Sifat menejmenti va maxsulotlar xavfsizligi


O‘zaroalmashuvchanlik asoslari



Download 8,3 Mb.
bet36/168
Sana20.12.2022
Hajmi8,3 Mb.
#891498
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168
Bog'liq
УМК Стандартлаштириш

5.2.5 O‘zaroalmashuvchanlik asoslari


Yuqorida biz tez-tez o‘zaroalmashuvchanlik degan iborani tilga oldik. Xo‘sh, o‘zaro almashuvchanlik deganda nimani tushunamiz?


O‘zaroalmashuvchanlik – alohida tayyorlangan detallarning, bo‘laklar va agregatlarning mashina, qurilma yoki asbob kabilarni yig‘ishni qulay va to‘siqsiz amalga oshirish xossalarini bildiradi. Bu atama shu detallar va bo‘laklar buyumga nisbatan texnikaviy talablarni og‘ishmay bajarilishini ta’minlashi hamdir.
Masalan, standartlashtirishda elektr lampochkasi misolini yana bir bor eslang. Yoki, kompyuterning disk yuritmasiga diskni joylayotganimizda “disket (disk) diskovotga sig‘armikan yoki yo‘qmi” deb deyarli hech kim o‘ylamasa kerak (12.11-rasm bular egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o‘qish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.). Vaholanki, aksariyat hollarda disk yuritmasi boshqa korxonada, disk esa boshqasida ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Endi ushbu moyillikni saqlash uchun nafaqat bir xildagi disklarni ishlab chiqarish, balki disk yuritmalari ham bir talablar asosida ishlab chiqarilishi shart ekan.

5.11-rasm. Disk yurituvchilarning umumiy ko‘rinishi.

O‘zaro almashuvchanlik quyidagicha bo‘lishi mumkin:



  • to‘liq o‘zaro almashuvchanlik;

  • cheklangan o‘zaro almashuvchanlik;

  • tashqi o‘zaro almashuvchanlik;

  • ichki o‘zaro almashuvchanlik.

To‘liq o‘zaro almashuvchanlik – qo‘shimcha ishlovsiz, sozlash yoki moslashsiz va tanlovsiz buyum yoki qurilmalarni yig‘ish imkonini beradigan aniqlikdagi parametrlarni olish va ta’minlashdir. O‘zaroalmashuvchanlikning ushbu turida buyumni yig‘ish va ta’mirlash va uni avtomatlashtirish ancha osonlashadi, u bilan bog‘liq sarf harajatlar esa kamayadi.
Cheklangan o‘zaroalmashuvchanlik – bu usul yig‘ish paytida detallarni guruhlab tanlash (selektiv yig‘ish), kompensatorlarning ishlatilishi, holatni sozlash, moslash kabi tadbirlar yo‘l qo‘yilishi bilan tavsiflanadi.
Tashqi o‘zaroalmashuvchanlik – bu sotib olinadigan buyumlarning va bo‘laklarning foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va shakllari bo‘yicha o‘zaroalmashuvchanligi hisoblanadi.
Ichki o‘zaroalmashuvchanlik – buyumning tarkibiga kiruvchi alohida detallarni, bo‘laklarni va uzellarni o‘zaroalmashuvchanligini bildiradi.
Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tobora rivojlanib borayotganligi va bozor munosabatlari keng tadbiq etilayotganligini hisobga olgan holda o‘zaroalmashuvchanlikning bu turi hozirgi kunlarda juda dolzarb hisoblanadi.
O‘zaro almashinuvchanlik – bir buyum, jarayon yoki xizmat o‘rniga xuddi o‘sha talablarni bajarish maqsadida boshqa buyum, jarayon yoki xizmatdan foydalanish uchun yaroqliligi (funksional o‘zaro almashinuvchanlik, geometrik (o‘lchovli) o‘zaro almashinuvchanlik)
Bir-biriga moslik – mahsulot, jarayon yoki xizmatning talablarni bajarish uchun berilgan sharoitlarda qo‘shma (birgalikdagi), nomaqbul o‘zaro ta’sirlarni keltirib chiqarmaydigan foydalanishga yaroqliligi.
Tizimlashtirish – predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning belgilangan tartibda va ketma-ketlikda joylashishi (alfavit, TST sinflari; MH belgilanishi, afzal sonlar va boshqalar).
Tasniflash – tizimlashtirishning turi – predmetlar, hodisalar yoki tushunchalarning ularning umumiy belgilariga bog‘liq holda sinflar, kichik sinflar, razryadlar bo‘yicha joylashishi.



Download 8,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish