroorganizmlar va leykositlar aralashadi. Qin sekreti oqimtir, o’ziga xos hidli, ozgina bo’lsa ham qin shilliq pardasining namlanishiga kifoya qiladi. Sog’lom ayol qin chiqindilarini sezmaydi. Balogatga yetish davrida qin sekreti sut kislota borligidan kislotali reaksiyada bo’ladi. Qin epiteliysining hujayralaridagi glikogen qin basillalari (Bacillus vaginalis)ning hayot faoliyati natijasida hosil bo’ladigan moddalar ta’sirida parchalanib, sut kislota hosil qiladi.
Qin basillalari (Doderleyn tayoqchalari) soglom ayollar qinida doim yashaydigan mikroorganizmlar (normal flora) hisoblanadi. Mikroflora xarakteriga qarab qin tozaligi to’rt darajaga bo’linadi. Bachadonning quyidagi qismlari farqlanadi: 1) tanasi (corpus), 2) bo’gzi (isthmus) va 3) bo’yni (cervix, collum). Bachadonning yuqori qismini tanasii deb atashadi. Bachadon tanasining gumbaz shaklida ko’tariladigan, bachadon naylarining yopishish chizigidan yuqoriroqdagi qismi bachadon tubi (fundus) deb ataladi.
Bachadon bo’gzi tanasi bilan bo’yni orasidagi qariib 1 sm uzunlikdagi qismidir. Bo’giz ichi kanal bo’lib, yuqorida bachadon bo’shlig’iga, pastda bachadon bo’ynining kanaliga qo’shilib ketadi. Bachadon bo’g’zi shilliq pardasining tuzilishi jihatidan bachadon tanasiga, devorining tuzilishi jihatidan bachadon bo’yniga o’xshaydi. Homiladorlik va tug’ruq vaqtida bachadon bo’g’zi tanasining pastki bo’limi bilan birgalikda bachadonning pastki segmentini hosil qiladi. Bachadonning oldingi devoriga qorin pardasi mahkam yopishadigan joy - pastki segmentning yuqori chegarasi, bachadon bo’yni kanalining ichki teshigi sathi bachadon pastki segmentning pastki chegarasi hisoblanadi. Qinda hosil bo’ladigan sut kislotasi qin basillalariga va shilliq pardasiga salbiy ta’sir etmaydi, ayni vaqtda sut kislota tashqi muhitdan qinga kiradigan patogen mikroorganizmlarni o’ldiradi. Shunday qilib, voyaga yetgan sog’lom ayolda «qinning o’z-o’zidan tozalanish» jarayoni sodir bo’lib turadi.
Qarilik davrida, shuningdek og’ir umumiy va ginekologik kasalliklarda tuxumdoniar faoiiyati susayadi, shilliq pardadagi glikogen kamayadi. Sut kislota kam ishlab chiqiladi, shuning natijasida qin sekreti ishqoriy reaksiyali bo’lib qolishi mumkin. Bunday sharoitda patogen bakteriyalar tashqaridan qinga kirib, rivojlana boshlaydi va normal mikroflora (qin basillalari) ni surib chiqaradi. Bachadon bo’yni bachadonning qinga suqilgan pastki qisqa va toraygan qismi.
Bachadon bo’ynining quyidagi qismlari bor: a) qin qismi (portio vaginalis) qin bo’shligiga turtib chiqib turadi va b) qin ustidagi qismi (portio supravaginal), qin devorlarining bachadon bo’yniga yopishadigan joyidan yuqoriroqda bo’ladi.
Bachadon bo’ynining ichida shilliq parda bilan qoplangan tor kanal bor. Bachadon bo’ynining kanali duk shaklida: yuqori va pastki uchi o’rtasiga nisbatan picha tor (6-rasm, Bachadon bo’yni kanalining yuqori uchi -ichki teshigi bachadon bo’g’zining kanaliga o’tadi; tashqi teshigi bachadon bo’ynining qindagi qismi markaziga ochiladi. Tug’magan ayollarda bachadon bo’yni kanalining tashqi teshigi yumaloq yoki oval shaklda. Tug’ruq vaqtida tashqi teshik yonlarining chaqalanishi natijasida shakli o’zgaradi.
Bachadonning bo’yi tug’magan ayollarda 7-8 sm, tuqqan ayollarda 9 sm, bachadon tanasi uzunligining 2/3 qismi tanasiga va '/3 qismi bo’yniga to’g’ri keladi. Bachadonning tubi sohasidagi eni 4-5,5 sm, devorlarining qalinligi 1-2 sm. Bo’yida bo’lmagan sog’lom ayol bachadonining vazni 50 g dan 100 g gacha boradi.
Bachadon bo’shlig’i uchburchak shaklida, bu uchburchakning uchi bachadon bo’ynining kanaliga, asosi bachadon tubiga qaragan: pastki burchagi bachadon bo’yni kanalining ichki teshigiga, yuqoridagi ikkita burchagi bachadon naylarining bachadon tomondagi uchlariga mos keladi (6-rasm, b ga qaralsin). Bachadon devorlari uch qavat: a) shilliq parda, b) muskul qavati, v) seroz qavati (qorin pardasi) dan iborat.
Bachadonning shilliq pardasi (endometrium) bir qavatli silindrik tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu tuklartebranganda suyuqlik bachadon bo’yni kanalining tashqi teshigiga qarab yo’l oladi. Qoplovchi epiteliy ostida shilliq pardaning qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan negizi (bazal qatlam) joylashadi, unda qon va limfa tomirlari, nervlar va bir talay bezlar bor. Bachadon tanasining shilliq pardasi bir-biridan picha chegaralangan ikki qavatga bo’linadi. Bachadon bo’shlig’iga qaragan yuza qavati hayz ko’rish sikli munosabati bilan ritmik o’zgarishlarga uchraydi. Bu qavat funksional qavat deb ataladi. Shilliq pardaning muskulli qavatga takalib turgan qavati siklik o’zgarishlarga uchramaydi va bazal qavat deb ataladi. Muskul qavati (myometrium) - bachadonning eng qalin qavatidir.U silliq muskul tolalarining qalin tutamlar chigalidan iborat bo’lib, bu tolalar orasida qo’shuvchi to’qima qatlamlari bor. Muskul qavati qon tomirlar bilan mo’l-ko’l ta’minlangan. Bu qavat uchta muskul qatlamiga bo’linadi: 1) tashqi (qorin parda ostidagi) qatlami uzunasiga ketgan, 2) o’rta qatlami gir aylana va qiyshiq yotgan tolalardan iborat, 3) ichki (shilliq parda ostidagi) qatlami uzunasiga ketgan.
Bachadon tanasida gir aylana yotgan muskul qatlami. bachadon bo'ynida esa uzunasiga yotgan muskul qatlami ko’proq rivojlangan. Bachadon muskullarining tashqi qatlami bachadon naylari bilan boylamlaridagi muskul elementlariga ulanib ketgan. Bachadon bo’ynida va bo’gzida muskullar qatlami bachadon tanasidagiga nisbatan yuqoriroq, qo'shuvchi to’qima esa ko’proq. Bachadon bo’ynida elastik tolalar ko’p.
Bachadonning seroz (qorin parda) qavati (perimetrium) - bachadonning tashqi qavatidir. Qorin pardasi qorin oldingi devorining ichki yuzasidan qovuqqa, so’ngra bachadon va naylarining oldingi yuzasiga o’tadi. Bachadonning orqadagi yuzasi bilan to’gri ichak orasida chuqur kamgak vujudga keladi, u to’g’ri ichak bilan bachadon o’rtasidagi kamgak (excavatio rectouterina) Duglas bo’shligi deb ataladi.
Bachadon fiziologik harakatchan bo’ladi. Qovuq to’lganda bachadon orqaga suriladi, to’g’ri ichak to'lib ketganda bachadon oldinga suriladi, homilali bachadon yuqoriga ko’tariladi. Tug’ruq o’tgandan keyin asta-sekin bachadon yana awalgi holiga qaytib, kichik chanoq markazida o’z o’rnini oladi.
Bachadon hayz ko’rish, homilani bag’riga olib rivojlantirish va yetilgan homilani tug’ruq yo'llari orqali haydab chiqarish (tug’ruq) funkniyalarini bajaradi. Yetuklik davrining boshidan oxirigacha katta yoshli ayol bachadonining shilliq pardasida
to’gri tartib bilan takrorlanuvchi murakkab o’zgarishlar ro’y berib. homiladorlik uchun qulay sharoittug’diradi. Homiladorlik davrida bachadon homilani saqlab turadi: urug’langan tuxum hujayra bachadonga payvandlanib, qorindagi homila taraqqiy etadi. Homila yetilib, ona qornidan tashqarida yashashga qodir bo’lgach, bachadon homilani tashqariga haydaydi, bolaning tug'ilishiga yordam beradi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish