Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi



Download 8,3 Mb.
bet38/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

Tizimlilik prinsipi shundaki, Kompleks standartlashtirish ham ob’ektning o‘ziga, ham ushbu ob’ektni yaratish va foydalanish (iste’mol qilish) da foydalaniladigan asosiy elementlarga o‘zaro bog‘langan talablarni o‘rnatadi.
Majmuilik va maqbul darajada cheklash prinsipi shundaki, kompleks standartlashtirishning yuqori samaradorligiga standartlashtirish ob’ektining samaradorlik ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir etuvchi elementlarni standartlashtirish yo‘li bilan erishiladi. Kompleks standartlashtirish elementlarini me’yoriy hujjatlar bilan chala qamrash kutilayotgan samarani pasaytiradi, juda chuqur va to‘liq qamrash asa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chunki standartlashtirish narxini oshirib yuboradi va kompleks standartlashtirish ob’ektining sifat darajasiga kam ta’sir ko‘rsatadi.
Istiqbollik prinsipi kompleks standartlashtirish darajasining jahon darajasida ekanligini va oldindan standartlashtirish yo‘li bilan fan va texnikaning rivojlanish tamoyillariga mosligini hisobga oladi.
Amaldagi standartlar bilan bog‘lanish me’yoriy hujjatlarning to‘liq majmuidan maqsadga muvofiq hajmda foydalanishni nazarda tutadi.
Amalga oshirish prinsipi kompleks standartlashtirish doirasida ishlab chiqilgan va qabul qilingan me’yoriy hujjatlarning barcha majmuini o‘z vaqtida joriy etishni ta’minlashdan iborat.
Kompleks standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish ko‘p tashkilotlar – iщlab chiquvchilar harakatini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi, kompleks standartlashtirish dasturlari (KSD) ni ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘li bilan ta’minlanadi. KSD mahsulotning muhim turlarini tarmoqlararo qo‘llaniladigan mahsulotni; bir turli mahsulotning muhim xillari guruhini, shuningdek birgalikda qo‘llaniladigan turli mahsulotlarni, masalan, mashinalar tizimini qamraydi. KSD topshiriqlari standartlashtirish davlat va tarmoq yillik rejalariga (dasturlariga) kiritiladi. Dastur tarkibiga quyidagi bo‘limlar: oxirgi mahsulot; oxirgi mahsulotning tarkibiy qismlari; xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi buyumlar, sotib olinadigan buyumlar; ishlab chiqarishning texnik vositalari; ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash vositalari; ishlab chiqarishni tayyorlash usullari va h.k. kiradi.
Misol uchun “Paxta” KSD ni ko‘rib chiqamiz.
Kompleks standartlashtirish dasturi bo‘yicha ishlarning boshlanishi 1974 yil bilan shartli belgilanadi. Bu vaqtda “Paxta” KSD ni ilk bor ishlab chiqish ikkita prinsip: standartlashtirishning maqsadli yo‘naltirilganligi va majmuiligining yagonaligi asosida boshlangan edi.
Paxtani yetishtirish, hosilni yig‘ish, tozalash va qayta ishlov berish jarayonlarining KSD Butunittifoq standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zdavstandart, Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, O‘zbekiston fanlar akademiyasi hisoblash markazili kibernetika instituti manfaatdor Vazirliklar va mahkamalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
KSD doirasida iqtisodiyot tarmoqlarining o‘zaro bog‘lanish sxemasi O‘zbekiston iqtisodiyotini hozirgi boshqarish tuzilmasiga muvofiq tuzilgan bo‘lib, bu tarmoqlarni uchta asosiy guruhga yig‘ishga imkon beradi:
I) paxta ishlab chiqarish tarmoqlari;
2) paxta va uni qayta ishlash mahsulotlarini iste’mol qiluvchi tarmoqlar;
3) dastlabki ikki tarmoqqa, shuningdek bularga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqqa ishlab chiqarish-texnik asosni yaratuvchi tarmoqlar.
Birinchi guruh tarmoqlarga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarmoqlari kiradi. Bu tarmoqlar vazifasiga paxta yetishtirish va hosilni, shuningdeq g‘o‘zapoyalarni yig‘ish ishlari kiradi. Birinchi guruh tarmoqlari ayni vaqtda iste’molchilar sifatida ham bo‘ladi: paxta tozalash sanoati ularga urug‘lik chigit yetkazib beradi.
Ikkinchi guruh tarmoqlarni paxtani qayta ishlash, shuningdek xom ashyo sifatida paxta tolasi, paxta momiqlari, texnik chigit, tolali chiqindilardan foydalanuvchi tarmoqlar tashkil etadi. Paxta tozalash sanoati chigitli paxtani qayta ishlaydi va paxta tolalarini gazlama, trikotaj buyumlar, iplar va b. ishlab chiqarish uchun; to‘qimachilik sanoatiga, momiqlarni kimyo sanoatiga; texnik chigitlarni - moy-yog‘ sanoatiga oziq-ovqat uchun yog‘, texnik yog‘, yuvish vositasi, margarin, mayonez, glitserin, olein kislota, xo‘jalik sovuni va atir sovun, xolva, quymachilik sanoati uchun mustahkamlovchi tayyorlash, chorvachilik uchun ozuqa sifatida ishlatiladigan kunjara va b. tayyorlash uchun yetkazib beradi. Paxta mahsuloti tashqi savdo tashkilotlari orqali eksport qilinadi. G‘o‘zapoyalardan zichlangan plitalar tayyorlanadi.
Uchinchi guruh tarmoqlarga qishloq xo‘jaligiga ximikatlar, o‘g‘itlar, defoliantlar yetkazib beruvchi kimyo sanoati kiradi. Mashinasozlik sanoati tuproqqa ishlov berish, melioratsiya va irrigatsiya, paxta yetishtirish va hosilni yig‘ish, chigitli paxtani tozalash va qayta ishlash uchun qishloq xo‘jaligini mashinalar majmui bilan ta’minlaydi. Elektrotexnik va priborsozlik tarmoqlari qishloq xo‘jalik va qayta ishlash tarmoqlarini paxta mahsuloti sifatini tekshirish (sinash, o‘lchash, tahlil) vositalari bilan ta’minlaydi.
Temir yo‘l va avtomobil transporti chigitli paxtani va paxta tolalarini tashish, aviatsiya esa, g‘o‘zalarga kimyoviy ishlov berish (qishloq xo‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash va defoliatsiya qilish) ishlarini ta’minlaydi va h.k.
“Paxta” KSD modeli o‘z ichiga urug‘lik materiallarni, chigitli paxtani va sanoat mahsulotini standartlashtirish, shuningdek qayta ishlov berish bosqichlarini, qayta ishlov berish texnik vositalari, ishlab chiqarishni tayyorlash va tashkil etish masalalarini oladi. Paxtani yetishtirish, hosilni yig‘ish, tashish va qayta ishlash bosqichlarida uning sifatini oshirishni ta’minlash ham nazarda tutiladi.
Dasturni amalga oshirishning barcha bosqichlarida tasniflash standartlarini, umumiy texnikaviy talablar standartlarini, muayyan standartlashtirish ob’ektlariga texnik talablar va tekshirish usullarini ishlab chiqish yoki qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
KSD ning bo‘limlari tarkibi ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatini va standartlashtirish ob’ektining xususiyatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Barcha hollarda ham boshlang‘ich topshiriqlarni ishlab chiqishda ishlab chiquvchi – KSD ni ishlab chiqish bo‘yicha bosh tashkilot:
– standartlashtirish ob’ektlarining to‘liq tarkibini belgilaydi;
– mahsulot (xizmatlar) sifati va texnik darajasi ko‘rsatkichlarini texnologik jarayonlarning parametrlarini, shuningdek hamkor bajaruvchilar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan barcha standartlashtirish ob’ektlariga talablarni o‘rnatadi;
– hamkor bajaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan materiallarni tahlil qilish va baholashni ta’minlaydi;
– dasturni ishlab chiqishga boshlang‘ich topshiriqlar loyihalarini hamkor bajaruvchilar bilan kelishib oladi.
Dasturni ishlab chiquvchi boshlang‘ich topshiriqning har bir bo‘limi bo‘yicha quyidagilarni:
– standartlashtirish ob’ektlarining nomenklaturasi;
– bajaruvchilar va hamkor bajaruvchilar;
– alohida topshiriqlarni va umuman KSD ni bajarish muddatlarini aniqlaydi.
Dasturda ko‘rsatilgan topshiriqlar “Paxta” KSD misolida tuzilgan yakuniy jadvalga jamlanadi.
KSD ning barcha topshiriqlari davlat, tarmoq, zarur bo‘lganda, davlatlararo standartlashtirish dasturlari (rejalari) ga kiritiladi.






Iqtisodiyot tarmoqlari

Qishloq xo‘jaligi aviatsiyasi




Texnik qo‘mitalari va standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari




Uzstandart agentligi




Hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmlari




Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (SMSITI)



13.2-rasm. Kompleks standartlashtirish dasturi doirasida iqtisodiyot tarmoqlarining o‘zaroaloqadorlik sxemasi



Temir yo‘l transporti

Avtomobil transporti

Qora metallurgiya

Qurilish sanoati

Elektrotexnik va asbobsozlik

Tashqi savdo tashkilotlari

Kimyo sanoati

Mashinasozlik yo‘l qurilishi

Oziq-ovqat va yengil sanoat uchun mashinasozlik

Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi

Mashinasozlik

Tayyorlash tashkilotlari

Yoo‘-moy sanoati

Pata tozalash sanoati

Engil sanoat

Qishloq va suv xo‘jaligi


5.4 Ilgarilanma standartlashtirish


Ilgarilanma standartlashtirish (IS) - an’anaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan oshuvchi talablarni belgilash bilan ob’ektni standartlashtirish.


Ilgarilanma standart ishlab chiqiilishida quyidagilarga e’tibor beriladi:
1) talablar, sifatning farqlangan hamda joriy etish muddatiga ega bo‘lgan pog‘onalari ko‘rinishida belgilanadi;
2) standart, mahsulot hayotiy siklining oldingi bosqichida ishlab chiqiladi.
Ilgarilanma standartlashtirishga, odatda, mahsulotning texnik darajasi va sifatiga qo‘yiladigan talablarning uchta pog‘onasi belgilanadi:
– erta o‘zlashtirilgan mahsulotning ehtiyojlarni qondiruvchi darajasi;
– ishlab chiqarishga qo‘yilishi lozim bo‘lgan va jahon darajasiga mos bo‘lgan, qaytadan ishlab chiqilayotgan (zamonaviylashtirilayotgan) mahsulot darajasi;
– yuqori jahon darajasiga mos bo‘lgan (yoki oshuvchi) daraja.
Oldinlovchi standart ishlab chiqarishni texnik tayyorlash davrida yoki oxirida ishlab chiqiladi. Shubhasiz, oldindan standartlashtirish ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo‘yicha erishilgan tavsiflar bilan tasdiqlangan holatda maqbul deb hisoblash kerak.
Ilgarilanma standartlashtirish – standartlashtirish ob’ektiga erishilgan me’yoriy talablarning yanada yuqoriroq darajasini, ya’ni bashoratlash (prognozlash) ga asosan kelajakda optimal bo‘ladigan darajasini o‘rnatish demakdir.
Keltirilgan tarifga binoan ilgarilanma standartlashtirish mahsulot, xizmat va barcha jarayonlarga talablarni va me’yorlarni vaqt bo‘yicha avvalroq o‘rnatib, provard natijada ularning sifatini yuqori texnik iqtisodiy samara beradigan darajada ta’minlash nazarda tutilishini maqsad qilib qo‘yadi. Bu borada ilgarilanma standartlashtirish prognozlash asosida amaliy yechimni qabul qiladigan imkonli sohalardan biri hisoblanadi.
Ilgarilanma standartlashtirishning asosiy vazifasi ishlab chiqarishni va mahsulot sifatining oshishini xolis va aniq yo‘nalishida rivojlanishiga ko‘maklashishdan iboratdir.
Ilgarilanma standartlashtirish standartlari jumlasiga:

  • mahsulot, xizmat, loyihalash, ishlab chiqish va boshqa jarayonlarda kuchga ega standartlashgan qoida va talablarni yanada optimal me’yorlarini belgilaydigan standartlar:

  • kuchdagi standartlar faoliyatiga istiqbolliroq yangi ish usullarini joriy etishni taminlab, yanada optimalroq me’yorlar o‘rnatadigan standartlar:

  • bir yoki faqat bir necha korxonalardagina o‘zlashtirilib o‘zining sifat ko‘rsatkichlari analoglaridan tubdan farq qiladigan loyiha va buyum ishlab chiqarish qoida va talablariga optimal me’yor o‘rnatadigan standartlar kiradi.

Ilgarilanma standartlashtirish mohiyatiga ko‘ra qo‘yidagicha tavsiflanadi.
1. Vaqt bo‘yicha o‘zish:

  • mahsulot tajriba namunasini yaratish bo‘yicha loyiha konstruktorlik ishlarining boshi:

  • buyum ishlab chiqarish sanoatini texnik tayyorlashning boshi:

  • mahsulotni yalpi ishlab chiqarishning boshi.

2. Tarqalish doirasida o‘zish:

  • korxona doirasida;

  • davlat doirasida;

  • mintaqa doirasida;

  • global dunyo doirasida.

3. Standartlashgan mahsulotga nisbatan to‘la bo‘lmagan o‘zish:

  • assortiment bo‘yicha;

  • mahsulot belgilari bo‘yicha;

  • yangi mahsulot elementlarining merosiy qabul qilishganliklari bo‘yicha;

  • mahsulotning ko‘rsatkich va belgilari qiymati bo‘yicha.

Ilgarilanma standartlashtirishni bashoratlash (prognozlash) tadqiqot ob’ektining qonuniyatlari va metodlarini, umuman, standartlashtirishni xususan o‘rganadigan ilmiy faoliyatdir.
Standartlashtirish sohasida bashoratlashning maqsadi qo‘yidagilardan iborat:

  • yaratilgan yoki yaratilajak yangilik barqarorligi ehtimolini o‘rganish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulot bilan yangilik o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganish;

  • standartlashtirish ob’ekti bo‘la oladigan ilmiy-texnik daraja, ya’ni mahsulot sifatiga erishishni aniqlash;

  • iste’mol va ishlab chiqarish hajmini aniqlash;

  • sarf-xarajatni aniqlash;

  • ekologiya ko‘rsatkichlarini baholash.

Standartlashtirish sohasida bashoratlashning axborot manbalari qo‘yidagilar:

  • xalq xujaligi va soha taraqqiyotining uzoq muddatli bashoratlanishi;

  • sohalar bo‘yicha bashoratlashlar;

  • uzoq va yaqin muddatga mahsulotning sifati va istemol darajasi bashoratlari;

  • iqtisodiyotning uzoq muddatli rejalari;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo‘yicha statistik ma’lumotlar;

  • tajriba na’munalarini sinash bo‘yicha bayonnomalar;

  • patentlar, mualliflik guvohnomalari, lisenziyalar;

  • ijtimoiy so‘rovlar natijalari;

  • standartlar, texnik shartlar;

shu kabi boshqa ilmiy-texnik axborotlar.
Standartlashtirishning zamonaviy taraqqiyot holatida 100 dan ortiq har xil soha bo‘yicha turli darajali ilmiy asosga ega prognozlash ilmiy texnik usullari mavjud bo‘lib o‘zuvchan standartlashtirishda keng tarqalganlari asosan qo‘yidagilar:

  • tadqiqotlanadigan ilmiy yoki texnik ob’ektni fan taraqqiyotining ma’lum yo‘nalishlari haqida statistik ma’lumotga tayanadigan ekstropolyatsiyalash metodi;

  • taraqqiyotning yangi yo‘nalishlarida qo‘llaniladigan evristik usullari;

  • real jarayonga o‘ta yaqinlashtirib istiqbollash, shu bilan birga o‘ta murakkab bo‘lgan modellashtirish usullari.

Ekstropolyatsiyalash - eng ko‘p qo‘llaniladigan va eng sodda bo‘lish bilan birga samaradorligi yuqori emas, ko‘p hollarda faqat qisqa vaqt oralig‘idagi yaqin kelajakni prognozlashdagina yaroqlidir.
Evristik metodlar texnik vazifalarni rejalashtirish ayniqsa ularni tasdiqlash bosqichida ko‘p qo‘llaniladi.
Bu ikki usullar standartlar ta’sir doirasidan tashqariga chiqishni hisobga ololmaydi.
Modellashtirish usulining qo‘llanish doirasi keng, imkoni ancha katta va istiqbolli bo‘lib, abekt va jarayonlarni fizik, matematik, matematik-statistik va uyumli modellash bilan ancha uzoq muddatga prognozlash imkonini beradi.
Ilgarilanma standartlarni yaratish va yuritish. Bu xildagi standartlarni yaratish va kuchga kiritish qo‘yidagi etap va bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: tayyorlash; yaratish; kuchga kiritish.
Ilgarilanma standartlashtirishning tayyorlash etalonidagi ishlar mazmuni ma’lumot yig‘ish, taraqqiyot yo‘nalish istiqbolini tadqiqotlash, mahsulot sifatini tubdan o‘zgartirish, mumkin bo‘lgan omil va ko‘rsatkichlarni taqsimlash orqali standartlashtirish istiqbollarini aniqlashdan iborat bo‘ladi. Bu reja har tamonlama tahlil asosida o‘zuvchan standartlashtirishga zarur ko‘rsatkich yoki talablarni boshlashga yordam beradi.
Mazkur bosqichda buyum (mahsulot) taraqqiyot yo‘nalishi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish asosida rivojlanish yo‘nalishi qoidalarini belgilash, iqtisodiy samaradorlik imkoniyatlarni hisoblash, u yoki bu xilda qaror qabul qilish uchun mahsulot bo‘yicha kuchdagi standartlar majmuasidan tajribalarni umumlashtirish imkoniyati yaratiladi.
O‘zuvchan standartlarni yaratish etapidagi ishlar mazmuni standartni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlashdan iborat bo‘lib, buyum yoki mahsulotning istiqbolli ko‘rsatkichlarini har tamonlama asosli ravshda shu buyum va mahsulotlarning kelajak taraqqiyotini ko‘zlab me’yoriy hujjat barpo etishga qaratilgan bo‘ladi.
Malum bir ishlab-chiqarish doirasida bunday ilgarilanma standartlarni amalda joriy etish oldingi jarayonlarda kelajakni ko‘ra bilgan sharoitlarda maxsus dastur va tadbirlar majmuida, rejalashtirilgan sharoitlarda olib borilishi va amalga oshirilishi zarur. Bunday yondashuv o‘zuvchan standartlarni joriy etishni va bu asosda xalq-xo‘jaligini boshqarishning tezkor boshqariluvini ta’minlaydi.
Davlat bunday standartlar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlarga iqtisodiy yordam va rag‘batlantirishni kafolatlaydi.
Oldindan standartlashtirishda qator atamalar qo‘llaniladi.

Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish