Sana__________________________________
Mavzu: ONA LAYLAK TASHVISHI. Nilufar Karimova.
Maqsad DTS talablari asosida o’quvchilarga bilim berish.
Ta’limiy : O`quvchilarni mustaqil kitob o`qishga o`rgatish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarni atrof muhitga bo`lgan qiiqishlarini oshirish.
O`quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; TK2 mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi; FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o‘qituvchi yordamida ularga baho bera oladi; asar mazmunidan ta’sirlana oladi; o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera oladi.
Rivojlanturivchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini oshirish. Yodda saqlash qobiliyatlarini rivojlantirish
Darsning turi: Yangi bilim berish, o’tgan darsni mustahkamlash.
Dars metodi:ko’rgazmali savol-javob, aqliy hujum,klasster.
Dasrning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
I. tashkiliy qism: a) salomlashish b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “Mening oilam”. mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: argon – fartuk, airplane – samalyot.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzuga oid tarqatmalar yordamida o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va baholash.
Ertak qahramonlarini sanab o’ting? Ular qanday insonlar ekan?
Qaysi qahramon to’g’ri ish qildi deb o’ylaysiz? Nima uchun?
III. Yangi mavzu bayoni. ONA LAYLAK TASHVISHI. Nilufar Karimova.
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda katta vodiy tomonda bir ona laylak yashar ekan. U har yili bahorda boshqa laylaklar singari go‘zal vodiyga uchib kelar, tuxum qo‘yar va jo‘ja ochar ekan. Palapomlarini esa to‘qayzorda, adirlarda uchirma qilib, kuz kelishi bilan yana boshqa issiq o‘lkalarga uchib ketar ekan. Ammo yillar o‘tib, ona laylak bezovtalana boshlabdi. Chunki ona laylakning tuxumlari ko‘pincha palag‘da bo‘lib qolar ekan. Palapomlar esa kasal* mand, ko‘zi ojiz, ucholmaydigan bo‘lib qolar ekanlar. Yildan-yilga laylakning do‘stlari, sheriklari ham kamayib ketibdi. Oldinlari uning yonida g‘uj-g‘uj bo‘lib uchib yuradigan sheriklari hozir onda-sonda ko‘rinib qolarkan. Bechora layiak ko‘kka termular, uzoq-uzoqlarga nochor ko‘ziarini tikar ekan. Oxiri bu jonivoming o‘zi ham quyosh nurida lov-lov tovlanib turgan bulutlarmi yoki kimyoviy korxonalardan chiqayotgan tutun yo gazlarmi, ajrata olmay qolibdi... Kunlar o‘tibdi. Ko‘zlari umuman ko‘rmay qolgan ona layiak o‘sha dorilomon kunlardan umidvor uzoquzoqlarga termulgan ko‘yi qotib qolibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |