O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Sirtqi bo’lim
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Markaziy bank, uning funktsiyalari
Bajardi:
|
СBI-52 guruh talabasi Shukurova G.
|
Tekshirdi:
|
_____________________.
|
Toshkent-2021
Markaziy bank, uning funktsional tuzilishi va funktsiyalari
Reja:
1.Markaziy banklarning paydo bilishi.
2.Markaziy bankning funktsiyalari.
3.O’zbekistonda zamonaviy bank tizimining shakllanishi.
1.Markaziy banklarning paydo bulishi.
Markaziy bank-kredit tizimining bosh banki bo’lib, Mamlakatda pul-kredit siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi.
Birinchi markaziy banklar bundan qariyb uch yuz yil oldin tijorat banklarining rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Bular 1668 yilda tashkil qilingan Shved Riks Jiro banki, 1694 yilda tashkil qilingan Angliya banklaridir. Evropa mamlakatlarida Markaziy banklar ancha kechroq, asosan XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich davrlarida ular markaziy (emissiya) yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni banklar o’rtasida xozirgidek bo’linish bo’lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotlar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomlaga chiqarish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank, ya’ni kredit tiziminin boshqarib turuvchi barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi.
Jaxon amaliyotida markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yuli mavjud. Birinchi yo’l-bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan markaziy banklarning tashkil qilinishi. Bunga misol qilib, Angliya bankini 1844 yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki-1875 yil, Italiyada 1893 yil, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko’rsatishga moslashganligini keltirish mumkin. Ikkinchi yul-tashkil qilingandayoq markaziy bank-emisson markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AqSh ning Federal banklari, 1913 yillarda ko’pgina Lotin Amerikasi mamlakatlarida tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AqShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu banklarning akuionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6 foizdan oshmasligi kerak.
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z faoliyatidan olib borishlari kerak.
Jaxonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustakil bo’lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki-Bundes banki xisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda markaziy bank parlamentga xisobot beradi. Ko’pgina xollarda Markaziy banklar o’z faoliyatida mustaqil bo’lsada, shu bilan birga davlat banki xisoblanadi:
2. Markaziy bankning funktsiyalari.
Markaziy bank quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:
- banknotlar( nakd pullar) emissiyasi,
- davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash,
- pul-kredit siyosati instrumentlari yordamida iqtisodni muvofiqlashtirish,
- kredit institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish,
- davlat banki sifatida faoliyat ko’rsatish,
- to’lov-xisob munosabatlarini tashkil qilishni belgilab berish,
- valyuta kursini muvofiqlashtirish.
Jaxonning barcha mamlakatlarida banknotlarni muomalaga chiqarish funktsiyasi markaziy banklarning asosiy funktsiyalaridan biri xisoblanadi va u bu soxada monopol xuquqiga ega. Kredit pullar markaziy bank tomonidan qonunda belgilangan ravishda chiqariladi va markaziy bank muomalaga chiqargan pullarning qaytib bankga kelib tushishi choralarini ishlab chiqishi zarur.
Davlatning valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy bank davlatning oltin, kimmatbaxo metall va kamyob toshlarni, valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar bo’yicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarini asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan bog’liq operatsiyalarni olib boradi. Markaziy banklar mamlakat valyuta zaxiralarini o’zida yig’adi va bu zaxiralar xalqaro xisob-kitoblarni amalga oshirish, to’lov balansi defitsitini qoplash va mamlakat milliy valyutasi kursining barqarorligini ta’minlash uchun ishlatadi. Markaziy bank orqali davlatning iktisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit xajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, valyuta kursi va foiz stavkalarini oqilona o’rnatish asosida inflyatsiya sur’atlarini kamaytirish, kreditdan foydalanishning samaradorligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |