Hozirgi fors tili Eronning davlat va adabiy tilidir. Fors adabiy
tilining tayanch dialekti — Tehron dialektidir. Fors tili o‘zaro qarindosh
bo‘lgan boshqa tillar bilan birgalikda hind — yevropa tillariga
mansub bo‘lgan eroniy tillar guruhiga kiradi.
Eroniy tillar ba’zi bir fonetik va grammatik hususiyatlariga ko‘ra
g‘arbiy va sharqiy guruh eroniy tillariga bo‘linadilar.
1. G‘arbiy guruh eroniy tillariga fors, tojik, beluch, kurd va
Kaspiy bo‘yi tillari (gilon, mozandaron, semnon, tolish, tot) va
boshqa tillar kiradi.
2. Sharqiy guruh eroniy tillariga afg‘on (pushtu), osetin, yag‘nob
va pomir tillari (shug‘non, voxon, sanglichi, yazg‘ulom, ishkashim,
zeboki, munjon) va boshqa tillar kiradi.
Eroniy tillar o‘zlarining grammatik qurilishi va leksik tarkibi
jihatidan bir-biridan ancha farq qiladilar.
Hozirgi fors tili o‘z yozuviga ega bo‘lgan eng qadimiy tillardan
biridir. Qadimiy fors tili eramizdan avvalgi VI asrda Ahamoniylar
sulolasining rasmiy tili hisoblanib kelgan. Bu tilda yozilgan
ahamoniylaming bir qancha yozma yodgorliklari bizgacha yetib
kelgandir. Fors tilining tarixiy taraqqiyot yoii uch asosiy davrga
bo‘linadi:
1. Qadimgi fors tili (eramizdan avvalgi VI—III asrlar).
2. 0 ‘rta davr fors tili (eramizdan avvalgi III va eramizning VII
asrlari).
3. Yangi ya’ni hozirgi fors tili (IX asrdan shu kungacha bo‘lgan
davmi o‘z ichiga oladi).
Har bir davr yagona umumxalq tilining asosiy va eng muhim
taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. Har bir davr tilining o‘ziga xos
grammatik xususiyatlari, lug‘aviy o‘zgarishlari va ma’lum yozuv
sistemasi bo‘lgan.
Qadimgi va o‘rta davr fors tili o‘lik til hisoblanib, uning grammatik
qurilishi va lug‘at tarkibi haqida bizgacha yetib kelgan yozma
yodgorliklar orqaligina ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Qadimgi va o‘rta davr fors tilining grammatik qurilishi va leksik
tarkibini o‘rganish hozirgi fors tili va boshqa eroniy tillami tarixiy
taraqqiyot yo‘llarini bilish, ulami qiyosiy o‘rganish uchun katta
ahamiyat kasb etadi (bu masala bo‘yicha qarang: ≪И.М. Оранский.
Введение в иранскую филологию. М., I960≫),
Ma’lumki, VII asrda arablar Eron, 0 ‘rta Osiyo va ularga qo‘shni
bo‘lgan bir necha mamlakatlami zabt etadilar. Arablar bu mamlakatlatrda
islom dini bilan bir qatorda, o‘z madaniyati, tili va yozuvini
keng xalq ommasiga tarqata boshlaydilar. Natijada islom dini,
arab yozuvi, arab tili bu yerlarda mustahkam o‘rnashib oladi va rivoj
topadi. VII asming oxiriga kelib mahalliy xalqlardan chiqqan
olimlar arab tilida diniy, falsafiy hamda adabiyot, huquq va tibbiyotga
oid asarlar yoza boshladilar.
Ilmiy va adabiy kitoblami boshqa tillardan arab tiliga tarjima
qilish keng avj oladi. Eron, 0 ‘rta Osiyo va Sharqning boshqa xalqlari
orasida arab tilida she’r bitgan shoirlar, arab tilida ijod etgan
olimlar paydo bo‘la boshlaydi. Kun sayin ulaming soni ortib boradi.
Madrasalarda o‘qish arab tilida olib boriladi. Ma’muriy idoralarda
va shaxsiy yozishmalarda ham arab tili keng qo'llaniladi. Yozuvda
arab alifbosi mustahkam o‘rnashib oladi.
Arablar bosib olgan butun territoriyada qariyb ikki asr mobaynida
arab tili adabiyotda va ilm-fanda hukmronlik qiladi.
Arablar 0‘rta Osiyo va Eron xalqlariga o‘z tili va madaniyatini
majburiy ravishda singdirish va mahalliy xalqlar tilini aloqadan siqib
chiqarishga qanchalik harakat qilgan bo‘lsalar ham, bunga erisha
olmadilar. 0 ‘rta Osiyo va Eron xalqlari o‘z davlat va til mustaqilligini
saqlab qoldilar.
IX asrda Eron va 0 ‘rta Osiyo xalqlari o‘z davlat mustaqilligi
uchun olib borgan kurashda g'olib chiqdilar va arab xalifaligi hukmronligidan
ozod bo‘lib, o‘zlarining markazlashgan Somoniylar davlatini
vujudga keltirdilar.
Somoniylar dariy yoki forsiy nomi bilan atalgan mahalliy tilni
o‘zlarining davlat va adabiy tili deb e’lon qildilar. Dariy tili qadimgi
va o‘rta davr fors tilining tarixiy taraqqiyoti davomi sifatida shakllandi
va arab so‘zlari hisobiga o‘z leksik tarkibini boyitdi. Shunday
qilib, IX asrdan boshlab fors tili tarixida III davr — yangi fors tili
tlnvri boslilandi. Dariy tili tez sur’at bilan taraqqiy etdi va ko‘p
soluilnnlan arab tilini siqib chiqarib, tez vaqt ichida fan va adabiyot
di liim asosiy (il bo‘lib qoldi.
Somoniylar davlatining markazi Buxoro shahri bo‘lib, bu shahar ilmt'an,
ma’ri fat va sheriyat markaziga aylandi. Bu davming eng mashhur
slioir va olimlari, san’atkor va mutaffakirlari Buxoroga to‘plandilar
va ijod qildilar. Somoniylar hukmronligi davrida adabiyot va san’at,
ilm va ma’rifat tez sur’atlar bilan taraqqiy etdi va madaniyat gullab
yashnadi.
IX asrdan XV asrgacha bo‘lgan davrda 0 ‘rta Osiyo va Eron
xalqlarining tarixida ilm va madaniyat, adabiyot va she’riyat yuksak
darajaga ko‘tarilgan davr bo‘ldi. Bu davrda, bir tomondan, ijtimoiy
fanlar — tarix, falsafa, mantiq va adabiyot keng rivojlangan bo‘Isa,
ikkinchi tomondan, tabiiy fanlar — matematika, astronomiya, meditsina
fanlari taraqqiy etib, bu sohada olib borilgan katta ilmiy
tadqiqotlar asosida o‘)mas asarlar yaratildi. Bu asarlami yaratgan
Muhammad Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Bemniy,
Abu Nasr Farobiy kabi olimlaming nomlari jahonga mashhurdir.
Somoniylar davlati barpo bo‘lishidan boshlangan besh asrlik
davr eron va tojik xalqlari adabiyotining, xususan she’riyatning
kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilgan davri bo‘ldi. Bu davrda dariy
(forsiy) tilida insoniyatning ma’naviy boyliklari xazinasiga katta
xissa qo‘shgan, o‘zining o‘lmas asarlari bilan jahon kitobxonlarini
maftun etgan Abu Abdullo Rudakiyning lirik she’rlari, Abulqosim
Firdavsiyning mashhur ≪Shohnoma≫ asari, Umar Xayyomning
mboiylari, Sa’diy Sheroziyning ≪Guliston≫ va ≪Bo‘ston≫ asarlari,
Amir Xusrav Dehlaviyning ≪Hamsa≫si, Shamsiddin Muhammad
Hofizning g‘azallari, Abdurahmon Jomiyning ≪Haft avrang≫i va
boshqa bir qancha shoir va olimlaming asarlari yaratildi.
Ma’lumki, eron va tojik xalqlari o‘zlarining uzoq tarixiy taraqqiyotlari
davrida doim o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘-
lib kelganlar. Bu xalqlar hatto bir necha asrlar davomida bir davlat
territoriyasida bo‘lgan holda, birga yashab, birga ijod etganlar. Shu
tarixiy shart-sharoitlar natijasida Eron va tojik xalqlari madaniyati,
adabiyoti va til qurilishida birlik va umumiylik vujudga kelgan.
Eronshunos olimlaming fikriga ko‘ra XV asrga qadar dariy tili eron
va tojik xalqlari uchun mushtarak adabiy til bo‘lgan. XV asrdan
so‘ng turli tarixiy sharoitlarga ko‘ra fors va tojik tillari orasida ayrim
tafovutlar paydo bo‘la boshlaydi va davr o ‘tishi bilan ular orasidagi
farq oshib bordi. Shuning uchun IX-XV asrlar davomida fors-tojik
adabiyoti bir butun adabiyot sifatida rivojlanganligi sababli, bu
davrda dariy tilida ijod etgan shoirlar fors-tojik klassik shoirlari va
ulaming asarlari fors-tojik klassik asarlari deb ataladi. Bu borada
mashhur eronshunos olim Y.E. Bertels shunday degan: ≪. . .Klassik
til deb ataluvchi tilda, ya’ni dariy yoki forsiy tilida yaratilgan ulkan
adabiy merosga har qanday holda ham har ikki xalqning haqi bordir
va bu adabiyotni ulardan biriga mansub etishga urinish ikkinchisiga
nisbatan adolatsizlik bo‘lur edi≫.
Forsiy tili o‘zining ohangdorligi, sinonimlarga boyligi va
so‘zlaming osonlik bilan vazn hamda qofiyaga tushishi sababli
ko‘pgina mamlakat shoir va olimlarini o‘ziga jalb qiladi va qisqa
davr ichida 0 ‘rta Osiyoning butun territoriyasiga, Ozarbayjon va
Hindistongacha yoyilib, forsiy tilda bu mamlakatlar xalqlari
tomonidan boy adabiy va ilmiy asarlar yaratildi. Ko‘pgina o‘zbek
shoirlari hatto XIX asming oxiriga qadar o‘z she’r va asarlarini 0‘zbek
tili bilan bir qatorda forsiy tilda ham yozganliklari ma’lumdir.
Shu kunlarda 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik
instituti qoMyozmalar fondida saqlanib kelayotgan minglab eron,
tojik, o'zbek, hind, o'/.arbayjon va Sharqning boshqa xalqlari tomonidan
forsiy tilda yozib qoldirilgan minglab tibbiyot, matematika,
aslronomiya, tarix, falsafa, luiquq, til va adabiyotga oid qoMyozmalar
va yuzlab shoirlarning devon va tazkiralari fikrimizning dalili
bo'la oladi.
Fors tili IX asrdan to shu kungacha bosib o‘tgan tarixiy taraqqiyot
davrida ancha o‘zgarishlarga uchradi.
Bu o‘zgarishlar, birinchidan, fors-tojik klassik adabiyotida keng
istc’mol qilingan ayrim so‘zlaming hozirgi fors tilida ishlatilmay
qolishi yoki ular ma’nosining o‘zgarishida ko‘rinsa, ikkinchidan,
hozirgi fors so‘z yasovchi elementlar asosida yasalgan yangi so‘zlar
hisobiga boyishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga fors tili
grammatik qurilishida ham ayrim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ya’ni
ba’zi grammatik kategoriyalaming shakli va vazifalari birmuneha
o‘zgardi.
Hozirgi fors tilining lug‘at tarkibida arabcha so‘zlar va arab
elementlari nihoyatda ko‘pdir. Bundan tashqari, fors tiliga birmuncha
arab grammatik va grafik elementlari ham kirib kelgan. Bularning
hammasi fors tili grammatik qoidalariga bo‘ysungan holda
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |