Ko'zingizni asrang Reja



Download 143 Kb.
bet1/4
Sana22.11.2022
Hajmi143 Kb.
#870184
  1   2   3   4
Bog'liq
Ko\'zingizni asrang Reja


Ko'zingizni asrang


Reja:

1.Ko`zni asrash sirlari


2.Kompyuterdan ko`znbi asrash uchun tavsiyalar
3.Bolalar ko`zini asrashiga tavsiyalar
Unutmang: ko'zingizning pirpirashi bu B6 vitaminining, og'rishi esa B2 vitaminining yetishmasliginidan habar beradi. Ko'zingizning pirpirashini davolash nafaqat sizning nerv sistemangizni tiklash bilan, balki to'g'ri ovqatlanish bilan ham davolaniladi.
Avvalombor ko'zning o'tkirligini va ko'rish qobiliyatini kuchaytirish uchun bizga A, B, C gruppa vitaminlari va kaliy kabi elimentlarga muhtoj bulamiz. A vitamini asosan ko'zning to'r pardasidagi vitamin yetishmovchiligini taminlaydi, bu esa ko'zning o'tkirligini oshiradi. Asosan to'q sariq savzovotlar va mevalar A vitaminiga boy bo'ladi. Hamda sabzi, o'rik, shaftoli va bolg'ar qalampiri ham.
Iloji boricha C vitaminiga boy bo'lmish yangi yoki muzlatilgan chernikadan iste'mol qiling. U ko'zning mushak tonusini mustahkamlaydi.
B vitaminlariga boy bo'lmish go'sht, baliq va boshoqli o'simliklar esa nerv hujayralari uchun ozuqa, kamqonlikni davolaydi va kislorod harakatini tezlashtiradi. Hamda sut, quruq mevalar va go'sht mahsulotlardan oladigan kaliy esa ko'zning qarishini oldini olib, ko'z imunitetini ko'taradi.
Ko'z tomirlarini mustahkamlashda namatak, do'lana yoki chernika qaynatmasi juda foydali. Agarda nahorga, och qoringa sabzi sharbatidan ichib turilsa, bir oydan so'ng sizning ko'rish qobilayatingiz sezilarli darajada o'zgaradi. Bugungi kunda ko‘pchiligimizni tashvishga solayotgan muammolardan biri – kompyuter yoki noutbuk (sotib olish), planshet (xarid qilish) yoxud smartfon (sotib olish) ekranining ko‘zlarimiz nurini pasaytirishidir. Displeylarning salbiy ta’siridan himoyalanishning bir qator usullari bor va bugun shu masala bo‘yicha mutaxassislarning oltita maslahatini keltirib o‘tamiz.
G‘arbda ommalashgan «20x20x20» qoidasi bor: kompyuterda ishlayotib, har 20 daqiqada bir marta ekrandan ko‘zni uzish va kamida 20 soniya mobaynida 20 fut (6 metr) uzoqlikka qarash kerak. Mazkur ko‘z gimnastikasi ko‘zingiz charchashiga yo‘l qo‘ymaydi va nigohingizni susayishdan saqlaydi.

Hattoki ushbu qoidani eslatib turuvchi maxsus ilova ham ishlab chiqilgan. Protect Your Vision nomli mazkur dasturdan foydalanish uchun mana bu havola orqali o‘tasiz.
Kompyuterning monitorini yoki noutbukning displeyini shunday joylashtiringki, u ko‘zingizdan 50-65 santimetr uzoqlikda tursin. Shuningdek, ko‘zlaringiz ekranning yuqori chekkasi bilan bir xil balandlikda bo‘lgani yaxshi. Eslab qoling: ekranning markazi ko‘zingizdan taxminan 17-20 daraja pastda turishi kerak.
Displeyning yorqinligi xonaning yoritilish darajasiga muvofiq kelishi ham eng muhim omillardan biridir. Bunda bosh qoida shuki, monitor asosiy yorug‘lik manbai bo‘lmasligi shart. Shu tariqa, qorong‘ilikda ekranning yorqinligini minimum darajagacha pasaytiramiz, kuchli yoritilgan sharoitlarda esa aksincha – imkon qadar yorqin qilib qo‘yamiz.
Kompyuter foydalanuvchilari asosan matn bilan ishlaydi; demak – harflarning o‘lchamiga e’tibor qaratamiz. Buni aniqlash uchun avval ekrandan 45-70 santimetr uzoqlikka o‘tirib, shriftni tobora maydalashtirib boramiz. Shu masofada ko‘zingiz harflarni aniq farqlay oladigan o‘lchamni belgilab olamiz. Endi oddiy ishlashda shrift razmerini ushbu o‘lchamdan uch baravar yuqori qilib qo‘yamiz.
Shuningdek, ko‘zning salomatligi uchun matnning rangi ham muhim; eng maqbuli – oq fonda qora rangli matn. Lekin boshqa ranglarni ham qo‘llasa bo‘ladi, bunda eng muhimi – fon yorqin, matn esa to‘q tusli bo‘lishi shart.
Muntazam tarzda monitor bilan ishlovchi kishilarning ko‘zlari doimiy zo‘riqishda bo‘ladi, shu bois ular ko‘z parvarishiga e’tibor berishlari darkor. Buning uchun maxsus kompyuter ko‘zoynaklari chiqqan – o‘shalardan foydalaning; shuningdek, zarurati bo‘lsa ko‘zlarni tinchlantiruvchi tomchilar qo‘llang.
Zamonaviy monitorlarda nafaqat displeyning yorqinligini, balki ranglarning to‘yinganlik darajasini ham qo‘lda sozlash imkoni taqdim etilgan. Atrofning yoritilganlik darajasiga qarab uni ham to‘g‘rilasangiz bo‘ladi.

Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish