Shohjahon normurodov


TOPSHIRIQ-5. Aniqlovchilarning tagiga chizing!!!



Download 280,49 Kb.
bet105/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

TOPSHIRIQ-5. Aniqlovchilarning tagiga chizing!!!
1. Dutor torlarining jarangi Zumradning tovushiga qo‘shilib ketdi. (O.) 2. Mana shu o‘yin-kulgilar, qo‘shiqlar, kuylar yosh va keksalarning diliga orom hamda quvonch bag‘ishlagan lola sayili
yaqindagina bo‘lgan edi. (Sh.R.) 3. Osmondagi umid yulduziga boqib, hayot chashmasini qidiraman. (M.Qoriyev) 4. Yosh yigitning yuragiday qaynab, jo‘sh urib turgan zilol suvli buloqni ko‘z yoshi bulog‘i deb ataganlari qiziq. (S.Anorboyev) 5. Qorong‘i dala jimjit. Faqat hasharotlarning chirillashi, suvning shildir-shildir oqishi eshitiladi... (S.Nazar) 6.Professor Nosirov ulug‘ 63 yoshni qarshiladi.7. Rassom Chingiz Ahmarov. 8.Kosib yigit tun-u kun tinmaydi.
GAP BO‘LAKLARI TARTIBI
O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin. Odatda, gapda ega va unga bog‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan bo‘laklar keyin joylashadi, ba’zan aksincha ham bo‘ladi: Bu yo‘llar menga tanish. – Menga tanish bu yo‘llar.
Eganing ko‘proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida (Men keldim), hol (ohista gapirdi) va to‘ldiruvchining kesimdan (she’rni yod oldi), aniqlovchining egadan oldin (qizil gul, do‘stimning akasi) joylashuvi odatdagi, me’yoriy tartibdir.
Ma’no kuchaytirish uchun muhim bo‘lak kesim oldiga o‘tkaziladi. Masalan:
1. Kecha akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga).
2. Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg‘onadan ketdi (boshqa yerdan emas, Farg‘onadan).
3. Kecha akam Farg‘onadan Toshkentga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda).
4. Kecha samolyotda Farg‘onadan Toshkentga akam ketdi (boshqa kishi emas, akam).
5. Akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha).
Odatdagi tartib ilmiy va rasmiy uslub uchun mos bo‘lsa, o‘zgargan tartib og‘zaki va badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi uchun xos.
Topshiriq!!!Berilgan gaplardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartib bo‘yicha joylashtiring.
1. Hammadan balanddir ona mansabi. (Abdurahmon Jomiy) 2. Boshni fido ayla ato boshig‘a, jismni qil sadqa ano qoshig‘a. (Alisher Navoiy) 3. Odamning mevasi farzand emish derlar bu dunyoda. (Sayyodiy) 4. Farzand mehri aritar g‘am zangini ko‘nguldin. (Nodira)
Barcha zarur bo‘laklari mavjud gap to‘liq gap deyiladi. Tushirilgan bo‘laklari oldingi gaplardan anglashilib turadigan gap to‘liqsiz gapdir. M: Bir olimdan so‘rabdilar:
– Ukangni ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi, do‘stingnimi?
– Ukamni, – deb javob beribdi u. – Agar do‘st bo‘lsa!..
TOPSHIRIQ-6. QUYDAGI GAPLARNI GAP BO‘LAKLARI BO‘YICHA TAHLIL QILING!!!
1)Yolg‘on gapirishdan doim hazar qilaman.
2) Chiroyli yozishni tezda o‘rganib bo‘lmaydi.
3) Bilimdon o‘quvchilarni men yaxshi ko‘raman.
4) Ilg‘or ishchilarni har doim qo‘llab-quvvatlashadi.
5) Serchang, sershovqin ko‘chalarda odamlar ketib borardi.
6) Birpasda ularning atrofini odamlar o‘rab oldi.
7) Anchagacha kuchli qarsak sadolari tinmadi.
8) Bu yerga yangi kelganlar tezda moslashib ketishadi.
9) Tongda hamma yoqdan bulbullarning xush ovozi eshitildi.
10) Ertalab mehmonxonaning eshigini birov qattiq taqillatdi.
11) Shu choqqacha qaysi burchakda mog‘or bosib yotgan edingiz?
12) Tog‘ qushlarining sayrashi qo‘ylarning ma’ragan ovozlariga jo‘r bo‘lmoqda.
13) Hozirgacha daladagi g‘o‘zalar uch marta chopiq qilindi.
14) Bir kun urush bo‘lgan uydan qirq kun baraka ko‘tarilar.
15) Qo‘shni xona ham doimo ozoda bo‘ladi.
16) Qing‘ir ish qirq yildan keyin ham bilinar.
17) Bu masalani odillik bilan hal etamiz.
18) Kecha shaftolizor bog‘larni ko‘rgani bordik.
19) Berilgan topshiriqni vaqtida bajarish kerak.
20) Urush... Oynisa ayvon ustuniga suyanganicha qotib qoldi.

27-DARS (GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI)
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‘pincha, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan, o‘zaro teng bog‘langan va barchasi gapning bitta bo‘lagiga tobelanadigan bo‘laklar uyushiq bo‘lak deyiladi.
Masalan: Bola goh menga, goh unga qarar edi.
Gapning barcha bo‘lagi uyushadi:
1) uyushiq ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi;
2) uyushiq kesim: U asta joyiga o‘tirib, gapira boshladi. Yo‘l keng va tekis edi;
3) uyushiq to‘ldiruvchi: Kitob va daftarlarni keltirdi. Akamga va opamga xabar qildik.
4) uyushiq aniqlovchi: Salqin va bahavo bog‘da dam oldik. Olma(ning) va shaftolining hosili mo‘l bo‘ldi;
5) uyushiq hol: Topshiriqni tez va puxta bajardik. Bugun va ertaga men navbatchilik qilaman. Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan. Quvonch va shodlikdan tili aylanmas edi. U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi. Men sizga o‘n marta, yuz marta gapirdim.

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish