Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet25/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

Urug’ olib ketuvchi nay (ductus deferens) juft haysimon a’zo bo’lib, u moyak ortig’I nayining bevosita davomidir. Uning uzunligi 40-45 sm,kengligi 2,5-3 mm, nay bo’shlig’ining kengligi 0.5 mm. Urug’ olib ketuvchi nayda to’rt: yorg’oq qismi, tizimcha qismi, chov qismi va chanoq qismi farqlanadi. Chanoq qismi kichik chanoq bo’shlig’ida kengayib, duksimon urug’ olib ketuvchi nay kengaymasini hosil qiladi. Kengaymaning uzunligi 3-4 sm, kengligi 1 sm.Uning pastki uchi torayib urug’ pufakchasining chiqaruv nayi bilan qo’shiladi. Urug’ olib ketuvchi nayning devori qalin bo’lib, uch qavatdan iborat: ichki va tashqi bo’ylama, o’rta halqasimon qavatdan iborat.
Urug’ pufakchalari (veziculae seminalis) juft, suyuqlik ishlab chiqaruvchi a’zo.U kichik chanoq bo’shlig’ida urug’ olib ketuvchi nay kengaymasining tashqi tomonida, prostata bezining va qovuqning orqa tomonida joylashgan.Unda qovuqqa qaragan oldingi va to’g’ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor. Urug’ pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi 1 sm bo’lib,yuzasi g’adir budir. Urug’ pufakchalarining yuqorigi qismi asosi, o’rta qismi tanasi va pastki toraygan qismi suyuqlik chiqaruv nayi qismi tafovut qilinadi.
Urug’ pufakchalarining devori uch: tashqi biriktiruvchi to’qimali, o’rta mushakli, ichki shilliq qavatdan iborat. Urug’ pufakchalarining chiqaruv nayi urug’ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan qo’shilib, urug’ otuvchi nayni hosil qiladi va siydik chiqarish kanalining prostata qismiga ochiladi. Urug’ otuvchi nayning uzunligi 2 sm, kengligi boshlanish qismida 1 mm, oxirida 0,3 mm.
Prostata bezi (prostata) toq silliq mushak va bez qismlaridan iborat a’zo bo’lib, sperma tarkibiga kiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi.U qovuq ostida joylashib, siydik chiqaruv nayining boshlang’ich qismini o'z ichiga oladi. Prostatada yuqoriga siydik qopining tubiga, urug’ pufakchalari va urug’ olib ketuvchi nayga qaragan prostataning tubi, pastga qaragan prostataning cho’qqisi tafovut qilinadi. Prostataning kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og’irligi 20-25 g.Uning ikki: o’ng va chap bo’laklari bo’lib, ular o’zaro oldingi yuzasidan o’tgan uncha chuqur bo’lmagan egat vositasida ajralib turadi. Prostata tashqi tomondan prostataning g’ilofi bilan o’ralgan.Tuzilishi jihatdan u parenxima va silliq mushak to’qimasidan iborat.Uning parenximasi asosan bezning orqa va yon qismlaridajoylashib, 30-40 ta naysimon alveolyar bezlardan iborat. Prostataning naychalari erkaklar siydik chiqarish nayining urug’ tepachasi sohasiga ochiladi. Bezning mushak to’qimasi ko’proq uning oldingi qismida to’plangan bo’lib, siydik chiqarish nayining ixtiyordan tashqari qisqichini hosil qilishda qatnashadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish