Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi



Download 8,3 Mb.
bet40/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

Adabiyotlar
1. Henk J. de Vries Standardization: A Business Approach to the Role of National Standardization Organizations. Springer Science+Business Media, LLC, New York All Rights Reserved © 2000 Springer, 330 p.
2. Dr. Peter Hatto Standards and Standardization. Handbook. EUROPEAN COMMISSION, Directorate-General for Research Industrial Technologies Pictures © Shutterstock, 2010, 24 p.
3. Role of standards. A guide for small and medium-sized enterprises. Working paper. United nations industrial development organization, Vienna, 2006, 56 p.
4. Abduvaliev A.A., Latipov V.B., Umarov A.S., Alimov M.N., Boyko S.R., Xakimov O.Sh., Xvan V.I. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, SMSITI, 2008. – 267 b.
5. Ismatullaev P.R., Matyakubova P.M., Turaev Sh.A. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish. Darslik. «Lisson-Press». Toshkent, 2015. -423 b.


Mavzu №5 MILLIY STANDARTLAShTIRISh TAShKILOTLARINING TAHLILI
Reja:
5.1. Standartlashtirishning muhimligi
5.2 Amaldagi standartlashtirish amaliyotiga aloqador bo‘lgan muammolar
5.3. Tadqiqotlardagi oraliqlar


5.1. Standartlashtirishning muhimligi
O‘yinchoqlar uchun xavfsizlik texnikasi talablari, A4 o‘lchamidagi qog‘oz seriyalariga qo‘yiladigan talablar, kredit kartalarining texnik talablari, sifatni boshqarish uchun ISO 9000 talablari, SI birliklar tizimining talablari, McDonald's mahsulotlar va xizmatlarning texnik talablari va GSM telefon tarmog‘ining texnik talablarini shunisi bilan birlashtirish mumkinki, ulardan ko‘p sonli odamlar ko‘p martalab foydalanadilar, shu sababli ular standartlarda belgilab berilgan. Standartlarni yaratish bo‘yicha faoliyatni standartlashtirish deb atash mumkin. Standartlashtirish muammolarining aniqlanishi va amaldagi yoki potensial muammolarning yechimlarining cheklangan jamlanmasining yozilishi ishtirok etuvchi tomon yoki ishtirok etuvchi tomonlar uchun ma’lum bir imtiyozlarni beradi, bunda bu yechimlardan –ular kim uchun mo‘ljallangan bo‘lsa – bu ko‘p sonli tomonlar ma’lum bir vaqt davomida ko‘p marotaba va uzluksiz foydalanadilar deb taxmin qilinadi va shunday bo‘lishi kutib qolinadi.
Standartlashtirish – zamonaviy industrial (sanoatlashgan) jamiyatni moylashdir. Kompaniyaning amaliyotida standartlashtirishning asosiy maqsadi – tijorat faoliyatining natijalari va tashkilotning samarali ishlashiga uning qo‘shadigan hissasidan iborat bo‘ladi. Standartlashtirish mahsulotlar va xizmatlarga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Ma’lum bir standartlarga mos kelish yoki mos kelmaslik bozorda muvaffaqiyatga erishishga yoki muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin13. Standartlashtirishning ko‘proq umumiy bo‘lgan maqsadlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- inson turmushida mahsulotlar va protseduralarning o‘sib borayotgan ko‘pligini qisqartirish;
- kommunikatsiya imkoniyatlarini taqdim qilish;
- to‘liq iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish;
- xavfsizlik, salomatlik va hayotni himoya qilishga ko‘maklashish;
- iste’molchi va hamjamiyatning manfaatlarini himoya qilish;
- savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf qilish.
Quyidagilar sababli standartlashtirishning ahamiyati ortadi:
- Endilikda, umuman olganda, kompaniyalarga izolyatsiyalangan (boshqalardan ajratib qo‘yilgan) tashkilotlar sifatida qarab bo‘lmaydi, bu nafaqat savdo tranzaksiyalariga, balki ularning texnik operatsiyalariga ham taalluqli bo‘ladi. Ayniqsa informatsion-kommunikatsion texnologiyalar (IKT) sohasida ular boshqa kompaniyalar bilan chambarchas bog‘lanishda bo‘ladi. Shuningdek boshqa sohalarda ham kompaniya tomonidan tanlangan texnik xarakteristikalar kompaniyalar o‘rtasidagi spesifikatsiyalarga mos kelishi lozim. IKT ni standartlashtirishsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Aytaylik, benzinning kimyoviy tarkibi butun mamlakat bo‘yicha farq qilmasligi lozim.
- Asosiy biznesga konsentratsiyalanish va boshqa harakatlardan chetlashish tendensiyasi kompaniyalarni yetkazib beruvchilarning, masalan, mahsulotning texnik xarakteristikalari, mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bog‘lanish (aloqa qilish) protokollari, ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlarining sifati kabi shartlariga ko‘nishga majbur qiladi. Odatda kompaniyada har biri bir nechtadan mijozga ega bo‘lgan yetkazib beruvchilar bo‘lishi sababli, bu muvofiqlashtirish muammolarini hal qilishning eng foydali usuli – muammolarni umum tomonidan qabul qilingan standartlar yordamida hal qilishdir.
- Sifat va ekologik nazoratga ko‘proq e’tibor qaratish tendensiyasi faqatgina ISO 9000 va ISO 14000 kabi bir qator boshqarish tizimi standartlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirib qolmasdan, boshqa standartlarga bo‘lgan ehtiyojni ham oshirmoqda, chunki boshqarish tizimlari kompaniyani harakatlarni strukturalangan (tuzilmalangan) usulda bajarishga majbur qiladi; mahsulotlar, ishlab chiqarish vositalari va informatsion tizimlarning standartlari zaruriy strukturaga ko‘maklashadi.
- Savdo-sotiqning globallashuvi xalqaro standartlashtirishga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi.
- Yevropa Ittifoqi va Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasiga har xil to‘siqlarsiz erkin savdo-sotiqni yo‘lga qo‘yish uchun turli xil Yevropa milliy standartlarini almashtirishga ko‘maklashadi.
- Tendensiya Yevropa darajasida ham, milliy darajada ham standartlashtirishni qonunchilik bilan shunday usulda bog‘laydiki, bunda standartlar qonunchilik bilan o‘rnatilgan global talablarga mos keladigan batafsil talablarni taqdim qilsin. Bu standartlar sonini oshirishni va ulardan foydalanish majburiyatini oshirishni chaqiradi.
Ba’zan tomonlar o‘zlari yoki boshqalar foydalanishi uchun o‘zlarining me’yorlarini (normalarini) o‘rnatishi mumkin. Biroq, odatda ular boshqalarni o‘zining standartidan foydalanishga majbur qila oladigan holatda bo‘lmaydi, shunda ularning yagona standartlardan foydalanishga rozi bo‘ladigan boshqalarni qidirishdan boshqa chorasi qolmaydi. Shunda ularda rozi bo‘lish yoki standartlarni rivojlantirish tashkilotlari (SDOs) tomonidan taklif qilinga xizmatlar yordamida kerakli standartni ishlab chiqish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Standartlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi - standartlashtirish xizmatlarini taklif qiladigan tomonlar sonining ortishi va bu tashkilotlarda bajariladigan ish hajmining ortishiga olib keladi.



Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish