Tayanch so‘zlar: sino-tibet, “putunxua”, xan, “venyan”, “fan yan”, mandarin dialekti, etnik mansublik, iyeroglif, “yuysu”, “islohotlar va ochilish” davri, konfutsiylik ta’limoti, “nails til”, “keszyuy”, “imtihonlar yuani”, mahalliy tillar, uyg‘ur separatizmi, maoizm, madaniy inqilob.
Xitoydagi tillar
Xitoydagi tillaming aksariyati sino-tibet (xitoy-tibet) tillari oilasiga kiradi. Mazkur oila lOOdan ortiq tillami (qabila tillaridan tortib millat tillarigacha) o‘z ichiga oladi.
Dungan tili xitoy-tibet tillarining Xitoy tarmog‘iga kiradi. Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)da, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida tarqalgan. Hozirgi kunda bu tilni egalari xitoy dialektlaridan birida yoki xitoy adabiy tilida so'zlashadi. XXRda 7 milliondan ortiq, xorijda esa 50 mingga yaqin dungan yashaydi.
Tibet-birma tillari xitoy-tibet tillari oilasiga mansub bo‘lib, Xitoy (asosan Tibet), Myanme, Hindiston, Nepalda tarqalgan. Unda 60 million kishi gaplashadi.
Myao-yao tillari kam o‘rganilgan bo‘lib, ulaming geneologik tasnifi ma’lum emas. Yaqin kungacha bu til xitoy-tibet tillari oilasiga kiritilgan. Myao-yao tillarida 8 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi (Xitoy, Vetnam, Laos, Tailand va Myanme).
Taylar Hindi-xitoy orolida va Xitoyning janubiy hududlarida yashaydi. 20 ga yaqin tay tilining mavjudligi qayd qilingan. Tay tili bir tomondan, xitoy-tibet, ikkinchi tomondan, esa avstro-osiyo tillari oilasiga kiritiladi103.
Xitoy tili - “putunxua” Xitoy Xalq Respublikasi, Tailand va Singapuming rasmiy tili hisoblanadi. Tarixan mazkur til xan xalqining tilidir. “Putunxua” fonetik va leksik jihatdan shimoliy dialektlar, xususan, Pekin dialektining talaffuziga asoslangan adabiy tildir. “Putunxua”ning grammatikasi zamonaviy xitoy tili (bayxua)ning me’yoriga mos keladi.
Xitoy tili grammatik vositalarga o‘ta tejamkorligi bilan xarakterlanadi. Xitoy tilida ko‘p hollarda qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasini farqlab bo'lmaydi. Bir qo‘shimcha bir guruhning shakllanishi uchun, ya’ni bir necha so‘z uchun ishlatilishi mumkin. Zero, qo‘shimchalar ko‘p emas. Kelishik qo‘shimchaiarming yo‘qligi old qo‘shimchalar va so‘z tartibining grammatik rolini kuchaytiradi, bu vositalar yordamida (ya’ni analitik usul bilan) boshqaruv munosabati amalga oshiriladi. Moslashuv munosabati kuzatilmaydi. So‘z turkumlari tizimida sifatning xususiyati otga qaraganda ko‘proq fe’lga yaqin turadi. Fe’l shakllari tizimida shaxs va sonda tuslanish mavjud bo‘lmaydi, biroq modal fe’llar keng qo'llaniladi. Xitoy tilida modal yuklamalari ham keng tarqalgan bo‘lib, gaplaming aniq ma’nosini tushunish uchun maxsus bilim talab qilinadi. Xitoy tili boshqa tillardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z o‘zlashtirmaydi, lekin so‘zlami kalkalash vositasi yordamida semantik jihatdan o'zlashtiradi. Til qurilishida ihotalanishning ustivorligi seziladi. So‘zlar “yuysu” (ma’noli bo‘g‘in)lardan tarkib topgan bo'ladi. Yevropa tilshunosligida markaziy o‘rinni “so‘z”, xitoy tilshunosligida esa “yuysu” egallaydi. Xitoy tilida har bir matn awal “yuysu”larga bo‘linib, keyin so‘zlarga ajratiladi.
Xitoy tili alohida ohang tizimiga ega. Boshqa tillarda bo‘lganidek, xitoy tilida ham gap urg‘usi mavjud. Bundan tashqari, har bir urg‘u olgan “yuysu” u yoki bu ohangda talaffuz qilinadi. “Putunxua”da “yuysu”ning to‘rt ohanggi ajratilib, bu ohanglar muayyan o‘qish qoidalari asosida talaffuz etiladi. Zotan, ohang ma’noni farqlashda muhim omil sanaladi.
2004-yilda o'tkazilgan birmchi umumxitoy tadqiqotlarining maTumotlariga ko‘ra, XXR aholisining 70% “putunxua”da gapira oladi. Umuman, xitoy tilida 1 milliarddan ortiq kishi so'zlashadi. Shundan 130 million kishi uchun u ona tilidir104. Bundan tashqari, 10 milliondan ortiq xitoylik Janubi-sharqiy Osiyo (Indoneziya, Kambodja, Laos, Vetnam, Myanma, Malayziya, Tailand, Singapur)da yashaydi. Xitoy tili BMT ish yuritadigan olti rasmiy tildan biri hisoblanadi2.
Bugungi kunda XXR hukumati xitoy tilining dunyoda yoyilishiga alohida e’tibor qaratmoqda. 1984-yilda XXR Ta’lim vazirligi qoshida Chet ellarda xitoy tilini ommalashtirish ishlarini yuritish idorasi (“Xanban”) tashkil qilindi. Unda xuddi TOEFL singari xitoy tilidan rasmiy imtihon joriy etildi.
г
2009-yil maTumotlariga ko‘ra, XXR tashqarisida 40 million chet ellik xitoy tilini o‘rganmoqda. Muhojirlar orasida xitoy tili va madaniyatini ommalashtirish davlat miqyosidagi muhim vazifalardan biriga aylangan105.
Xitoy tilining dialektlari va ularga munosabatlar
Xitoy dialektlari ko‘p asrlar davomida shakllangan. Xitoyning turli hududlarida leksik tarkibiga ko‘ra farqlanadigan tilning o‘ziga xos hududiy shakllari G'arbiy Chjou sulolasi hukmronligi davrida vujudga kela boshlagan. Qadimiy Xitoy tarixida dialektlaming jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ajralib ketgan xonliklaming bir-biri bilan hech qanday madaniy aloqalari bo'lmagan “jang qilayotgan xonliklar davri”da yuz bergan. Xitoy imperatori Sin Shixuan xitoy tilini Sin dialekti asosida standartlashtirishga harakat qiladi, biroq mazkur islohot faqat yozuvga tegishli edi. O‘rta asrlaming boshida qadimgi xitoy tilining tamoman inqirozga yuz tutishi natijasida mahalliy dialektlar shakllanadi. Ular Uch xonlik hamda Shimoliy va Janubiy sulolalar davrida bir-biridan mustaqil ravishda rivojlandi. Bundan tashqari, ulaming barchasi tarqalgan hududiga ko‘ra Xitoy bilan chegaradosh bo'lgan rurli xalqlar tillarining ta’siriga uchradi. Tan sulolasi davrida mamlakatning shimoliy va janubiy hududlaridagi mahalliy shevalar so'zlashuv tilida deyarli bir-birini tushunib bo'Imaydigan darajaga keldi. Bu davrda qadimiy xitoy tilining leksik-grammatik me’yoriga asoslangan “venyan” adabiy tilining ishlab chiqilishi, hech bo‘lmaganda tilning yozuv shaklidagi dialekt farqlaridagi to‘siqlami bartaraf qilishga urinish edi.
O‘rta asrlaming oxirlarida mo‘g‘ullar istilosidan keyin mamlakatning shimoliy va janubiy qismlaridagi mahalliy variantlar orasidagi farq yana-da kuchayadi. Bu jihat Yuan sulolasi hukmronligi davrida xitoy tili rasmiy maqomining yo‘qolgani bilan ham bogTiq edi.
Hokimiyat organlari o‘z faoliyatlarini mo‘g‘ul tilida olib borishdi. Sin - manjur sulolasining hukmronligi davrida ham vaziyat deyarli o'zgarmadi. Faqat XX asrdagini mamlakat rahbariyati xitoy tili doirasida dialekt farqlari muammosi bilan jiddiy shug‘ullandi. 1956-yilda XXR Davlat kengashining “Umumtilni yoyish haqidagi” qarori qabul qilinishi bilan mahalliy dialektlarga nisbatan assimilyasiya siyosati batamom mustahkanilanib, xitoy tili rivojlanishining rejalashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi2.
Biroq Xitoy hukumati shu kungacha butun mamlakatni yoppasiga “putunxua”ni qo‘llashga o‘tkazishni amalga oshirolmadi. 80-yillaming oxirida yangi ta’lim dasturlarining qabul qilinishi bilan “putunxua” dialektlami an’anaviy qo'llash sohasiga asta-sekin singdirila boshlandi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, zamonaviy dialekt (fan yan) so'zi xitoy tilida eramizdan awal ham mavjud bo'lgan. Uning so‘zma-so‘z taijimasi “ajnabiy nutqi” ma’nosini anglatib, lotincha “dialekt” so’zining etimologiyasi bilan to‘liq mos kehnaydi.
Xitoy tili ko‘p dialektli til bo‘lib, unda Imilliard 200 milliondan ortiq kishi gaplashadi. Shulardan 800 millioni Shimoliy guruhda so‘zlashadi. Xitoy adabiy tili Shimoliy dialektlarga asoslangan. Pekin talaffuzi fonetik me’yor hisoblanadi. Xitoy, sobiq Ittifoq va Rossiya tadqiqotchilari tomonidan hozirgi XXRning hududida yettita yirik dialekt guruhining mavjudligi qayd qilingan. Ular quyidagilardan iborat:
Guanxua dialektlari yoki mandarin (Xitoyda inqilobdan oldin: katta amaldorlar) dialekti;
Szyansu va Chjeszyan viloyatlarining U dialektlari;
Szyansining Gan dialekti guruhi;
Xunan viloyatida tarqalgan Syan dialekti;
Futszyan va Guandun janubiy viloyatlarida tarqalgan Хакка dialektlari;
Futszyan viloyati va Osiyoning janubi-sharqiy qismidagi xitoyliklaming Min yoki Xokkien dialektlari guruhi;
Guandun viloyati, Макао va Gonkongning ayrim ma’muriy tumanlari, shuningdek, Yangi dunyo (Amerika) mamlakatlaridagi aksariyat xitoylik muhojirlaming Yue yoki Kanton dialekti1.
Yevropalik va amerikalik tadqiqotchilaming fikrlaricha, yuqorida qayd qilingan dialekt guruhlari mustaqil tillar hisoblanadi. Masalan, ingliz tilidagi adabiyodarda ulaming tavsifi uchun dialect - dialekt emas, balki language - til so‘zi qo‘llaniladi.
Xitoy tilining birligi nazariyasi ko‘pincha dialektlaming maxsus yozuvi yo‘qligiga tayanadi. Odatda, iyeroglif yozuvi hozirgi xitoy tili hududiy shakllarini birlashtiruvchi asosiy omil bo‘lib, turli dialektlaming egalari undan foydalangan holda, bir-birlari bilan har doim erkin muloqotda bo‘lishlari mumkin, deb hisoblanadi. Aslida bunday emas. XXRning janubiy viloyatlarida yashovchilaming mandarin dialekti yozuv variantini tushunish qobiliyati so‘nggi 15-20 yil ichida, ya’ni mamlakat hukumati Xitoyning butun hududlarida “putunxua”ni yoppasiga o‘rganishga asoslangan ta’lim standartlarini qattiq nazorat qila boshlagandan keyin
Do'stlaringiz bilan baham: |