Shohjahon normurodov



Download 280,49 Kb.
bet103/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

TO‘LDIRUVCHI
Gapning fe’l bilan ifodalangan biror bo‘lagiga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan, kimni?, nimani?, qayerni?, kimga?, nimaga?, kimda?, nimada?, kimdan?, nimadan?, kim uchun?, nima uchun?, kim haqida?, nima haqida?, kim bilan?, nima bilan? kabi so‘roqlarga javob bo‘luvchi ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
ot: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi;
olmosh: Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga qo‘shilib yig‘lasharmidik. (M.Yusuf);
harakat nomi: Uning kulib boqishlarini bir zum ham unutmayman.
Otlashganda:
sifat: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas;
son: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi;
sifatdosh: Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan yaxshi;
taqlid so‘z: Taqir-tuquringni yig‘ishtir;
undov so‘z: Ohimni eshit
modal so‘z: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.
To‘ldiruvchi birikma holida bo‘lishi mumkin: Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim.
Erkin birikma bilan ifodalangan murakkab to‘ldiruvchi gap mazmunini to‘ldirish, oydinlashtirish vazifasini bajaradi.
Belgili yoki belgisiz tushum kelishigidagi to‘ldiruvchi vositasiz to‘ldiruvchidir. Tushum kelishigidan boshqa shakldagi to‘ldiruvchi vositali to‘ldiruvchi sanaladi.
Kimni? nimani? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zlar bilan birikma hosil qiladigan fe’llar o‘timli fe’llardir.M: eshikni yopmoq, kitobni o‘qimoq kabi.
Hokim so‘zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so‘roqlarga javob bo‘lib keladigan kengaytiruvchilari vositali to‘ldiruvchilar deyiladi.
Vositali to‘ldiruvchi jo‘nalish, chiqish, ba’zan o‘rin-payt kelishiklari qo‘shimchalarini yoki uchun, bilan, orqali, xususida, to‘g‘risida kabi ko‘makchilarni olgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi)
bilan ifodalanadi.M: 1. Bu kitobni ukamga oldim. 2. Kutubxonachi yangi kitoblardan gapira boshladi. 3. Kechada o‘tmish voqealaridan bahs ketdi. 4. Xat qizil qalamda yozilgan edi. 5. Mufassal hisobotni pochtadan yuboraman. 6. Qishloqqa avtobusda ketadigan bo‘ldim. 7. Sayohat vaqtida ko‘rganlarimdan batafsil gapirdim.

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish