Jarqo‘ton shahar-davlatining aholisi. Sopolli madaniyatiga oid antropologik manbalar asosida T.K. Xo‘jaev uning aholisini SHarqiy O‘rta Er dengizi irqiga mansubligi to‘g‘risida ѐzgan4.
Janubiy Turkmanistonda Nomozgoh madaniyati (Nomozgoh IV-V) ochilgandan so‘ng fanda ushbu madaniyat sohiblarini ariylar deb atalgan. Ayniqsa, Janubiy O‘zbekiston va SHimoliy Afg‘onistonda bronza davriga oid dehqonchilik madaniyatlari ochilgandan keyin bu g‘oya yanada kuchaygan5. So‘nggi yillarda nomozgoh madaniyatining asosiy ijodkori V.M. Masson bu g‘oyadan qaytdi. U «...bu madaniyat sohiblari ariylar emas, balki dravid ѐki elam tilli bo‘lgan», - degan fikrga keldi6.
O‘rta Osiѐning bronza davri aholisi to‘g‘risida A.A. Asqarovning umumiy fikri shunday: «...Mening fikrimcha, Sopolli va Kuchuktepa madaniyati aholisi til jihatidan bir-birini tushunishgan, shu til asosida
Baqtriya aholisi tili vujudga kelgan, yaьni Eron tili lahjalaridan biri»7.
biri»7.
YAngi adabiѐtlarda A.A. Asqarov «Andronovo madaniyatining bir qism aholisi turk tilli bo‘lganligi» xususidagi g‘oya bilan chiqmoqda8. Bu g‘oyaning g‘oyaning asosi qadimgi Xitoy yilnomalarida keltirilgan ѐzma manbalar bo‘lib, unda Xitoyning shimolida mil.av. III-I ming yilliklarida «di»-«tiek»-«tieuk»-«turk» xalqlari yashaganligi haqida habar beradi9.
Ma’lumki, o‘tgan asrning o‘rtalarida O‘rta Osiѐ aholisi bronza davrida dravid tilli bo‘lgan degan g‘oya tarqalgan10. Bu g‘oyani Markaziy Osiѐ tarixi
1 SHaydullaev SH.B., Ditrix Xuff. Nekotorыe rezulьtatы rabot Uzbeksko-Germanskoy ekspeditsii na gorodiщe Djarkutan // IMKU, Vыp.30. - Samarkand, 1999. - S.25.
2 Raxmanov U.V., SHaydullaev SH.B. O vliyanii kulьtur stepnoy bronzы na keramicheskie kompleksы Sapallinskoy kulьturы // ONUz, 1985, №11. - S.58-63.
Kuzьmina E.E. Otkuda prishli indoarii? - M., 1994.
Xodjayov T.K. Antropologicheskiy sostav naseleniya epoxi bronzы Sapallitepa / Tezisы dokladov na sessii, posvyaщennoy itogam polevыx etnograficheskix i antropologicheskix issledovaniy v 1974-1975 gg. - Dushanbe, 1976.
Grantovskiy E.A.. Iran i iransы do Axemenidov. - M., 1998. S.41.
Masson V.M. Pechati protoindiyskogo tipa iz Altыn-depe (K probleme etnicheskoy atributsii kulьtur raspisnoy keramiki Blijnogo Vostoka) // VDI, 1977, №4.
Askarov A.A. YUjnыy Uzbekistan vo II tыsyacheletii do n.e. // Etnicheskie problemы istoriissentralnoy Azii v drevnosti. Trudы mejdunarodnogo simpoziuma po etnicheskim problemam istoriissentralьnoy Azii v drevnosti (Dushanbe, 17-22 oktyabrya 1977 g.). - M., 1981. - S.167-179.
Askarov A.A. Iskonnaya ... IMKU, Vыp.32
Materialы po etnicheskoy istorii tyurkskix narodovssentralьnoy Azii. – T., Fan, 2003. - S.10.
Tolstov S.P. Drevniy Xorezm. - M.,1948. - S.68; Tolstov S.P. Po sledam drevnexorezmskoyssivilizatsii. - M., -L., 1948. - S.86.
www.arxeologiya.uz 26
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
bilan shug‘ullanuvchi zabardast olimlar ham qo‘llab quvvatlaganlar1. B.A. Litvinskiy bu fikrni Amudarѐning chap tomonida joylashgan Xarappa madaniyatiga oid SHo‘rto‘g‘ay ѐdgorligi misolida isbotlashga xarakat qiladi.
Ta’kidlab o‘tganimizdek, Sopolli madaniyati va umuman bronza davri O‘rta Osiѐ antropologiyasi juda yaxshi o‘rganilgan, lekin antropologik jihatdan ekvator irqiga oid manbalar deyarli uchramaydi. SHu faktning o‘zi ham O‘rta Osiѐ aholisining bronza davrida dravid irqiga oid emasligini ѐki dravid tilli bo‘lmaganligini tasdiqlaydi.
Akademik E.V. Rtveladze O‘rta Osiѐ aholisi bronza davrida xurrit tilli bo‘lgan degan g‘oya bilan chiqdi2.
Eslab o‘tilgan, Jarqo‘ton arkidan topilgan byust haykalda inson qiѐfasi haѐtiy tasvirlangan. SHu haykal asosida fikrlaydigan bo‘lsak, Jarqo‘ton aholisi evropoid irqiga oid bo‘lib, qirra burun, soch-soqollari qora kishilar bo‘lgan.
Albatta, O‘rta Osiѐning janubiy mintaqalari aholisining bronza davrida ariylar bo‘lganligi tarixiy haqiqatdan juda yiroq. Avesta va Rigvedada ta’riflangan ariylarga Sopolli madaniyati ahli antropologik jihatdan ham, ular yaratgan moddiy madaniyat namunalari jihatdan ham o‘xshamaydi. Dravid tilli bo‘lganligi esa, xaqiqatdan juda yiroq. Sopolli madaniyati aholisi dravid tilli xalqlar bilan yaqindan madaniy va savdo aloqalarida bo‘lgan. Ammo, bir xalq bo‘lganligi Sopolli va Xarappa madaniyati ѐdgorliklari moddiy madaniyatlarini taqqoslash natijasida inkor etiladi. Bizning fikrimizcha, Sopolli madaniyati aholisi Janubiy Turkmaniston, SHimoliy Afg‘oniston, Markaziy va SHimoliy Eron aholisi bilan bir etnik guruhni tashkil etgan va qadimgi Eron tili lahjalaridan birida gaplashgan. SHu til asosida Baqtriya va Avesta tili shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |