Siyob abu ali ibn sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Download 4,68 Mb.
bet24/29
Sana08.04.2022
Hajmi4,68 Mb.
#537477
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
ANATOMIYA FANIDAN SIYDIK AYIRISH VA REPRODUKTIV ORGANLAR

Erkaklar jinsiy a`zolari. Erkaklarning ichki jinsiy a`zolari ichki va tashqi a’zolarga bolinadi. Ichki jinsiy a’zolarga yorg’oqda joylashgan moyak va uning ortig’i, urug’ olib ketuvchi nay, urug’ pufakchalari, prostata bеzi, bulbouretral bezlar kiradi. Tashqi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg’oq kiradi.
Moyaklar (testes) bir juft bo’lib, ular erkaklik jinsiy bеzi hisoblanadi. Unda erkaklik jinsiy hujayralari — spеrmatozoidlar va erkaklarning jinsiy gormonlari (tеstostеron, androstеron) ishlab chiqariladi. Spеrmatozoidlar, ya'ni erkaklik jinsiy hujayralari ayolning tuxum hujayrasi bilan qo’shilib, yangi organizm hosil qiladi.
Moyaklar yorg’oq ichida joylashib,o’zaro to’siq bilan ajralib turadi. U ichki tomondan bir oz siqilgan, ellipssimon shaklli, orqa qirg’og’iga uning ortig’i yopishib turadi. Moyak ustini yaxshi pishgan tuxumga o’xshash yaltiroq oqsil parda o’rab turadi.Pardaning ichki tomonidan moyak ichki moddasiga o’sib kiruvchi to’siqlar ularni 250-300 alohida bo’laklarchalarga ajratadi. Bo’lakchalar old tomoni keng yoyilgan yelpig’ichga o’xshab tarqalgan, orqa tomoni esa yig’ilib, moyak devorlari oralig’i sohasiga ochiladi.Har bir bo’lakcha ichida spermatozoid ishlab chiqaradigan epiteliyi bo’lgan 3-4 tadan kanalchalar bo’lib, bu naychalarning uzunligi 70-80 sm, kengligi 150-300 mkm.Ular bir-biri bilan qo’shilib, to’g’ri urug’ kanalchalarini hosil qiladi. To’gri kanalchalar esa moyak devori oralig’i sohasida o’zaro qo’shilib, urug’ to’rini hosil qiladi. Kanalchalar to’ridan 12-15 ta urug’chiqarish naychalari ajraladi va moyak ichidan chiqib, urug’ chiqarish yo’li nomi bilan yuqoriga ko’tariladi. Bu qon tomirlar va nervlar bilan birgalikda biriktiruvchi to’qima pardasi bilan o’ralib, urug’ tizimchasi sifatida chov kanali orqali qorin bo’shlig’iga o’tadi.Bu yerda urug’ chiqarish yo’li qon tomirlardan ajralib, chanoq bo’shlig’ining yon devori tomon yo’naladi va qovuq tagida kengayib, urug’ pufakchasi nayi bilan qo’shiladi va urug’ otuvchi yo’lni hosil qiladi. Urug’ otuvchi yo’l prostata bezi orasidan o’tib,siydik chiqarish kanalining shu qismiga ochiladi.Urug’ chiqarish yo’lining uzunligi 40-45 sm, devori ichki shilliq qavati,o’rtasida muskul qavati va tashqi biriktiruvchi to’qima qavatidan tuzilgan.
Erkaklik jinsiy gormonlari esa bеvosita qonga qo’yilib, ikkilamchi jinsiy bеlgilar hosil bo’lishini ta'minlaydi.Shuning uchun u aralash bezlar turkumiga kiradi.Moyakda ikki:yuqori uchi va pastki uchi farqlanadi. Moyakning o’rtacha uzunligi 4 sm,kengligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og’irligi 20-30 g.
Moyak ortig’i (epididymis) moyakning orqa cheti bo’ylab joylashib, unda kengaygan yuqori qismi- moyak ortig’ining boshchasi, o’rta qismi- moyak ortig’ining tanasi va toraygan pastki qismi moyak ortig’ining dumi farqlanadi. Moyak ortig’ining boshchasida 12-15 ta moyak ortig’i bo’lakchalarini hosil qiladi.Bu naycha ko’p sonli bukilmalar hosil qilib, moyak ortig’ining dumiga qarab yo’naladi.Agar bu nay to’g’rilansa uning uzunligi 6-8 metrga yetadi.Moyak ortig’ining nayi uning dumidan chiqqandan so’ng urug’ olib ketuvchi nayga aylanadi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish