Shaydullaev shapulat bazarovich


Savdo va madaniy aloqalar



Download 0,54 Mb.
bet21/43
Sana01.01.2022
Hajmi0,54 Mb.
#284350
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
ozbekiston hududida davlatchili (Lotincha)

Savdo va madaniy aloqalar. SHaxsiy mulkning paydo bo‘lishi va ortiqcha mahsulotlardan jamoaning boshqa narsalarga bo‘lgan ehtiѐjini qondirish masalasi savdo ishining asosini tashkil etadi1.
Sopolli va Xarappa madaniyatlari ashѐviy manbalari asosida Baqtriya va qadimgi Hindiston madaniyatlari madaniy aloqalari ma’lum darajada o‘rganilgan. Xususan, Ko‘zali davri moddiy madaniyatining shakllanishida Xarappa madaniyatining o‘rni A.A. Asqarov tomonidan ko‘rsatib berilgan bo‘lsa, me’morchilikdagi o‘xshashliklar T.SH. SHirinov tomonidan o‘rganilgan2.
O‘zbekiston-Germaniya ekspeditsiyasi ham madaniy aloqalari xususida yangi ma’lumotlar to‘pladi. Jarqo‘tondan fil suyagidan yasalgan, kvadrat shakldagi ashѐlar topildi, uning yuzasida aylana shaklli 9 ta bezak chizilgan, ular uchtadan uch qatorda joylashgan. Fikrimizcha ushbu topilma Xarappa madaniyati va Xarappa madaniyati madaniy ta’sir doirasida bo‘lgan hududlarda to‘lov vositasi vazifasini o‘tagan. Bu fikrning isboti sifatida Oltindepadan bitta sopol idish ichida 11 ta kvadrat, 2 ta aylana va 8 ta taѐqcha shakldagi fil suyagidan yasalgan topilmani eslab o‘tish lozim.
Jarqo‘ton ѐdgorligi arkidan fil tasvirlangan terrakot-haykalchaning topilishi ham Jarqo‘tonliklarning Xarappa madaniyati bilan uzviy madaniy aloqada bo‘lganligini tasdiqlaydi.
Jarqo‘ton davri madaniy qatlamlaridan chinni tarkibli massadan yasalgan va sir bilan qoplangan idish parchalarining topilishi ham Xarappa madaniyati bilan aloqasini ko‘rsatuvchi manba bo‘lib hizmat qiladi. Bu idish sirtida Hindiston o‘simlik dunѐsiga xos bo‘lgan «pipal» o‘simligining ifodalanishi va shu singari idishlarning Xarappa madaniyatida keng tarqalganligi ushbu idishning Hindiston hududidan keltirilganligini


  1. Щetenko A.YA. Obmen i torgovlya doistoricheskogo Indostana // KSIA. №138. - M., 1974.




  1. Askarov A.A, Abdullaev B.N. Djarkutan. ... S.72; SHirinov T.SH. Drevneyshie torgovыe puti Sredney Azii (III-II tыs. do n.e.) / Formirovanie i razvitie trass velikogo shelkovogo puti vssentralьnoy Azii v drevnosti i srednevekovьe. Tezisы dokladov mejdunarodnogo seminara YUNESKO. - T., 1990.

www.arxeologiya.uz 24




O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)

ko‘rsatadi. Sirlangan idishlar bronza davrida faqat Hindiston va Mesopatamiya o‘lkalarida ma’lum bo‘lgan va vaqt o‘tishi bilan unutilgan texnologik uslub hisoblanadi1.


Xuddi shu uslubda yasalgan, «buyrak» shaklida ishlangan mitti idishlarning topilishi ham Jarqo‘tonliklarning tashqi dunѐ bilan madaniy aloqasi to‘g‘risida habar beradi. «Buyrak» shaklli idishlar Dashtli 3, Togolok 2 ѐdgorliklarida ham uchragan2 bo‘lishiga qaramay Hind-Mesopatamiya hududlariga xarakterli hisoblanadi. Xususan Asmara3, Tellodagi Ishtar ibodatxonasidan4, Tel Brak ibodatxonasidan5 shunday idishlarning ko‘plab topilishi fikrimiz dalilidir.
Jarqo‘ton ѐdgorligida ko‘chmanchi halqlar bilan madaniy aloqalar o‘rnatilganligi ashѐviy manbalar asosida isbotlangan. Bu aloqalar Sopolli madaniyatining so‘nggi davrlariga xosligi qayd etilgan6.
Bo‘ston VI qabristonida N.A. Avanesova krematoriya qoldiqlarini o‘rgangan bo‘lib, ular uchtadan uch joyda, qabrlar orasida joylashgan7. Bizning fikrimizcha eng kattasi erkak, o‘rta ko‘lamdagisi aѐl va eng kichigi bola mayitini ѐqishga mo‘ljallangan. Negaki, Sopolli madaniyatida jinsiy deformizm nafaqat o‘likni ko‘mish, balki ѐqishda ham bo‘lgan bo‘lishi tabiiy hol deb hisoblaymiz. Sopolli madaniyatida murdani ѐqish an’anasining paydo bo‘lishini Andronovo madaniyatining ta’siri deb baholanishi to‘g‘ri, albatta. Ammo, hozirgi paytgacha Andronovo madaniyati ѐdgorliklarida bironta krematoriya topilmagan. Balki, ular murdani ochiq usulda krematsiya qilgandir. Bo‘ston VI ѐdgorligida o‘rganilgan krematoriya me’moriy jihatidan juda mukammal. Demoqchimizki, mayitni ѐqish udumi shimoldan
kelgan bo‘lsa-da, krematoriyalar jarqo‘ton qurilish uslubida bajarilganligiga g‘ishtlarning ko‘lami hamda terilish uslublari guvohlik beradi. YAьni, bu jaraѐn ikki madaniyat an’analarining birga ifodalanishidir.
Olib borilgan tadqiqotlar Andronovo madaniyati bilan jarqo‘tonliklar so‘nggi davrlarda emas, balki Jarqo‘ton davridan boshlab
madaniy aloqalar o‘rnatganligi kuzatildi. Jarqo‘ton olov ibodatxonasining ilk qurilish davriga oid mudofaa devor burjlarini


  1. Makkey E. Drevneyshaya kulьtura dolinы Inda. - M., 1951. - Tabl. XXVII, 12.




  1. Sarianidi V.I. Ob odnoy gruppe kulьtovыx izdeliy Baktrii // SA. №3. 1979. - S.262-265.




  1. Frankfort H. Tell Asmar, Khafadje and Khorsabad // OIP, №16, 1933. - R.52. - Fig.32; During Caspers E. Some Motifs as Evidence for Maritime Contact Between. Sumer and Indus Valley // «Persica», V, 1970-1971. -P.112-114.

  2. Parrot A. Le Temple D’Ishtar. - Paris, 1956. - Fig.93.




  1. Mallovan M. Excavations at Brak and chagar Bazar // Iraq, IX, 1947. - P. 39-40.




  1. Askarov A.A. Stepnыe komponentы v kompleksax osedlыx kulьtur epoxi bronzы v Severnoy Baktrii / Problemы drevney istorii Severnogo Prichernomorьya i Sredney Azii. - L., 1980.




  1. Avanesova N.A. Novoe v pogrebalьnom obryade Sapallinskoy kulьturы // Rossiyskie vesti. №4. - S.63-70; Avanesova N.A. Spatbronzezeitliche Kulturkontakte in der baktrischen Flusoase nach den Befunden der Nikropole Bustan 6 // AMIT 29, 1997, - R. 147-178; Avanesova N.A., Tashpulatova N. Simvolika ognya v pogrebalьnoy praktike sapallinskoy kulьturы // IMKU 30, 1999. - S.27-36.

www.arxeologiya.uz 25




O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)

ochish davomida faqat Evroosiѐning ko‘chmanchi xalqlariga xos bo‘lgan ot suvlug‘i topildi1.

O‘rta Osiѐ, Afg‘oniston, Eron va Hindistonning bronza davri ѐdgorliklaridan Andronovo madaniyatiga xos bo‘lgan sopollarning uchrashi tabiiy xolga aylanib bormoqda2. Ushbu sopollarning tarqalish geografiyasi asosida fanda ariylarning janubga tarqalish masalasi ham ko‘tarildi3. Jarqo‘ton ѐdgorligida ham Andronovo madaniyatiga xos sopollar ko‘plab uchraydi, ular asosan Ko‘zali, Mo‘lali davri madaniy qatlamlariga xos.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish