Toxar tillari



Download 54,2 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2022
Hajmi54,2 Kb.
#451488
Bog'liq
Toxar tillari - Vikipediya



Toxar tillari
Toxar tillari — hind-evropa tillari oilasiga mansub qarindosh oʻlik tillar guruhi.
"Tohar A" va "toxar B" deb ataluvchi tillarni oʻz ichiga oladi (baʼzi adabiyotlarda ular "sharkiy
toxar" va "gʻarbiy toxar" tillari yoki yozma manbalar topilgan joyga nisbatan "qarashar tili" va
"kucha tili" deb ham ataladi). "Toxar tillari" shartli atama boʻlib, u 1907-yil nemis olimi F. Myuller
tomonidan fanga kiritilgan. Uning shartliligi shundaki, Toxar tillari da soʻzlashuvchilar oʻz davrida
qanday atalganligi nomaʼlum hamda ularning mil. av. toxarlar (Toxariston xalqi)ga aloqasi yoʻq.
Shu bilan birga, Toxar tillari ning qad. turkiy til va sharqiy eroniy tillar bilan yaqin aloqada
boʻlganligini koʻrsatuvchi dalillar ham bor.
Toxar tillarida (har ikkalasida) yozilgan matnlar 5—8-asrlarga mansub boʻlib, ular 19-asr oxiri —
20-asr boshlarida Sharqiy Turkiston (XXR ning Sintszyan viloyati)ning Kucha sh., Turfon va
Karashar voxdlaridan topilgan. Matnlar yaratilgan davrda toxar A tili turkiyzabon xalklar hamda
toxar B tilida soʻzlashuvchi xalq oʻrtasida keng isteʼmolda boʻlmagan, faqat buddaviylik
ibodatlari oʻtkaziladigan yozma adabiy til xisoblangan. Toxar A tilining Turfon va Qarashar
vohalaridan topilgan matnlariga toxar B tilida, shuningdek, qad. turkiyuygʻur tilida yozilgan
tushuntirish belgilari shundan dalolat beradi. Toxar B tilidagi matnlar ham Sintszyanning turli
hududlaridan — Kucha shaxridan, toxar A matnlari uchragan sharqiy viloyatlardan topilgan. Toxar
B tilidagi ayrim qoʻlyozmalar oʻrtasida dialektal tafovutlarning mavjudligi ushbu tilning
qoʻlyozmalar yaratilgan davrgacha ham keng isteʼmolda boʻlganligini koʻrsatadi.
Toxar tillari fonetik tizimi bir kancha undosh fonemalarning kattiklikyumshoklik ziddiyatida
boʻlishi, urgʻusiz unlilarning reduksiyaga uchrashi bilan tavsiflanadi. Morfologiyasida otlarning 3
grammatik jins kategoriyasiga, 3 xil son — birlik, ikkilik, koʻplik sonlarga egaligi, 9 kelishik bilan
oʻzgarishi, feʼllarning 3 shaxs, 3 xil son, 3 zamon va 4 mayl shakllariga ega boʻlishi kuzatiladi. A
va B Toxar tillari tilning har bir sathida oʻzaro oʻxshashliklar bilan bir qatorda muayyan
tafovutlarga ham ega boʻlgan.


 
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Toxar tillari ning yozma yodgorliklari qad. hind yozuvi brahmining Markaziy Osiyoda tarqalgan
alohida (qiya) shaklida bitilgan. Dastlabki yodgorlik 1892-yil Rossiyada S. F. Oldenburg
tomonidan nashr etilgan. Keyinchalik (19-asr boshidan 50y. larigacha) nemis olimlari E. Zig va V.
Zigling toxar matnlarini atroflicha oʻrganib, bu tillarning hindevropa tillariga mansubligini
koʻrsatib berdilar, yozma yodgorliklar toʻplamlarini nashr etdilar.
Anvar Ismoilov, Abduvahob Madvaliyev.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Toxar_t
illari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Toxar_tillari&oldid=2442334
" dan olindi


Download 54,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish