Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


Amaldagi standartlashtirish amaliyotiga aloqador bo‘lgan muammolar



Download 8,3 Mb.
bet41/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

5.2 Amaldagi standartlashtirish amaliyotiga aloqador bo‘lgan muammolar
Bunda SDOs ning roli ko‘rib chiqiladi. Masalan, European Telecommunications Standards Institute ga (ETSI) o‘sha paytda CEN va CENELEC kabi standartlashtirish bo‘yicha rasmiy Yevropa tashkilotlarining ishlash usulidan qoniqmaslik tufayli asos solingan. Biroq tarix takrorlanadi va ETSI ning qoniqmasligi ba’zi bir tomonlarni standartlar to‘g‘risida kelishib olish bo‘yicha boshqa usullarni qidirishga majbur qilgan. Djeyms Berrous Amerika standartlar milliy institutida informatsion texnologiyalar sohasida standartlashtirish to‘g‘risida fikr bildirar ekan, shunday deydi14:
Standartlar ko‘p bo‘lgani va yangilari yaratilayotgani holda, ular yaxshi birlashtirilmagan va ulardan turli ishlab chiquvchilarning harakatlanuvchi ma’lumotlar tizimlarini ishlab chiqishda ham, amaldagi tizimlardan yangi texnologiyalarga o‘tishda ham, umumkorporativ harakatlarning elektron nashri kabi ma’lum bir ilovalarni ushlab turishda ham foydalanish qiyin kechadi.
(Berrous, 1993, 50-51 betlar)
Avstriya davlat standartlaridan foydalanish tashkiloti AGN (Arbeitsgemeinschaft Normenpraxis):
Ko‘pincha yuzlab sahifalarni o‘qish (va tushunish), oxir-oqibatda aslida nima qilishi kerakligini bilish (masalan, Mashina Direktivasiga muvofiq xavf-xatar darajasini tahlil qilish) qiyin kechadi.
(AGN, 1997, p. 1)

Laboratoriyada testdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ko‘pgina nemis va Yevropa standartlari sinovlarning ishonchli natijalarini olishga yetarlicha ko‘maklashmaydi (Hinrichs, 1997).


Systems Software Interface (SSI) xalqaro standartini qo‘llab-quvvatlashga erishish uchun bo‘lgan urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragandan keyin, u yog‘ini o‘zingiz xulosa qilavering (Takahashi va Tojo 1993, 535-bet).
Xalqaro standartlashtirish biznesida muvofiqlashtirish jarayoni, garchi muhokama qilinadigan mavzular asosan sof texnik xarakterga ega bo‘lsada, bu taxmin qilinganidek, ko‘proq yoki kamroq darajada hokimiyat uchun siyosiy yoki iqtisodiy kurashdir. Taassufki, SSI bilan bo‘lgan holatda bu yaqqol ko‘zga tashlangan.
Informatsion texnologyalar sohasi uchun Krotkoy (1993, 40-bet) shunday xulosaga keladiki, standartlar juda ko‘p va juda kam. Shunday qilib, standartlashtirish – garchi shunday bo‘lishi kerak bo‘lsada – hamjamiyatga xizmat qilmagan.
Krouford (1991, 79-93 betlar) “standartlarning muammolari va xavf-xatarlarini” sanab o‘tadi:
- Ijro standartlari uchun yuqori darajali yoki noodatiy kriteriylarini belgilaydigan standartlar yangi raqobatchilar uchun, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi kam sonli raqobatchilar uchun to‘siqlarni oshiradi.
- Standartlar ko‘pincha ma’lum bir kompaniyalarni boshqalariga qaraganda ko‘proq qo‘llab-quvvatlaydi.
- Agar standartlashtirish juda tez boshlansa, u innovatsiyalarga putur yetkazishi mumkin.
- Ba’zi bir standartlar juda batafsil ifodalangan, ular yoki xalaqit beradi yoki hatto ularni amalga oshirib bo‘lmaydi.
- Ko‘pgina standartlar darajalarni aralashtirib yuboradi: ular bitta muammoning yechimini shunchaki tasvirlab berish o‘rniga ko‘pincha boshqa masalalarning yechimini taqdim qiladi.
- Ba’zan standartlar o‘zining hajmini aniq belgilashda kamchiliklarni boshdan kechiradi.
- Bir nechta standartlar trivial muammolarni hal qiladiganday yoki muammolarni foydali bo‘lmagan usullar bilan hal qiladiganday bo‘lib tuyuladi.
- Ko‘pgina standartlar yomon yozilgan.
- Ba’zi bir standartlar yomon yozilganligi tufayli bir qiymatli emas, yoki kelishuvga standartni ko‘proq mavhumlashtirish hisobiga erishilgan bo‘ladi.
- Standartlar ko‘pincha kelishuv orqali ma’qullanadi, bu texnik kelishuv emas, balki siyosiy kelishuv bo‘lishi mumkin, bu standartlarning kuchsiz bo‘lishiga olib keladi.
- Yangi standartlar ko‘pincha oldingi versiyalar bilan oradagi farqni ko‘rsatmaydi, foydalanuvchi bu farqlarni, kutilganidek, o‘zi aniqlashi lozim bo‘ladi.
- Turli xil standartlarning soni ko‘pligi ularning orasidan to‘g‘rilarini topishga xalavit beradi.
- Standartlarning narxi yuqoriligi ularning keng ko‘lamda tarqalishiga to‘sqinlik qiladi, shu tariqa ulardan kam sonli odamlar foydalanadi va standartlarning ta’siri kam bo‘ladi.
Mahsulotlarning yashyash sikllari qisqarib borayotganligi sababli, tezkor bo‘lish uchun standartlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boraveradi. Biroq, bu barcha qiziquvchi tomonlarni jarayonga jalb qilish va kelishuv asosida qabul vilingan qarorga ega bo‘lishga zid bo‘ladi. Ko‘pchilik SDOs ni sekinlashib borayotganlik va norentabellikda ayblaydi. Boshqalar, masalan, sanoat konsorsiumlari tezkor va shu sababli nisbatan arzon bo‘lib hisoblanadi, biroq ular jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishda kamchilikni boshdan kechirmoqda va standartlarga erishishning oson bo‘lishi va ularga xizmat ko‘rsatishning oson bo‘lishi kabi boshqa muammolarga duch kelmoqda.



Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish